2-kurs 205-guruh talabasi


MTTda muammoli taʼlimni tashkil etish


Download 225.39 Kb.
bet3/12
Sana09.04.2023
Hajmi225.39 Kb.
#1345767
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIDA MUAMMOLI VAZIYAT USULLARI

1.2. MTTda muammoli taʼlimni tashkil etish
Innovatsion metodikalar o‘rgatish jarayonida muammoli vaziyat nomli yangi o‘qitish usuli paydo bo‘ldi. U muammoli savol, topshiriq, va vaziyat shaklida bo‘lishi ham mumkin. Muammoli savol – bu bola oldindan javob tayyorlab qo‘ya olmaydigan, kutilmagan bo‘lishi kerak. Muammoli topshiriq – bunda bola dalillarni tahlil qiladi, sabablarni o‘zi topadi.
Muammoli vaziyat – bu bolani qiyin vaziyatdan chiqishga o‘rgatadi.
Bu usul bolaga nima beradi?
Bunda bola nimaga, qaerda, qanday qilib, nima uchun kabi savollarga javob qaytararkan, bu bolani mustaqillikka o‘rgatadi.
Bolaning ijodiy fikrlash qobiliyati oshadi.
Unda ta’lim olishga qiziqish uyg‘onadi
Bola noodatiy fikrlashni o‘rganadi.
Bola bitta muammoga turlicha yondoshish mumkinligini o‘rganadi.
Muammoli vaziyatga javob topish jarayonida mantiqiy fikrlaydi.
Muammoli vaziyatni to‘rt xil usulda qo‘llash mumkin:

  1. Tarbiyachining o‘zi muammo aytadi va bolalar muhokamasining faol tinglovchisiga aylanadi.

  2. Tarbiyachi muammoni aytadi, bola mustaqil yoki tarbiyachi yo‘nalishiga ko‘ra javob beradi.

  3. Bolaning o‘zi muammoni aytadi, tarbiyachi uni yechishga yordam beradi.

  4. Bolaning o‘zi muammoli vaziyat aytadi va uning yechimini topadi.

Tarbiyachi mashg‘ulot jarayonida umumiy mavzu yozadi u o‘sha mavzularga mos muammoli vaziyat va uning yechimini topishlari kerak. Masalan “Suv”, “Ariq bo‘yida”, “Uyda yolg‘izligimda” kabi mavzularga bolaning o‘zi muammoli vaziyat va uning yechimini aytadi.
Xo‘sh, qanday muammoli vaziyatlardan foydalanish mumkin?
Bolalar rasm chizishayapti. Ominaning qalami sinib qoldi. Omina Rahimaning qalamiga qo‘l cho‘zmoqchi edi, Rahima qalmlarini oldi-da boshqa partaga borib o‘tirdi. Rahima nima uchun boshqa stolga borib o‘tirdi. U to‘g‘ri qildimi?
Qo‘shninikidan tutun chiqayapti, bu holatda sen nima qilasan?
Uyda jo‘mrakdagi suv to‘xtamayapti, birinchi nima qilasan? Keyinchi? Nima uchun?
Qizil qalpoqchaning bayramga borgisi kelayapti. Lekin u yerga faqat qizil ko‘ylak bilan kirilarkan. Qizil qalpoqchaning esa qizil ko‘ylagi yo‘q. U nima qilishi mumkin? Shoiraning buvisi kasal bo‘lib qoldi. Shoira nima qilishni bilmayapti. Ayni holatda u nima qilgani ma’qul?
Muammoli vaziyatlarni yaratishning maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarning mumkin bo'lgan echimlardan foydalangan holda muammoli vaziyatlarni hal qilish qobiliyatini rivojlantirishdir. Vazifalar: 1. Maktabgacha yoshdagi bolalarning elementar qidiruv faoliyatini amalga oshirish, hukmlardagi qarama-qarshiliklarni payqash va tan olish, turli xil taxminlarni tekshirish qobiliyatini rivojlantirish. 2. Muammoli va kundalik muammolarni hal qilishda, axloqiy vaziyatlarni hal qilishda faollik, mustaqillikni rivojlantirish. 3. Bolada muammoning yechimi, asl javob varianti mavjudligiga ishonch hosil qiling. 4. Odamlarga moslashish, ularni va ularning harakatlarini to'g'ri idrok etish va baholash qobiliyatini rivojlantirish. Amaldagi usullar: - o'yin; - evristik (qisman qidiruv); - tadqiqot; - tushuntirish va illyustrativ. Muammoli vaziyatlarning bayoni bolalar guruhiga va alohida bolaga qaratilishi mumkin.
Bundan tashqari, ta'lim jarayonida qo'llaniladigan muammoli vaziyatlar hodisalarning murakkab olamiga yanada teran nazar tashlashga yordam beradi, ulardagi muhim aloqadorlik va munosabatlar tizimini aniqlab, vaqt nihoyatda tig'iz bo'lgan vaziyatlarda asosli qarorlar qabul qilishga, yuksak darajadagi pedagogik tafakkur fazilatlarni egallab olishga o'rgatadi hamda o'quvchilarning shu vaziyatni anglashiga e'tibor qaratiladi.
Kasbiy pedagogik faoliyatning o'ziga xos xususiyati va murakkabligi hamda shundaki, o'qituvchining o'quvchi shaxsiga yo'naltirilgan har qanday ta'siri, o'quvchi ongida o'ziga xos o'zgarish yasaydi, uning xatti-harakati, muloqoti hamda faoliyati xarakaterida aks etadi. Holbuki, o'qituvchi butun pedagogik jarayonning metodikasini o'zlashtirib olgandagina, u o'quvchi shaxsida sodir bo'ladigan ichki o'zgarishlarni oldindan ko'ra oladi.
Demak, ta'lim jarayonida muammoli vaziyatlarni hal etishda o'qituvchi o'quvchi faoliyatini shakllantirishga, mustaqil fikr yuritish, ta'lim samaradorligining ortishiga erishish hamda mavjud bilimlarni egallashga yo'naltiradi.



Download 225.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling