Asoschsi Imom Molikning to‘liq ismi Molik ibn Anas ibn Molik ibn Abi Omir al-Asbahiydir. Katta bobosi Abu Omir buyuk sahobiy bo‘lib, Payg‘ambar (a.s.) bilan doimo birga bo‘lgan
|
Misr, Sudan, Liviya, Tunis, Jazoir, Marokash, Mavritaniya, Kuvayt, Bahraynda tarqalgan.
|
Molikiylik tarafdorlari Muhammad paygʻambar hayotligi vaqtida ilk islomda shakllangan fiqh meʼyorlarini tan oladi, fiqhning asosiy manbai sifatida Qurʼon va sunnaga tayanadi, Madinaning savodli aholisi yakdillik bilan maʼqullagan qoidalarnigina ijmo deb hisoblaydi. Shu bilan birga musulmonlarning umumiy manfaatlariga javob beruvchi shariat hukmlariga monelik qilmaydi.
|
Shofeiylik
|
Imom Shofiiy “Ahli sunna val jamoa”ning Shofiiya mazhabi asoschisi bo‘lib, to‘liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Idris ibn Abbos ibn Usmon ibn Shofi’ al-Hoshimiy al-Muttalibiy. U 150/767 yilda Falastin diyorida tavallud topgan. Uning nasabi Payg‘ambar (a.s.)ning ulug‘ bobolari Abdumanofga borib taqaladi. Muhammad ibn Idris yoshlik chog‘idayoq Qur’oni karimni yod olgan. U ilm istab onasi bilan ota-bobolari yurti Makkaga kelgan. U yerda Makka muftisi Muslim ibn Xolid Zanjiydan dars oldi.
|
Misr, Indoneziya, Shim. Kavkaz, Sharqiy Afrika mamlakatlarining baʼzilarida, qisman Suriyada
|
Shofeiylik molikiylik va hanbaliylik diniy-huquqiy tizimiga yaqinroq turadi. Shofeiylik tarafdorlari islom huquqidagi qiyos va raʼyni toʻla maʼqullamaydi, Qurʼon, sunna va ijmoni asosiy manba deb biladi. Hanafiylikka qoʻshimcha manba sifatida amal qilib kelingan "istihson" qoidasi ham shahrida rad etilgan
|
Hanbaliylik
|
Hanbaliya mazhabining asoschisi Abu Abdulloh Ahmad ibn Hanbal ibn Hilol ibn Asad ash-Shayboniy 164/780 yili Bag‘dod shahrida tug‘ilgan. Bobosi Hanbal ibn Hilol Umaviylar davrida Saraxs voliyligi lavozimini egallagan va abbosiylar sulolasining taxtga kelishida katta xizmat qilgan
|
10-asrda Eron-da, 11-asrdan 15-asrgacha Suriya va Fala-stinda Hanbaliylik. izdoshlari koʻp boʻlgan.
|
Hanbaliylik. tizimi oʻta torligi, har qanday koʻrinishdagi "yangilik"ka, diniy masalalarda erkin fikr yuritishga qarshiligi, shariat ahkomlariga rioya etishda qatiy turishligi bilan ajralib turadi. Hanbaliylik. taraf-dorlari Qurʼon va hadislarni erkin talqin| etish yoʻlidagi har qanday urinishlarni qoralaganlar. Shuning uchun ham (eu mazhab keng tarqalmagan.
|