2-kurs 205-guruh talabasi


Muammoli o‘qitishning uchta asosiy shakli mavjud


Download 225.39 Kb.
bet8/12
Sana09.04.2023
Hajmi225.39 Kb.
#1345767
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIDA MUAMMOLI VAZIYAT USULLARI

Muammoli o‘qitishning uchta asosiy shakli mavjud:
o‘quv materialini muammoli bayon etish – ma’ruzaviy mashg‘ulotlarda monolog tarzda, seminar mashg‘ulotlarida esa dialog tarzda olib boriladi. O‘qituvchi ma’ruza paytida o‘quv materialini bayon etayotganida muammoli masalalar tuzadi va ularni o‘zi yechadi, o‘quvchilar esa yechimlarni izlash jarayoniga faqat xayolan qo‘shiladilar. Masalan, «O‘simliklar hayoti haqida» mavzusidagi ma’ruzaning boshida «Nega ildiz va tana qarama-qarshi tomonlarga o‘sadi?» degan muammo qo‘yiladi, ammo ma’ruzachi tayyor javobni bermaydi, u fanning bu haqiqatga qanday yetib kelgani, bu hodisa sabablari haqidagi farazlarni tekshirish bo‘yicha o‘tkazilgan tajriblar haqida hikoya qiladi.
Qisman izlanish faoliyati tajribalar laboratoriya ishlarini bajarishda muammoli seminarlar, evristik suhbatlar davomida namoyon bo‘ladi. O‘qituvchi muammoli savollar tizimini tuzadi, bu savollarga javoblar olingan bilimlar bazasiga tayanadi, ammo ular oldingi bilimlarda mavjud emas, ya’ni savollar talabalarga intellektual qiyinchiliklar tug‘diradi va maqsadga yo‘naltirilgan ijodiy izlanishga undaydi. O‘qituvchi imkoni boricha «boshqacha javoblar» yo‘naltiruvchi savollarni tayyorlab qo‘yishi lozim, u o‘quvchilar javoblarigi tayanib, yakuniy xulosa qiladi. Qisman izlanish usuli, 3 va 4-darajali mahsuldorlik faoliyatini (foydalanish, ijod) va bilimlarni 3 va 4-darajasini bilim-ko‘nikma, bilim-transformatsiya (qayta shakllanish) ta’minlaydi. An’anaviy tushuntirish va reproduktiv o‘qitishga esa, bilim-tanishi va bilim-nusxa shakllanadi, xolos.
Mustaqil tadqiqot faoliyatida talabalar mustaqil ravishda muammoni ifoda etadilar va uni yechadilar (kurs yoki bitiruv ishlarida, ilmiy tadqiqot ishlarida) va o‘qituvchi nazorati bilan yakunlanadi, bu esa 4-darajali mahsuldorlik faoliyatini (ijod) va 4-darajali eng samarali, mustahkam bilimni (bilim-qayta shakllanish) egallashni ta’minlaydi.
Muammoli metodning mohiyati mashg‘ulotlar jarayonida muammoli vaziyatlarni yaratish va yechishdan iborat bo‘lib uning asosida didaktik ziddiyatlar yotadi. Muammoli ta’lim konsepsiyasining asosiy tushunchalari «muammoli vaziyat» «muammo», «muammoni topish» kabilar hisoblanadi. Chizmadan anglanadiki muammoli vaziyat bu metodning dastlabki ko‘rinishi hisoblanib o‘zida sub’ektning aniq yoki qisman tushunib yetilgan muammoni ifodalaydi uni bartaraf etish yangi bilimlar usullar va harakat ko‘nikmalarini o‘zlashtirishni taqozo etadi. Agar o‘quvchida qiyinchiliklarni yo‘qotish yo‘llarini izlab topish uchun boshlang‘ich ma’lumotlar bo‘lmasa shubhasiz muammoli vaziyat yechimini u qabul qilmaydi ya’ni muammoning yechimi uning ongida aks etmaydi. Fikrlash muamo mohiyatini tushunib etilishi ifodalanishi mavjud bilim va ko‘nikmalar majmuasi va izlanish tajribasi asosida muammoli vaziyatni qabul qilish bilanoq boshlanadi. Bu holda muammoli vaziyat muammoga aylanadi. Har bir muammo muammoli vaziyatni o‘zida namoyon etadi biroq barcha muammoli vaziyat muammoga aylanavermaydi.
Ziddiyatlarni bartaraf etish nafaqat ilmiy bilish yo‘li shu bilan birga o‘quv yo‘li hamdir. Bu metodni quyidagi chizma yordamida ifodalash mumkin:

Muammoli o‘qitish metodining tuzilmasi


Mazkur metoddan foydalanish jarayonida muammo yechimini topishga yordam beruvchi yo‘nalishlar ko‘rsatilmaydi va chegaralanmaydi. Bu xususiyat muammoli masalaga xosdir. Muammoda yechimning qandaydir parametrlari ko‘rsatilsa u muammoli masala hisoblanadi. Har qanday muammoli topshiriq ma’lum muammoni demak muammoli vaziyatni ham qamrab oladi. Biroq yuqorida ta’kidlanganidek barcha muammoli vaziyat muammo bo‘la olmaydi. Inson har doim muammoli masalalarni hal etadi. Agar uning oldida muammo paydo bo‘lsa uni muammoli masalaga aylantiradi, ya’ni uning yechimi uchun o‘zidagi bilimlar tizimiga tayanadi va ma’lum ko‘rsatishlarni belgilab oladi. Muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda, u boshqa ko‘rsatkichlarni qidiradi va shu muammo bo‘yicha yangi variantlardagi masalalarni loyihalaydi.


3.4. Evristik o‘qitish metodi
Evristik o‘qitish metodini qo‘llashda o‘qituvchi o‘quvchilar bilan hamkorlikda hal etilishi zarur bo‘lgan masalani aniqlab oladi.O‘quvchilar esa mustaqil ravishda taklif etilgan masalani tadqiq etish jarayonida zaruriy bilimlarni o‘zlashtirib oladilar va uning yechimi bo‘yicha boshqa vaziyatlar bilan taqqoslaydi. O‘rnatilgan masalani yechish davomida o‘quvchilar ilmiy bilish metodlarini o‘zlashtirib tadqiqotchilik faoliyatini olib borish ko‘nikmasi tajribasini egallaydilar.
Ta’lim jarayonida tadqiqotchilik o‘qitish metodini qo‘llashda o‘qituvchi va o‘quvchilar tomonidan quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:



O‘qituvchi faoliyatining tuzilmasi

O‘quvchi faoliyatining tuzilmasi

  • o‘quvchilarga o‘quv muammosini taklif etish;

  • o‘quvchilar bilan hamkorlikda tadqiqot masalasini o‘rnatish;

  • o‘quvchilarning ilmiy faoliyatini tashkil etish




  • o‘quv muammolari mohiyatini anglab olish;

  • tadqiqot muammosini o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan birgalikda o‘rnatishda faollik ko‘rsatish;

  • ularni yechish usullarini topish;

  • tadqiqiy masalalarni yechish usullarini o‘zlashtirish

Evristik metodi o‘qituvchilardan ijodiy xususiyat kasb etuvchi yuqori darajadagi bilish faoliyatini tashkil eta olish ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishni taqozo etadi. Buning natijasida o‘quvchilar mustaqil ravishda yangi bilimlarni o‘zlashtira oladilar. Ular odatda yuqori sinf o‘quvchilarining o‘zlashtirish darajalarini hisobga olgan holda ma’lum holatlarda qo‘llaniladi. Ushbu metodlardan boshlang‘ich sinflarda foydalanish amaliyotchi-o‘qituvchilarning fikrlariga ko‘ra bir muncha murakkab hisoblanadi. Biroq uzluksiz ta’lim tizimiga shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni faol joriy etishga yo‘naltirilgan ijtimoiy harakat amalga oshirilayotgan mavjud sharoitda ushbu yo‘nalishdagi loyihalarni tayyorlash o‘ziga xos dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Shunga qaramasdan bu tasnif maktab amaliyotida birmuncha keng tarqalgan va pedagogik hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan. Shuningdek buyuk didakt I.Ya.Lerner asarlari asosida ilmiy tadqiqot ham amalga oshirilgan.


Xulosa
Respublikamizning hozirgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tamoyillari jahondagi taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan munosib o'rin olish uchun ma'naviy salohiyatimizni va iqtisodiy qudratimizni yanada oshirish, ularni XXI asr ilmiy-texnika taraqqiyoti talablariga javob beradigan tarzda qayta qurishni talab qiladi. Buning uchun yoshlarimiz dunyoqarashini o'zgartirish, ularning bilim va ma'naviyatlarini jahon andozalari darajasiga ko'tarish zarur. Bugun jamiyat ta'lim maskanlari oldiga: maxsus qobiliyatini ularning mustaqil bilishlarini maqsadga muvofiq ravishda rivojlantirishni vazifa qilib qo'ydi. Ana shu vazifalarni hal etishda muammoli ta'lim texnologiyasi etakchi o'rinni egallaydi.
Muammoli ta'lim - bu mantiqiy fikrlash jarayoni (tahlil, umumlashtirish va boshqa shu kabilar) va o'quvchilarning izlanishli faoliyati qonuniyatlarini (muammoli vaziyat, bilishga qiziqish, ehqtiyoj) hisobga olib tuzilgan ta'lim va o'qitishning ilgari ma'lum bo'lgan usullarini qo'llash qoidalarining yangi tizimidir. Shuning uchun ham muammoli ta'lim ko'proq o'quvchi fikrlash qobiliyatining rivojlanishini, uning umumiy rivojlanish va e'tiqodining shakllanishini ta'minlaydi. Didaktikaning barcha yutuqlarini istisno qilmay, balki ulardan foydalangan holda muammoli ta'lim ilmiy bilim va tushunchalarni, dunyoqarashni shakllantirish, shaxs va uning intellektual faolligini har tomonlama rivojlantirish vositasi sifatida rivojlantiruvchi ta'lim bo'lib qoladi. Muammoli ta'lim nazariyasi talaba intellektual kuchining rivojlantiruvchi ta'limni tashkil qilishning psixologik - pedagogik usullarini tushuntiradi.

Muammoli vaziyatlarning roli va ahamiyatini aniqlash talaba faol fikrlash faoliyatining psixologik-pedagogik qonuniyatlarini izchil ravishda hisobga olish asosida o'quv jarayonini qayta qurish g'oyasiga olib keldi. Yangi pedagogik faktlarni nazariy jihatdan mulohaza qilib ko'rish asosida muammoli ta'limning asosiy g'oyasi aniqlanadi: muammoli ta'limda bilimning deyarli katta qismi o'quvchilarga tayyor holda berilmaydi, balki o'quvchilarning tomonidan muammoli vaziyat sharoitlarida mustaqil bilish faoliyati jarayonida egallab olinadi.


Maktabgacha ta’lim muassasasida moslashish davrining yaxshi o‘tishi uchun tarbiyachi guruhda bolalar uchun emotsional jihatdan qulay muhitni ta’minlashi zarur. Katta yoshli odam o‘z hissiyotlarini ochiq va ishonib ifoda qilar ekan, u bu bilan bolani yaxshi ko‘rishini va uning uchun qayg’urishini, uning tashvishlariga sherik bo‘lishga tayyor ekanligini tushunishga undaydi. Bolaning ham ijobiy (quvonch, zavq-shavq va boshq.), ham salbiy (qo‘rquv, tashvish, arazlash va boshq.) his-tuyg’ularini erkin ifoda qilishiga ko‘maklashadi.
Ijtimoiy xulq-atvor va muloqotning ahloqiy negizi bolaning emotsional sohasi orqali shakllanadi.
Tabiiy ravishda vujudga keladigan va ataylab yaratiladigan, katta yoshli odam bolaning yordami, g’amxo‘rligi va diqqat-e’tiboriga muhtoj bo‘ladigan turli vaziyatlardan foydalanish zarur. Bunday vaziyatlarda katta yoshli odam o‘z his-tuyg’ularini samimiy ravishda namoyon qiladi, bolaga ham ijobiy, ham salbiy emotsiyalarni ifodalash yo‘llarini ko‘rsatib beradi.
Uyushtirilgan birgalikdagi harakatlarda pedagog har bir bolaga erishilgan muvaffaqiyatlardan xursand bo‘lish, zavqlanish imkonini beradi, bolaning har bir mustaqil sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi va rag’batlantiradi, bola qiynalib qolsa unga sezdirmasdan yordam beradi, ayni paytda unga salbiy baho berishdan o‘zini tiyadi.
Salbiy baholar bolaning boshqa bolalar bilan o‘zaro munosabatlariga ta’sir qiladi va bu hol guruhda emotsional jihatdan noqulay muhitni yuzaga keltirishi mumkin.
Tarbiyachi doimo boshqa bolalar oldida bolaning har qanday yaxshi harakatlariga ijobiy baho berib borishi darkor.
Katta yoshli odam bolada o‘ziga nisbatan qiziqish, birgalikdagi faoliyatda, o‘yinlarda ishtirok etish istagini hosil qilishi zarur. Ushbu maqsadda u sevimli ertaklar, badiiy adabiyotlar, she’rlardan olingan holatlarni o‘yin vaziyatlariga qo‘shadi.
Bolalar bilan bunday mazmunli muloqotda ular bilan tarbiyachi o‘rtasida ishonchga asoslangan munosabatlar shakllana boshlaydi va bolalarda unga taqlid qilish istagi vujudga keladi.
Uch yoshga kelib bola ijtimoiy rivojlanishning quyidagi ko‘rsatkichlariga ega bo‘ladi:

  • vaziyatli-amaliy muloqot va kattalar bilan oddiy hamkorlikni egallay boshlaydi;

  • kattalar va tengdoshlari bilan muloqotga muhtojlik;

  • tengdoshlar bilan nutqiy muloqot emotsional-amaliy muloqot shakliga ega;

  • eng oddiy shaklda tashabbuskorlik, mustaqillikkni namoyish qila boshlaydi;

  • o‘z imkoniyatlariga ishona boshlaydi.


Download 225.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling