Kalom ilmi.
|
«Kalom» so‘zi arab tilida gap, suhbat, til, so‘zlashuv, nutq va bayon ma’nolarini anglatadi. Istilohiy ma’noda esa, musulmon kishining e’tiqodi, aqidasi va dunyoqarashini belgilab beradigan ta’limotga aytiladi. Boshqacha aytganda, balog‘atga yetgan kishining e’tiqodi, imon keltirishi, islom dinining talablari shaklida tasdiqlashi shar’iy e’tiqodiy hukmlarga aytiladi. Islom ta’limoti bo‘yicha barcha payg‘ambarlarning yagona Allohga imon keltirishga da’vatlari eng asosiy vazifalari deb qaralgan. Shunday bo‘lsa-da, ularning tutgan shariat yo‘llari turlicha bo‘lganini alohida ta’kidlash kerak.
|
10. Qurʼon
|
musulmonlarning asosiy muqaddas kitobi. Islom eʼtiqodiga koʻra, Qurʼon vahiy orqali Muhammad paygʻambarga 610—632 yillar davomida nozil qilingan Allohning kalomi (Kalomulloh). Qurʼon „Kitob“ (yozuv), „Furqon“ (haq bilan botilning orasini ayiruvchi), „Zikr“ (eslatma), „Tanzil“ (nozil qilingan) kabi nomlar bilan atalib, „Nur“ (yorugʻlik), „Hudo“ (hidoyat), „Muborak“ (barakotli), „Mubin“ (ochiq-ravshan), „Bushro“ (xushxabar), „Aziz“ (eʼzozlanuvchi), „Majid“ (ulugʻ), „Bashir“ (bashorat beruvchi), „Nazir“ (ogohlantiruvchi) kabi soʻzlar bilan sifatlangan. Islom olamida Qurʼon musʼhaf nomi bilan ham mashhur. Islom ulamolari Qurʼonning 30 xil nom va sifatlarini sanab oʻtganlar
|
Do'stlaringiz bilan baham: |