2-kurs 205-guruh talabasi
Download 225,39 Kb.
|
MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIDA MUAMMOLI VAZIYAT USULLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining obyekti
- Kurs ishining tuzilishi va hajmi
Kurs ishining maqsadi. Muammoli vaziyatlarni yaratishning maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarning mumkin bo'lgan yechimlardan foydalangan holda muammoli vaziyatlarni hal qilish qobiliyatini rivojlantirishdir.
Kurs ishining vazifasi. 1 . Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida muammoli vaziyatlariga yechim topish usullari 2. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun muammoli taʼlimning mohiyati 3.MTTda muammoli taʼlimni tashkil etish 4. Muammoli taʼlimni tashkil etish va uning oʻziga xosliklari 5. MTTdagi bolalarning ota-onalari bilan hamkorlik ishlari 6. Taʼlim jarayonida muammoli vaziyatlarni hal qilish usullari haqida tushuncha berishdan iborat. Kurs ishining obyekti: Termiz shahridagi 23-maktabgacha ta’lim tashkiloti Kurs ishining predmeti: Texnalogiya va loyihalashtirish tushunchasining nazariy asoslari Kurs ishining metodlari: -kuzatish; - suhbat -qiyosiy tahlil -Adabiyotlar tahlili Kurs ishining amaliy ahamiyati: Tarbiyachi bolalarni narsalar, ularning nomlari, belgi sifatlari, nimaga ishlatilishi bilan tanishtiribgina qolmay, muyyan predmetlar orqali ularni oddiy turlarga ajratishni o‘rgatib boradi; ayiq, qo‘g‘irchoq , quyon-o‘yinchoqlar; kastryulka, tarelka, choynak-idish-tovoq. O‘yinlarni narsa va buyumlarni tasvirlovchi rasmlar orqali ham o‘tkazish mumkin. Kurs ishining tuzilishi va hajmi: Kurs ishi kirish, 2 ta bob, 4 ta reja, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat. I BOB: MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIDA MUAMMOLI VAZIYATLARIGA YECHIM TOPISH USULLARI. 1.1. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun muammoli taʼlimning mohiyati Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasining asosiy bo’g’ini muammoli ta’lim yo’nalishi sanaladi. Muammo-grekcha so’z bo’lib, keng ma'noda o'rganish, hal qilishni talab qiladigan murakkab nazariy yoki amaliy savoldir; fanda - har qanday hodisalarni, ob'ektlarni, jarayonlarni tushuntirishda qarama-qarshi pozitsiyalar ko'rinishida ishlaydigan va uni hal etish uchun etarli nazariyani talab qiladigan qarama-qarshi vaziyat; Hayotda muammo odamlar tushunadigan tarzda shakllantirilgan: "Men nimani bilaman, qanday ekanligini bilmayman", ya'ni nimaga erishish kerakligi ma'lum, ammo buni qanday amalga oshirish noma'lum . Muammoli ta’lim-o‘quvchilar faoliyatini nazariy va amaliy muammolarni va ushbu muammoli vaziyatlar kuchi orqali yaratilgan muammoli topshiriqlarni hal etish orqali yangi bilimlarni o‘zlashtirishga asoslangan holda tashkil etish usulidir. Muammoli ta’lim ta’lim oluvchilarning bahslari, mushohadalarida amalga oshiriluvchi analiz-sintez faoliyatiga asoslanadi. Bu ta’limning tadqiqotchilik turidir. Uning vazifasi faol bilish jarayoniga undash va tafakkurda ilmiy-tadqiqot uslubini shakllantirishdir. Muammoli o‘qitish ijodiy, faol shaxs tarbiyasi maqsadlariga mos keladi. Muammoli o‘qitish jarayonida talabaning mustaqilligi o‘qitishniig reproduktiv shakllariga nisbatan tobora o‘sib boradi. Muammoli o‘qitishning mohiyatini o‘qituvchi tomonidan talabalarning o‘quv ishlarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish va o‘quv vazifalarini, muammolarini va savollarini hal qilish orqali yangi bilimlarni o‘zlashtirish bo‘yicha ularning bilish faoliyatini boshqarish tashkil atadi. Bu esa bilimlarni o‘zlashtirishning ilmiy-tadqiqot usulini yuzaga keltiradi. Muammoli vaziyat muayyan pedagogik «vositalarda maqsadga muvofiq tashkil etiladigan o‘ziga xos o‘qitish sharoitida yuzaga keladi. Shuningdek, o‘rganilgan mavzular xususiyatlaridan kelib chiqib, bunday vaziyatlarni yaratishning maxsus usullarini ishlab chiqish zarur. Muammoli vaziyat har qanday fikrlash mashaqqatlaridan farq qilib, unda talaba mashaqqat talab qilgan ob’ekt (tushuncha, fakt)ning unga avval va ayni vaqtda ma’lum bo‘lgan vazifa, masala bo‘yicha ichki, yashirin aloqalarini anglab yetadi. Muamoli o‘qitishning o‘ziga xos jihatlari majudki, bu jihatlarni tadqiqotchi B.Aysmontas quyidagicha izohlaydi. B.Aysmontas bo‘yicha muammoli ta’limning yutuq va kamchiliklari:
Muammo o‘qitishning mohiyati shundaki, u talabaga tanish bo‘lgan ma’lumotlar va yangi faktlar, hodisalar (qaysiki, ularni tushunishi va tushuntirish uchun avvalgi bilimlar kamlik qiladi) o‘rtasidagi znddiyatdir. Ziddiyat bilimlarni ijodiy o‘zlashtirish uchun harakatlantiruvchi kuchdir. O’quv muammosining asosiy belgilari. Muammoli vaziyatni o’quv mashg’ulotlarining barchasida shakllantirish mumkin. Uni dars jarayonida qancha ko’p shakllantirish o’qituvchiga bog’liq. Muammoli vaziyatning ahamiyati shundaki, u o’quvchilar diqqatini bir joyga (muammoga) qaratadi va o’quvchilarning izlanishiga, fikrlashga o’rgatadi. Muammoli ta’lim o’qituvchi rahbarligida muammoli vaziyat vujudga keltirilib, mazkur muammo o’quvchilarning faol, mustaqil faoliyati natijasida nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalarni ijodiy o’zlashtirish va aqliy faoliyatni rivojlantirishga imkon beradigan ta’lim jarayonini tashkil etishni nazarda tutadi. Muammoli o’qitish jarayonida beriladigan topshiriqlar o’quvchilarga tadqiqiy, evristik, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish bo’yicha topshiriqlar beriladi. Bunda: • nostandart masalalarni tuzish bo’yicha; • shakllantirilmagan savol bilan; • ortiqcha ma’lumotlar bilan; • o’zining amaliy kuzatuvlari asosida mustaqil umumlashtirish; • yo’riqnomalardan foydalanmasdan qandaydir ob’ekt mohiyatini bayon etish; • olingan natijalarni qo’llash chegaralarini va darajalarini aniqlash; • hodisaning namoyon bo’lish mexanizmini aniqlash; • «bir lahzada» topish kabi topshiriqlarni berish mumkin. Muammoli vaziyatlarda yechimga kelishning algoritmi quyidagi tartibda amalga oshiriladi Muammoni qo’yish, ma’lumotlar fondini to’plash, qayta ishlash, yechim modelini aniqlash, qo’shimcha ma’lumotlar to’plash va ularni tanlangan yechim modelida aks ettirish, yangi ma’lumotlar va yechim modeli o’rtasidagi zidlikni aniqlash, zidlikni yechimini topish, yangi yechim modelini yaratishdan iboratdir. Og`zaki ko`rsatmalik ta’lim jarayonida o`quvchilar o`qituvchining tushuntirishi orqali bilimlarni ongli ravishda o`zlashtiradilar hamda ularni amalda qo`llash malakalari hosil bo`ladi. Asta-sekin uzluksiz ta’limning mazmuni tubdan o`zgartirildi, ya’ni matematika ta’limni maqsad va vazifalariga mos keladigan yangi, ancha takomillashgan izohli-illyustrativ metodi vujudga keltirildi. Izohli-illyustrativ ta’limda o`rganilayotgan ob’ekt mohiyati izohlanadi, hayotiy dalillar bilan bog`lanadi hamda o`qituvchining ana shu o`rganilayotgan ob’ektga nisbatan ko`rsatadigan misol va xilma-xil ko`rgazmali qurollari orqali tasdiqlovchi xulosasi bilan yakunlanadi. Izohli-illyustrativ ta’limda o`qituvchi dalillarni o`zi bayon qilib beradi, o`zi ularni tahlil qiladi va yangi tushunchalarning mohiyatini tushuntiradi, ya’ni teorema, qoida va qonunlarni o`zi ta’riflaydi. Izohli-illyustrativ ta’lim metodi umumta’limiy maktablarimizda qo`llanish darajasiga nisbatan an’anaga aylandi va hozirda ham qo`llanilmoqda. Hozirgi zamon ilmiy-texnika revolyusiyasi davrida izohli-illyustrativ ta’lim metodi o`quvchilarning fikrlash qobiliyatini yetarli darajada rivojlantira olmaydi, ularni o`rganilayotgan mavzu materialini puxta bilishlariga bo`lgan ehtiyojlarini qanoatlantira olmaydi hamda fanga bo`lgan qiziqishlarini yuqori darajada shakllantira olmaydi. Shuning uchun maktablarimizda ta’lim jarayonini jadallashtirish g`oyasi keng tarqalib, ta’limning yangi metodi - muammoli ta’lim metodi qo’llanila boshladi. Ta’lim metodlarining turini aniqlash o`quv jarayonini tashkil qilish prinsiplarini o`zigagina emas, balki aqliy faoliyat xarakteriga ham bog`liqdir, bu esa o`z navbatida fikrlashning reproduktiv va produktiv turlarini o`zaro qo`shib olib borish bilan belgilanadi. Izohli-illyustrativ ta’lim jarayonida barcha bilimlar, ko`nikmalar va malakalar o`zlashtirishning reproduktiv metodi asosida amalga oshiriladi, ya’ni o`quvchilar fanning tayyor natijalarini, tayyor faoliyat usullarini o`zlashtiradilar, bu esa ularda xotira va reproduktiv fikrlash malakalarini shakllantiradi. Faqatgina produktiv ijodiy fikrlash malakalari o`rganilgan nazariy mavzu materialiga bog`liq bo`lgan masala yoki misollarni yechish davomida egallanadi, xolos. Birok reproduktiv fikrlash natijasida to`plangan ma’lum hajmdagi bilim va malakalar o`quvchilarning mustaqil bilish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun yetarli bo`lmaydi. Shuning uchun ham ta’limni jadallashtirish g`oyasini turli yo`nalishlari turli olimlar (M.A.Bankov, M.A.Danilov, M.Maxmutov, Yu.K.Babanskiy va boshqalar) tomonidan eksperiment qilinib ko`rildi va nazariy jihatidan isbotlandi. O`tkazilgan eksperiment va kuzatishlar natijasida ta’lim jarayonida o`quvchilarning bilish faoliyatlarini jadallashtirish hamda ularning intellektual imkoniyatlaridan yuqori darajada foydalanish umumiy qonuniyatlari ishlab chiqildi. Bu qonuniyatlar quyidagilardan iborat: 1. O`rganilayotgan mavzu materiallari yuzasidan muammoli savollar sistemasini tuzish. 2. Tuzilgan muammoli savollar sistemasi aoosida suhbat metodi orqali tushuntiriladigan mavzu materialini o`rgatish va uning tub mohiyatini ochib berish. 3. Muammoli savollar asosida izlanish xarakteridagi o`quv vazifalarini qo`yish. Yuqoridagi bosqichlar asosida o`quv materiali tushuntirilganda o`quvchilar o`zlari darrov tushunib yetmaydigan dalil va tushunchalarga duch keladilar, natijada o`rganilayotgan mavzu materiali bilan o`quvchilar orasida muammoli vaziyat hosil bo`ladi. T a ‘ r i f. O`rganilayotgan ob’ekt (bilishga doir nazariy material yoki masala) bilan o`rganuvchi sub’ekt (o`quvchi) orasidagi o`zaro harakatlarning o`ziga xos bo`lgan turiga muammoli vaziyat deyiladi. Muammoli vaziyat - bu o`quvchilarni o`rganilayotgan mavzu materialidagi dalil va tushunchalarning qanday hosil bo`lishini bilmaslikdan ham ana shu mavzu materialining tub mohiyatini olib beruvchi matematik tushuncha, aksioma va teoremalarni o`rganilayotgan mavzu materialiga tadbiq qila olmaslik paytida vujudga keladigan intellektual qiynalishdir. Muammoli vaziyatning roli va ahamiyatini aniqlash o`quvchilarning tez fikrlash faoliyatini psixologik, pedagogik qonuniyatlarini hisobga olish asosida o`quv jarayonini qayta qurish muammoli ta’limning asosiy g`oyasini belgilab beradi. Muammoli ta’limda bilimning deyarli katta qismi o`quvchilarga tayyor holda berilmaydi, balki o`quvchilar tomonidan muammoli vaziyatlarni mustaqil xal qila bilish faoliyati jarayonida egallab olinadi. T a ‘ r i f. Muammoli vaziyatlarni hal qilish asosida hosil qilingan dars jarayoni muammoli ta’lim deyiladi. Yuqoridagi mulohazalardan muammoli ta’lim nazariyasi o`quvchi intellektual imkoniyatlarini ochib beruvchi rivojlantiruvchi xarakterdagi ta’lim tashkil kilishning psixologik, pedagogik yo`llari va usullarini tushuntiradigan ta’lim jarayoni ekanligi ko`rinadi. Muammoli ta’limda o`qituvchi faoliyati shundan iboratki, u zarur hollarda eng murakkab tushunchalar mazmunini tushuntira borib o`rganilayotgan mavzu materiali bilan o`quvchilar orasida muntazam ravishda muammoli vaziyatlar vujudga keltiradi, o`quvchilarni faktlardan xabardor qiladi, natijada o`quvchilar bu faktlarni analiz qilish asosida mustaqil ravishda xulosa chiqaradilar va umumlashtiradilar, tushuncha, qoida va teoremalarni o`qituvchi yordamida aniqlab ifoda qilinishi yoki ma’lum bilimlarni yangi vaziyatlarda qo`llanishini o`rganadilar, natijada o`quvchilarda aqliy operatsiya va bilimlarni amaliyotda qo`llanish malakalari shakllanadi. Download 225,39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling