2-kurs, кечки O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi
Sifatlarning tasniflanishi
Download 1.31 Mb.
|
2-kurs, êå÷êè O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nisbiy sifatlar
- Sifatlarning ma’no jihatidan tasniflashnishi
Sifatlarning tasniflanishi
Semantik-grammatik xususiyatlar hamda nutqdagi funksional vazifalarga ko‘ra xitoy tilidagi sifatlar ikkita sinfga bo‘linadi: asl (tub) sifatlar va nisbiy sifatlar. Asl (tub) sifatlar predmetning asl belgisini ifodalaydi: 红 hong qizil; 绿 lü yashil; 甜 tian shirin; 酸 suan nordon; 美丽 meili chiroyli; 老 lao keksa, qari; 大 da katta; 好 hao yaxshi; 快 kuai tez; 可怕 kepa qo‘rqinchli, dahshatli. Ushbu sinfga tegishli sifatlar zamonda o‘zgaruvchan va modal shakllarni ifodalaydi. Bundan tashqari, ular ko‘pincha ikkilanish shaklida ham qo‘llaniladi. Miqdor-daraja ravishlari bilan birgalikda asl (tub) sifatlar asl belgining shiddati (intensivligi)ni ko‘rsatadi. 一点 yidian, 一些 yixie ozgina, sal bo‘lsa, 一倍 yibei ikki barovar so‘zlari bilan birga kelishi mumkin. Bundan tashqari, ular ba’zi bir yordamchi (ko‘makchi) fe’llar bilan ham birga kelishi mumkin. Nisbiy sifatlar predmetning nisbiy belgisini bildiradi: 左 zuo chap, 右 you o‘ng, 横 heng gorizontal, 竖 shu vertikal, 真 zhen haqiqiy, 假 jia soxta, qalbaki, 科学 kexue ilmiy, 基本 jiben asosiy. Asl (tub) sifatlardan farqli ravishda bu turdagi sifatlar zamonda o‘zgaruvchan va modal shakllarni hamda ikkilanish shaklini hosil qilmaydi. Juda kam holatlarda miqdor-daraja ravishlari va 一点儿 yi dianr so‘zi kabilar bilan qo‘llaniladi. Ushbu holatlar mazkur sinfning sintaktik valentligidagi chegaralanganligini isbotlaydi. Gapda nisbiy sifatlar ko‘pincha aniqlovchi vazifasida, juda ham kam holatlarda kesim vazifasida kelishi mumkin. Sifatlarning ma’no jihatidan tasniflashnishi 1. Xarakter-xususiyat bildiruvchi sifatlar.Bu turga kiruvchi sifatlar ayniqsa inson xarakter-xususiyatini ifodalashda ko‘p qo‘llaniladi. Mas., 可爱kě ài – yoqimtoy, shirin; 善心的shàn xīn de – rahimdil. 兽王很佩服他的本领,和他成了好朋友,常劝他住在宫里. Shòu wánɡ hěn pèi fú tā de bén lǐnɡ, hé tā chénɡ le hǎo pénɡ you, chánɡ quàn tā zhù zài ɡōnɡ lǐ. Lu knyazligining knyazi uning maxoratiga juda koyil kolganligidan Gung bilan yaxshi dust bulib,doimo uz saroyida yashashini xoxlar edi.119 Bu yerda 好hǎo – yaxshi; yaqin, chin; gapda aniklovchi vazifasida kelgan. Birinchi kategoriyaga xos sifatlarning turkumi inson, predmet va hayvonlarning xarakter-xususiyatini ifodalashda umumiy qo‘llanilsa,yana bir turkumi faqatgina predmet xususiyatini ifodalashda xoslashib qolgan. Mas., 慷慨的kānɡ kǎi de – saxiy; 诚实的chénɡ shí de – rostgo‘y kabi. Xarakter-xususiyat ham ijobiy, ham salbiy bo‘lishi mumkin. Shunga ko‘ra, xarakter-xususiyat ifodalab keluvchi sifatlar ijobiy va salbiy mazmunga ega. Bundan tashqari, neytral ma’noli (ya’ni, ham ijobiy, ham salbiy bo‘lmagan) sifatlar mavjud. 1) Insonning xarakter-xususiyatiga xos: a) ijobiy sifatlar, mas., 客气的kè qi de – muloyim, 有修养的yǒu xiū yǎnɡ de – odobli, 忠实zhōnɡ shí – sodiq, 温柔的wēn róu de – mehribon va boshq. 他的儿子很温柔的. Tā de ér zi hěn wēn róu deyu “Uning o‘g‘li juda mehribon” . 您是个正刚强的好人,一定能救我。 Nín shì ɡè zhènɡ ɡānɡ qiánɡ de hǎo rén , yí dìnɡ nénɡ jiù wǒ 。 Meni mazkur halokatdan qutqaradigan yagona sofdil odam sizsiz. 120 b) kishiga xos salbiy xarakter-xususiyatlar. Salbiy xususiyat bildiruvchi sifatlar ko‘pincha ijobiy xarakter-xususiyat bildiruvchi sifatlarning antonimlari sifatida mavjud, ya’ni bu guruhga oid sifatlar kishi xarakter-xususiyatidagi yaramas, yoqimsiz tomonlarini ifoda etadi: 口是心非的kǒu shì xīn fēi de – ikkiyuzlamachi, 残酷的cán kù de – shafqatsiz. 残酷无情的人 cán kù wú qínɡ de rén – shafqatsiz odam. Kishiga xos turli xususiyatlar, uning biror a’zosini, gap-so‘zini, o‘y-niyatini, his-tuyg‘usini va shu kabilarni sifatlash orqali ham beriladi. Bunda sifatlash ob’ekti kishiga bog‘langan holda berilishi yoki alohida o‘zi sifatlanishi mumkin. 嘴甜的 zuitiande – tili shirin, 诚实的chénɡ shí de – samimiy. 他的母亲诚实的人. Tā de mǔ qīn chénɡ shí de rén. “Uning onasi samimiy insondir”; 王文虽是个老实人但被他怎么一看心里也象丢了似的,呆呆的坐在那里。 Wánɡ wén suī shì ɡè lǎo shi rén dàn bèi tā zěn me yí kàn xīn lǐ yě xiànɡ diū le shì de , dāi dāi de zuò zài nà lǐ 。 Vang Veng kamtarin bola bo‘lishiga qaramay,ko‘zlari bu qizning ko‘zlariga tushganda o‘zini yo‘qotib qo‘ygandek bo‘ldi.121 Kishi xarakter-xususiyatini berishda yuqorida zikr etilgan sifatlardan tashqari boshqa turkumdagi (mas., holat, shakl, maza-ta’m, rang-tus bildiruvchi) sifatlardan ham foydalaniladi. Bunday sifatlovchilar kishilarga xos turli xarakter-xususiyatlarni ochishga xizmat qiladi. Mas..,急躁jí zào – qattiqqo‘l, talabchan. 他对孩子们太急躁. Tā duì hái zi men tài jí zào . “U bolalarga nisbatan juda qattiqqo‘l”; v) kishi xarakter-xususiyatiga oid yana shunday sifatlar borki, ularning ma’nosidan ijobiylik yoki salbiylik yaqqol bo‘rtib turmaydi. Ular nutq jarayoniga qarab har ikkala ma’no chegarasiga o‘tib olishi mumkin. Mas., 沉默的chén mò de – indamas, 顽固的wán ɡù de – o‘jar, 爱吹牛的ài chuī niú de – mahmadona kabi. 2) Predmet (narsa, hayvon, jonivor), holat, hodisa va shu kabilarning xarakter-xususiyatini ifodalash uchun qo‘llaniluvchi sifatlar: 真的zhēn de – tabiiy, 贵ɡuì – qimmat, 便宜pián yi – arzon, 严重的yán zhònɡ de – jiddiy. 这个市场的东西太贵了! Zhè ɡe shì chǎnɡ de dōnɡ xi tài ɡuì le! Bu bozorda narsalar juda qimmat ekan a! 王文一家团圆后,很感激赵东楼,送他许多贵重礼物。 WánɡWén yì jiā tuán yuán hòu , hěn ɡǎn jīZhào DōnɡLóu , sònɡ tā xǔ duō ɡuì zhònɡ lǐ wù 。 Van Ven juda xursand bo‘lib xammani bir joyga yig‘di va Jao Danluga ko‘p qimmatbaxo sovg‘alar taqdim etdi.122 3) Kishi va predmet xususiyatlarini ifodalash uchun birdek qo‘llanaveradigan sifatlar: 好 – hǎo yaxshi, 不好 – bù hǎo yomon , 壮丽– zhuànɡ lì ajoyib va boshq. Ba’zi sifatlar esa yo kishi, yoki predmet belgisi uchun ko‘chma ma’noda qo‘llanilishi mumkin: Mas., 轻巧的qīnɡ qiǎo de – yengil, 沉重chén zhònɡ – og‘ir. 2. Holat bildiruvchi sifatlar. Predmet, hodisa, inson va hayvonga xos holat yoki vaziyat turli sifatlar orqali ifodalanadi: 1) tabiiy holat belgilari: a) ijobiy ma’noda: 漂亮piào liɑnɡ – chiroyli, 美丽 měi lì – go‘zal. 宁生停住脚步,仔细一看,见小倩长得真象天仙一样美丽。 Nínɡ shēnɡ tínɡ zhù jiǎo bù , zǐ xì yí kàn , jiàn xiǎo qiàn zhǎnɡ dé zhēn xiànɡ tiān xiān yí yànɡ měi lì。 Janob Ning to‘xtadi va tikilib qarasa,Ne Shaochan oddiygina qiz emas, balki farishtalardek go‘zal edi.123 到家以后,母亲见儿子带回一个这么漂亮的姑娘,不禁大吃一惊,忙 : Dào jiā yǐ hòu, mǔ qīn jiàn ér zi dài huí yí ɡè zhè me piào liɑnɡ de ɡū niɑnɡ, bú jīn dà chī yì jīnɡ, mánɡ : Ular uyga yetib kelishgach, onasi ugli bilan birga kelgan bir soxibjamolni xam kuribdi. Kuribdi-yu vaximaga tushganini yashira olmadi ,shosholib suradi124: Bu yerda漂亮piào liɑnɡ – chiroyli; gapdagi vazifasi esa aniklovchi. b) nuqsoniy belgilar: 瘸腿的qué tuǐ de – cho‘loq, 驼背的tuó bèi de – bukir, 哑的yǎ de – soqov. 他是生来哑的. Tā shì shēnɡ lái yǎ de. “U tug‘ma soqov”. 2) Jismoniy yoki fizik holatlarni ifodalovchi sifatlar: 力气大的– lì qi dà de baquvvat, 年轻 –nián qīnɡ yosh, 老lǎo – keksa. 我们班的学生都是年轻的人. Wǒ men bān de xué shenɡ dōu shì nián qīnɡ de rén. “Guruhimizning talabarning hammasi yosh insonlar”. 3) Ruhiy holatni ifodalovchi sifatlar: 高兴ɡāo xìnɡ – xursand, 忧郁的yōu yù de – g‘amgin, 愁闷的 – chóu mèn de ma’yus. 我喜欢听忧郁的歌 . Wǒ xǐ huɑn tīnɡ yōu yù de ɡē . “Men g‘amgin ashulalarni eshitishni yoqtiraman”. 4) Kishining hayotiy holatini ifodalovchi sifatlar: 有钱 yǒu qián –boy, 穷qiónɡ – kambag‘al, qashshoq va shu kabilar. 他是个有钱的人125 Tā shì ɡè yǒu qián de rén. “U bir boy odam”. 几年过去,很富的赵东楼变成了穷光蛋。 Jǐ nián ɡuò qù , hěn fù de zhào dōnɡ lóu biàn chénɡ le qiónɡ ɡuānɡ dàn 。 Oradan yillar o‘tib pullarimning anchasini sarf qilib yuborim keyin qashoqqa aylanib qoldim.126 Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling