2-kurs, кечки O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi
To‘liq (butun) belgilar uchun kurash
Download 1.31 Mb.
|
2-kurs, êå÷êè O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi
To‘liq (butun) belgilar uchun kurash. 1949 yilda XXR tashkil topishi bilan lotinlashgan “ommalar tili” “to‘rtburchakli yozuv” kabi tez unutildi. Iergolifik yozuvning islohoti soddalashtirilgan ierogliflar va uning grafik qismlarini kiritish bilan chegaralandi. Ikki mingdan ortiq ierogliflarga taalluqli bo‘lgan soddalashtirishlar ilgari ham tez yozuvda va ommlar tilidagi badiiy adabiyotda qo‘llanilar edi.
Xitoyda tatbiq etilgan soddalashtirilgan ierogliflar BMT tomonidan tashkilotning rasmiy va ishchi tillaridan biri bo‘lmish zamonaviy xitoy tili uchun standartlar sifatida tan olingan. Bunday soddalashtirishlar Singapur va Janubiy-Sharqiy Osiyoning boshqa davlatlarida yashayotgan “dengiz orti xitoyliklar” tomonidan ham ishlatilib kelmoqda. Shu bilan birga Xitoyda o‘rta me’yordagi lingvistik yangi kiritishlar kommunistlar g‘alabasidan keyin zodagonlarning ko‘pchiligi, shu qatorda filologlar ham ko‘chib kelgan Tayvanda qabul qilinmay kelgan. Natijada ierogliflarning kutilgan yagonalashtirish (unifikatsiya) jarayoni xitoy tilida so‘zlovchi Osiyo miqyosida bo‘lib o‘tmadi. Tayvan va Gonkong “to‘liq” belgilarni qo‘llab kelishgan va qo‘llashni davom ettirmoqda, bu orada XXRda “to‘liq” belgilar faqat husnixatda va xorijiy xitoyliklar uchun bo‘lgan nashrlarda ishlatilmoqda. 50-60-yillarda, ayniqsa “madaniy inqilob” davrida, “uchta Xitoy” o‘rtasidagi muloqot juda ham pasayib ketgan edi, ierogliflardagi farqlanish uncha sezilmagan. Den Syaopin tomonidan “ochiqlik siyosati” amalga oshirilishi hamda Xitoyga Tayvan va Gonkongdan sarmoyalarning oqimi kirib kelishi bilan 2 ta ieroglifik tizim o‘zaro ta’sirga kirishib, ular o‘rtasida raqobat boshlanib ketdi. Xitoyga, o‘zining tarixiy vataniga minglab ishbilarmonlar va sayohatchilar kela boshladi, ular o‘zlarining gazeta va jurnallarini, texnik va rasmiy adabiyotni olib kirdilar. Ierogliflarning bekor qilingan variantlari nafaqat qadimiy madaniyat, balki moliyaviy hujjatlarga kirib borganligi sababli, zamonaviy iqtisodiy taraqqiyot bilan bog‘lana boshladi. Modaga aylangan to‘liq belgilar “modaga kirdi” va ko‘pincha reklama va osma peshtaxtalarda paydo bo‘lmoqda, ayniqsa xitoy poytaxtidan tashqarida (chetda). Masalan, Shanxayning ko‘chalarida yozma husnixatli yozuvlar bilan birga bosma variantlari ham har qadamda uchrab turadi. Bir milliard aholiga ega bo‘lgan qit’a Tayvanda ham yozuvning bu variantini inkor qilib bo‘lmadi. Soddalashtirilgan ierogliflar qo‘ldan yozilgan norasmiy matnlarda ishlatiladi hamda xitoy tilini o‘rganuvchi chet ellik talabalarga o‘qitiladi. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling