2-kurs, кечки O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi


Download 1.31 Mb.
bet84/91
Sana12.03.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1265197
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   91
Bog'liq
2-kurs, êå÷êè O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi

Natijaviy tur
Bu tur orqali hosil qilingan barcha murakkab so‘zlar asosan fe’lni ifodalaydi.Ulardan bir nechtasi sintaksis transpo­zisiya tartibida otlarga xos funksiyalarni bajaradi.
Natijaviy bog‘lanish – so‘z komponentlaridan birinchisi har doim fe’l, yakuni fe’lli yoki sifatli komponent so‘z bo‘lib, o‘zida harakatning natijasi va harakatini ifodalaydi.
Birinchi so‘z komponenti tuzilishi istak, niyatni ifodalay­di, ikkinchi komponent esa, shu istakning natijasini ko‘rsatadi. Masalan, 推翻 tuifan “yiqitmoq, ag‘darmoq” so‘zida morfema ma’no va grammatik jihatdan bog‘liqdir, ya’ni, “itarib yiqit­moq” (推tui “itarmoq”, 翻 fan “ag‘darmoq, yiqitmoq”). 说明 shuo­ming “tushuntirmoq” so‘zida birinchi morfema 说 shuo gapirish harakatini, ikkinchi morfema 明 ming sifatni: “aniq”, “tushu­nar­li” ma’nosini ifodalaydi. Bu so‘z qismlaridan tushunarli qilib gapirmoq degan ma’no anglashiladi.
Ikkinchi (natijaviy) komponent o‘rnida ham morfema, ham sifatni ifodalaydigan morfema qo‘llanishi mumkin. Ikki morfemali quyidagi misollarda harakat ifodalangan:
制定 zhiding “ishlab chiqarmoq” (制 zhi “yaratmoq” 定 ding “aniqlamoq”).
打破 dapo “sindirmoq” (打 da “urmoq”, 破 po “sindirmoq, buzmoq”).
Quyidagi misollarda, ikkinchi morfemadagi so‘z sifatni ifodalaydi:
炸坏 zhahuai “portlatmoq, vayron qilmoq” (炸 zha “portlat­moq” 坏 huai “yomon”).
订正 dingzheng “to‘g‘rilamoq” (订 ding “tuzatmoq” 正 zheng “to‘g‘ri”).
Bir morfema ikkinchi komponentning o‘rniga ishtirok eta­digan natijaviy tur so‘zlar ko‘pchilik qatorni tashkil etadi. Masa­lan, 破po “sindirmoq, yirtmoq” morfemasi bilan yasalgan so‘zlar qatori:
打破 dapo «teshmoq» (打 da «urmoq»)
磨破 mopo «yo‘qotmoq» (磨 mo «yo‘qotmoq»)
撞破 zhuangpo «sindirmoq, teshmoq» (撞 zhuang «urmoq, zar­ba bermoq»)
穿破 chuanpo «ko‘ylak, oyoq kiyim kiymoq» (穿 chuan «kiymoq»)
死 si «o‘lmoq» morfemasi bilan yasalgan so‘zlar qatori:
压死 yasi «yanchib tashlamoq» (压ya «qismoq»)
淹死 yansi «cho‘kmoq» (淹yan «botmoq»)
扼死 yisi «bo‘g‘ilmoq» (扼yi «osilmoq»)
打死 dasi «o‘lgunicha urmoq» (打da «urmoq»)
杀死 shasi «o‘ldirmoq» (杀sha «o‘ldirmoq»)
饿死 esi «ochidan o‘lmoq» (饿esi «och qolmoq»)
Natijaviy tur so‘zlarida ikkinchi komponentning semantik qo‘llangan qatorlari, jumladan, 开 kai «ochmoq, ajratmoq», 见 jian «ko‘rmoq», 住 zhu «to‘xtamoq» kabilari:
拉开 lakai «tortib olmoq» (拉 la «tortmoq»)
离开 likai «vaqtincha yo‘q bo‘lmoq» (离 li «g‘oyib bo‘lmoq»)
放开 fangkai «chiqarmoq» (放 fang «chiqarmoq»), 推开 tuikai «itarib tashlamoq» (推 tui «itarmoq»)
看见 kanjian «ko‘rib qolmoq» (看 kan «qaramoq»), 听见 tingjian «eshitmoq» (听 «tinglamoq»)
找见 zhaojian «topmoq» (找 zhao «izlamoq, qidirmoq»), 撞见 zhuangjian «duch kelmoq, uchratmoq» (撞 zhuang «urmoq»)
记住 jizhu «eslab qolmoq» (记ji «eslamoq, xotiralamoq»)
抓住 zhuazhu «ushlab olmoq» (抓 zhua «ushlamoq»), 捆住 kunzhu «bog‘lamoq» (捆 kun «bog‘lamoq»)
包住 baozhu «quchoqqa olmoq» (包 bao «quchoqlamoq»)
Natijaviy bog‘lanishda mavjud bo‘lgan so‘zlar ko‘pgina ada­biy yodgorliklarda qayd etilgan, jumladan, “Shiszing” kitobida.
Zamonaviy xitoy tilida natijaviy tur orqali yasalgan so‘z birikmasi juda mahsuldor hisoblanadi. Konstruksiyaviy birikmalardan hosil qilingan bu usuldagi so‘zlar yangi so‘z terminlarini yasashda ulardan keng foydalanishga imkon beradi.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling