2-kurs, кечки O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi


Atamaning oʻzbek tilidagi ma’nosi


Download 1.31 Mb.
bet89/91
Sana12.03.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1265197
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   91
Bog'liq
2-kurs, êå÷êè O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi

Atamaning oʻzbek tilidagi ma’nosi

Aniq kelasi zamon

Future simple

Будущее время

Aniq kelasi zamon fe’li ish-harakatning kelasi zamonda aniq bajarilishini bildiradi.

Aniq o‘tgan zamon

Past simple

Прошедшее конкретное время

Aniq o‘tgan zamon fe’li ish-harakatning o‘tgan zamonda bajarilganligini bildiradi.

Aniq ot

Concrete noun

Конкретные существи
тельные

Sezgi a`zolarimiz orqali sezishimiz mumkin bo‘lgan narsalarni bildirgan otlarga aniq otlar deyiladi.

Aniqlanmish

Determi-ned word

Определяемое слово

Birikmaning aniqlovchi tobe boʻlgan hokim komponenti.

Aniqlovchi

Determiner

Опреде-ляющее слово

Narsa-buyumni ifodalaydigan soʻzga tobelanib, uning belgisini anglatadigan ikkinchi darajali boʻlak; atributiv birikmaning tobe komponenti.

Atoqli ot

Proper noun

Собствен
ные сущест вительные

Biror shaxs, narsa yoki joyga atab qo‘yilgan nomlar atoqli otlar deyiladi.

Birlik

Singular

Единственное число

Predmet yoki shaxsning birligini ifodalaydi

Bog‘lama

Link

Глагол связкa аст

Jumlada ega va kesimni bog‘lab turadigan maxsus soʻz.

Bog‘lovchi

Conjunc tion

Союз

Qo‘shma gap tarkibidagi gaplarni, shuningdek, uyushiq bo‘laklar qismlarini bir-biriga bog‘lash va shu yo‘l bilan ular orasidagi turli munosabatlarni ifodalsh uchun xizmat qiluvchi yordamchi so‘z. Bog‘lovchilar ma’no va vazifasiga ko‘ra ikki asosiy turga bo‘linadi: 1) teng bog‘lovchilar
2) ergashtiruvchi bog‘lovchilar.

Bosh gap

Main clause

Главное предложе
ние

Ergashgan qo‘shma gap tarkibidagi hokim komponent, ergash gap tomonidan o‘zi yoki biror bo‘lagi aniqlanadigan, ergash gap tobe bo‘lgan gap.

Buyruq gap

Imperative

Повелительное предложение

Buyruq gap — gap turi. Kommunikativ vazifasiga ko‘ra buyurish, iltimos, maslahat maʼnolari ifodasini anglatadi. Buyruq gaplar harakatni bajarish yoki bajarmaslik haqida buyurish, undash, istak kabi maʼnolar ifodalovchi mayl (buyruq-istak mayli)ga ham ega ("ayt", "aytsin", "aytgin", "ayting"). Buyruq gap kesimi vazifasida koʻp holatda buyruq feʼli keladi yoki maxsus buyruq intonatsiyasiga ega boʻladi.

Buyruq mayli

Imperative mood

Повелительное наклонение

Fe’lning buyurish iltimos ma’nolarini anglatuvchi shakli

Diftong

A diphthong

Дифто́нг

Diftong (yun. qoʻsh tovushli, qoʻsh ovozli) — bir boʻgʻin hosil qiluvchi 2 fonetik unsur (un-li)dan tashkil topgan murakkab unli; shu jihati bilan monoftongyaang farq qiladi, unsurlarning biri bevosita boʻgʻin hosil qiladi, ikkinchisi esa unga ergashib keladi va boʻgʻin hosil qiluvchi hisoblanmaydi. Pasayuvchi (birinchi unli boʻgʻin hosil qiladi) va koʻtariluvchi (ikkinchi unli boʻgʻin hosil qiladi) D.lar oʻzaro farqlanadi. D. koʻpincha nemis, ingliz, ispan, fransuz, xitoy kabi tillarda uchraydi. Turkiy tillarda, xususan, oʻzbek adabiy tilida bunday unlilar yoʻq, faqat oʻzbek tilining qipchoq lahjalarida (mas, Gʻallaorol lahjasida) E. unlisining D.lashuvi kuzatiladi.

Ega

Subject

Подлежащее

Gapning kim yoki nima haqida aytilganligini bildiruvchi soʻz, gapning bosh boʻlarklaridan biri – hokimi. Ikki tarkibli gaplarda fikrning kimga, nimaga qarashli ekanini anglatuvchi, belgisi kesim tomonidan aniqlanadigan, grammatik jihatdan mutlaq hokim vaziyatga ega bo‘lgan bosh bo‘lak. Ega gapning bosh bo‘lagi hisoblanib ot, sifat,son bilan ifodalanishi mumkin.

Ergash gap

Subordi
nate clause

Придаточное предложение

Ergash gapli qo‘shma gap tarkibidagi tobe qism. Bosh gapga ergashib, bu gapni yoki uning biror bo‘lagini qandaydir jihatdan aniqalab, belgilab keluvchi gap.

Ergash gap

Subordi-
nate clause

Прида-
точное предло-
жение

Ergash gapli qo‘shma gap tarkibidagi tobe qism. Bosh gapga ergashib, bu gapni yoki uning biror bo‘lagini qandaydir jihatdan aniqalab, belgilab keluvchi gap.

Faؚؚؚؚoliyat-jarayon oti

Gerund

Существительные обозначаю
щие действияؚؚؚ

Shaxs va narsalarning faoliyat jarayonini nomlovchi otlarga faoliyat-jarayon otlari deyiladi.

Fe’l

Verb

Глагол

Predmetning ish-harakati yoki holatini bildiradigan hamda shaxs, zamon va sonda tuslanadigan soʻz turkumi. Fe’l – ish-harakatni bildirib, nima qildi? nima qilyapti? nima qilmoqchi? kabi savollarga javob bo‘ladi.

Fe’l mayli

Verb declination

Наклонение глагола

Ish-harakat (holatning) real voqelikka munosabatini bildiradi.

Fe’l negizi

Verb root

Основа глагола

Fe’llarning aniq zamon shakllarini hosil qilish uchun kerakli boʻlgan asos.

Fe’l zamonlari

Tenses of verb

Времена глагола

Ish-harakatning nutq soʻzlanib turgan paytiga munosabatini bildiradi.

Fleksiya

Flexion

Флексия

So‘zlarning tugallanmalarini o‘zgratirish yo‘li bilan so‘z formalarini yasash, so‘zning turlanishi, tuslanishi va h.k.dagi o‘zgaruvchi qismi, tugallanma. Ichki fleksiyasi grammatik formalar yasashda so‘z o‘zagidagi tovushlarning o‘zgarishi, shunday o‘zgarishga uchragan tovush yoki tovushlar.

Fonema

Phoneme

Фоне́ма

Fonema (yun. phonema — tovush) — til tovush qurilishining maʼnoli birliklar — morfemalar tanib olish va farqlash uchun xizmat qiladigan birligi; oʻz navbatida, morfemalarning eng kichik tarkibiy qismi sifatida soʻzlarni ham oʻzaro ajratadi va farqlaydi. U faqat soʻz va morfemalar tarkibidagina muayyan maʼnoga, maʼno farqlash xususiyatiga ega boʻladi. Mas, oʻzbek tilida k F.si yaqin til orqa, portlovchi jarangsiz undosh tovush boʻlib, chuqur til orqa, sirgʻaluvchi, jarangli gʻ, lablab, portlovchi jarangli b F.laridan farqlanadi. F. qandaydir eng sodda element emas, chunki bir paytning oʻzida mavjud boʻladigan belgilardan iboratdir.

Fonetik oʻzgarish

Phonetic change

Фонети-ческое изменение

Soʻzning ma’nosi bilan bog‘liq boʻlmagan, tovushda yoki oʻzidan oʻzi sodir boʻladigan, nutqdagi holatidan qat’iy nazar tovush yoki shu holat ta’sirida boʻladigan tovush oʻzgarishi.

Fonetika

Phonetics

Фоне́тика

Fonetika – (yunoncha phonetics - tovushga, tovush chiqarishga oid, tovushli) tilshunoslikning nutq birliklarini o‘rganuvchi bo‘limi. Fonetika tilshunoslikning nutq tovushlarining hosil boʻlish usullarini va akustik xususiyatlarini; boʻgʻin, nutqning pauza bilan ajraluvchi qismlarini oʻrganuvchi boʻlimi. Shu bilan birga, ayrim tilshunoslar F. doirasiga tovush birliklarining yozuvdagi ifodalari (grafika) va maʼnoli birliklarning yozilish qoidalari (imlo)ni ham qoʻshib, uning oʻrganish obʼyektini yanada kengaytiradilar (rus olimi L. V. Shcherba). Oʻzbek tilshunosligida F. doirasida, asosan, nutq tovushlari [ularning artikulyatsion, akustik, perseptiv (psixofonetik) va funksional tomonlari| va ohang (boʻgʻin, sintagma, urgʻu va boshqalar) oʻrganiladi.

Frazeologiya

Phraseology

Фразеология

Frazeologiya – (yunoncha “phrase” (ifoda)) tilshunoslikning tilning frazeologik tarkibini, uning hozirgi holatida va tarixiy taraqqiyotida tekshiruvchi bo‘lim

Gap

Sentence



Предложение



Til qonunlari asosida grammatik va ohang jihatdan shakllangan, fikrni ifodalash uchun xizmat qiladigan nutq birligi. Tugallangan ma’nolarni ifodalovchi so‘zlar yig‘indisi gap deyiladi.

Harakat nomi



Infinitive

Имя действия

Masdar bir vaqtning o‘zida ham fe’llik ham ismiy so‘z turkumlariga xos bo‘lgan belgilarga ega bo‘lgan fe’l shaklidir.

Harf

Letter

Буква

Yozuvda tildagi biror tovushni ifodalash uchun qabul qilingan va alfavit sirasiga kiritilgan belgi.

Hozirgi-kelasi zamon

Present simple/ continious

Настоящее-будущее время

Hozirgi-kelasi zamon fe`li quyidagi 3 xil holatda ishlatiladi:
a) ayni paytda bo‘layotgan ish-harakatni ifodalaydi;
b) doimiy bajariladigan ish-harakatni ifodalaydi;
c) kelasi zamonda bajaralidigan ish-harakatni ifodalaydi.

Hozirgi-kelasi zamon shart-istak mayli

Aorist

Аорист

Aorist ma’lum bir ish-harakatning bajarilishiga oid: xohish, istak, qodirlik, imkoniyat, zarurat, ehtimollik, gumon kabi ma’nolarini anglatadi.

Infinitiv



Infinitive

Инфинитив

Fe’lning muayyan harakatni bajaruvchi shaxs, zamon, mayldan tashqari holatda ifodalaydigan, harakatning o‘zinigina ataydigan ataydigan shakli.

Jamlovchi ot

Collective noun

Собиратель
ные существи тельные

Birlik shaklda ham bir xil narsalarning jamini ifodalaydigan otlarga jamlovchi ot deyiladi.

Kelishik

Case

Падеж

Ot yoki otlashgan soʻzning fe’lga, otga va boshqa bir soʻz turkumiga munosabatini ifodalab, tobeligini koʻrsatuvchi shakllar tizimi. Oʻzbek tilida kelishikning olti turi bor.

Kesim

Predicate

Сказуемое

Gapning bosh boʻlarklaridan biri; ega ifodalagan predmetning harakatini, holati yoki belgisini bildiruvchi boʻlak. Kesim gapning bosh bo‘lagi hisoblanib, gapning oxirida keladi.

Ko‘makchi fe’l

Helping verb

Вспомогательный глагол

Ko‘makchi fe’llarؚ harakatning turlicha xarakteristikasini ko‘rsatuvchi, shuningdek, turli modal ma’nolarni ifodalovchi formalarni yasash uchun xizmat qiladi.

Ko‘plik

Plural

Множественное число

Predmet yoki shaxsning ko‘pligini ifodalaydi

Koʻrsatish olmoshi

Demon-strative pronouns

Указательное местоимение

Shaxs yoki narsalarni koʻrsatish, unga ishora qilish uchun qoʻllanuvchi olmosh. Soʻz, soʻz birikmasi va gap oʻrnida qoʻllanib, unga ishora qiladi yoki biror soʻzni aniqlab keladi.

Majhul nisbat

Passive voice

Пассив

Majhul nisbat deb ish-harakat noma’lum kishi tomonidan bajarilishiga aytiladi.

Mavhum ot

Abstract nounؚ

Абстрактные существительные

Sezgi a’zolarimiz orqali sezؚؚؚؚؚؚؚؚؚؚishimiz mumkin bo‘lmagan, tafakkur va tasavvur orqali idrok qilinadigan narsalarni bildirgan otlarga mavhum otlar deyiladi.

Miqdor son

Cardinal numeral

Коли-чественное числительное

Predmetning miqdorini bildiruvchi son. O‘zbek tilida miqdor sonlar olti turga bo‘linadi: 1) sanoq son; 2) dona son; 3) chama son; 4) jamlovchi son; 5) taqsim son; 6) kasr son.

Modal fe`l

Modal verb

Mодалный глагол

Modal fe’llar deb gapning tarkibida ishlatilganda o‘z mustaqil ma’nosini yo‘qotib, asosiy ish-harakatni ifodalovchi fe’lga nisbatan qo‘shimcha ma’no anglatuvchi fe’llarga aytiladi. Modal fe’llar ish-harakatning bajarilish imkoniyati, qobiliyati, ehtimolligi, zaruratini ifodalaydigan fe’llardir.

Narsa-buyum oti

Common noun

Неодушев
ленные существительные

Nima? so‘rog’iga javob bo‘lib, jonli va jonsiz narsalarni bildirgan otlarga narsa-buyum otlari deyiladi.

Nisbiy sifat

Relative adjective

Относитель
ное прилага тельное

Otdan qo‘shimchalar orqali hosil bo‘ladigan sifatlar.

O‘tgaؚؚؚؚn zamon davom fe`li

Past continuous

Прошедшее время

O‘tgan zamon davom fe`li ish-harakatning:
a) ma`lum paytda boshlanib, ma`lum paytgacha davom etganligini;
b) takroran, ya`ni bir necha marta takrorlanganligini;
c) bir vaqtning o‘zida ish-harakat haqida gap ketsa, biri ikkinchisidan oldinroq boshlanganligini bildiradi.

O‘tgan zamon fe’li

The past simple

Прошедшее время

O‘tgan zamon fe’li - fe’l zamonlarining bir turi bo‘lib, ish-hrakatning o‘tgan zamonda bo‘lib o‘tganini bildiradi va nima qildi? so‘rog‘iga javob bo‘ladi.

O‘tgan zamon natijali fe`li

Present Perfect
Tense

Прошедше-настоящее время (перфект)

O‘tgan zamon natijali fe’li o‘tgan zamonda bajarilgan, natijasi hozirgi zamonda mavjud bo‘lgan ish-harakatni bildiradi.

O‘tgan zamon shart-istak mayli






Сослагательное наклонение прошедшего времени

O‘tgan zamon shart-istak mayli ish-harakatning o‘tgan zamonda bajarilganligining ehtimolligi, gumonligi va mumkinligiga ishora qiladi

O‘tgan zamon sifatdoshi

Past participle

Причастие
прошедше-
го времени

Fe’lning sifatga xos vazifaga xoslangan, predmet belgisini ko‘rsatuvchi funksional shakli.

O‘timli fe’l

Transitive verbs

Транзитив-ный глагол

O‘timli fe’llar ish-harakat biror bir predmetga o‘tganligini bildiradi.

O‘timsiz fe’l

Intransitive verbs

Нетранзитивный глагол

O‘timsiz fe’llar ish-hatakat biror bir predmetga o‘tmasligini bildiradi.

Oʻzlik olmoshi

Possessive pronouns

Притяжатель
ное местоимение

Predmet yoki shaxslarni yakkalab koʻrsatuvchi olmosh

Oddiy daraja

Simple degree

Простая степень

Sifatning miqdorini bildirmaydigan daraja. Oddiy darajadagi sifat hech qanday qoʻshimchaga ega boʻlmaydi va predmetning yoki shaxsning belgisini koʻrsatadi.

Old koʻmakchi

Preposition

Предлог

Ot yoki otlashgan soʻzlardan oldin kelib, vosita, maqsad, sabab, vaqt, makon kabi munosabatlarni bildiruvchi yordamchi soʻzlardir.

Olmosh

Pronoun

Местоимение

Ot, sifat, son kabi so‘zlar o‘rnida qo‘llanuvchi, predmet, belgi, miqdorga ishora qiluvchi so‘zlar turkumi.

Orfografiya

Orthography

Орфография

Soʻzlarni toʻg‘ri yozish haqidagi qoidalar, imlo.

Orttirma daraja

Superlative degree

Превосходная степень

Sifat belgisini miqdordan koʻpligini bildiradigan daraja

Ot

Noun

Существительное

Predmetning nomini bildiradigan soʻzlar turkumi

Prefiksli fe’llar



Prefixal verb

Глагол с префиксом

Prefiksli fe’llar ham qo‘shma fe’llar kabi ikki qismdan iborat bo‘ladi:
1. Old ko‘makchi;
2. Fe’l qism.

Qiyosiy daraja

Compa-rative degree

Сравни-тельная степень

Bir predmetni ikkinchi predmetga qiyoslanayotganda ishlatiladigan daraja

Qo‘shimcha

Affixes

Аффикс

Affiksal morfemaning nutq birligi sifatidagi nomi.

Qo‘shma fe’l

Compound verb

Сложный глагол

Qo‘shma fe’l ikki qismdan iborat bo‘ladi: 1. Ot qism. 2. Fe’l qism.
Ot qism o‘rnida - sifat, ot, son, olmosh, ravish so‘z turkumlariga oid so‘zlar qo‘llaniladi. Fe’l qism o‘rnida - sodda fe’llarning birortasi qo‘llaniladi.

Qo‘shma gap

Compound sentence

Сложное предложение

Qo‘shma gap - ikki yo undan ortiq sodda gapning mazmun, grammatik va ohang jihatidan birikuvidan tuzilgan gap. Qoʻshma gap — tuzilishiga koʻra sodda gapga oʻxshash ikki va undan ortiq predikativ birlikning intonatsiya va mazmun jihatidan bir butunlik hosil etishi bilan yuzaga keluvchi gap. Gapning struktural jihatdan alohida bir turi. Qo‘shma gap tuzilishi va qurilish materialiga koʻra sodda gapdan farq qiladi. Sodda gapning qurilish materiali soʻz yoki soʻz birikmalari boʻlsa, qo‘shma gapning qurilish materiali sodda gaplardir.

Shart ergash gapli qo‘shma gap

If conditional

Сложные предложения с придаточ-ными условными

Ergash gapning kesimi shart mayli shaklidagi fe'llar orqali ifodalanganda, shart mayli qo'shimchasi ergash gapni bosh gapga bog'lovchi vosita ham sanaladi. Bunday ergash gaplar bosh gapda ifodalangan mazmunning yuzaga chiqish yoki chiqmaslik shartini, paytini bildiradi. Yozuvda ergash gap bosh gapdan vergul biian ajratiladi.

Shart-istak mayli

Aorist

Aорист

Ish harakat ma’lum shart ,istak, imkon, zaruriyat, majburiyat orqali amalga oshishi yoki uning bajarilishi gumon ekanligini, bildiradi.

Shaxssiz gap

Impersonal sentence

Безличное предложение

Faqat kesim tarkibidan iborat bo‘lib, bajaruvchi shaxs ma’nosi umuman ifodalanmaydigan gap

Sifat

Adjective

Прилагательное

Sifat - otga bog‘lanib, uning belgisini bildiradigan va qanday? qanaqa? so‘roqlariga javob bo‘luvchi so‘z turkumi.

Sifat darajalari

Adjective degree

Степени прилага-тельного

Predmet belgisining darajasini bildiradi.

Sintaksis

Syntax

Синтаксис

Sintaksis - (yunoncha syntaxsis -tuzilma, tarkib, birikma) nutq birliklarini shakllantirishning muayyan tillar uchun xos bo‘lgan vositalari va majmui. Grammatikaning so‘zlarni so‘z birikmalari va gaplarga, sodda gaplarni esa qo‘shma gaplarga birikish usullarini o‘rganuvchi, so‘z birikmalari va gaplarning tuzilishi, ma’nosi, o‘zaro ta’sirlashuvchi va vazifalarini tadqiq etuvchi bo‘limi.

So‘z birikmasi

Combina-tion of word

Словосочетание

Bir-biri bilan tobelanish asosida birikkan, ma'no va grammatik jihatdan oʻzaro bog’langan, yaxlit, biroq qismlarga ajraladigan tushunchani ifodalovchi ikki yoki undan ortiq soʻzlar bolg’anmasi.

Sodda fe’l

Simple verb

Простой глагол

Bir butun soʻzdan tashkil topgan fe’l.

Sodda gap

Simple sentence

Простое предложение

Sodda gap - o‘z tarkibida birgina predikativ birlikka ega bo‘lgan, ma’lum fikr ifodalay oladigan, grammatik va intonatsion jihatdan shakllangan birlik.

Son

Numeral



Числи-
тельное



Predmetning miqdorini, sanoq jihatdan tartibini bildiruvchi so‘zlar turkumi. Sonlar ma’no xususiyatiga ko‘ra avvalo ikki asosiy turga bo‘linadi: 1) miqdor sonlar; 2) tartib sonlar.

Soʻroq olmoshi

Interro-gative pronouns

Вопроси
тельное мес
тоимение

Shaxs, narsa, hodisa, belgi-xususiyat, miqdor, sabab-maqsad, oʻrin-payt haqida soʻroqni bildiradi

Tartib son

Ordinal numeral

Порядковое числительное

Predmetning sanoq jihatidan tartibini bildiruvchi son

To‘ldiruv chi ergash gapli qo‘shma gap

Object Clause



Сложноподчинённые пред ложения с при даточными дополнения

Bosh gapning olmosh bilan ifodalangan yoki nazarda tutilgan (qo‘llanmagan) to‘ldiruvchisini izohlaydigan, bosh gap kesimini to‘ldiradigan ergash gap.

Transkripsiya

Transcription

Транскрипция

Biror tildagi nutq tovushlarining talaffuzini shartli belgi va harflar vositasida aniq aks ettirish; shu maqsad uchun xizmat qiladigan belgilar sistemasi.

Turdosh ot

Common noun

Нарицатель
ные сущест вительные

Bir turdagi shaxs, narsa yoki joy nomlarini bildirib keluvchi otlar turdosh ot deyiladi.

Undosh tovush

Consonant

Согласный

Undosh tovushlar - ogʻiz va boʻgʻiz boʻshligʻida turli toʻsiqlarga uchrab paydo boʻladigan, tarkibi shovqindan yoki ovoz va shovqindan iborat tovushlar. Ularning talaffuzida havo oqimi sirgʻalib yoki portlab chiqadi. Bu havo oqimi un paychalarini titratib yoki titratmay oʻtadi. Natijada turli jihatdan bir-biridan farqli undosh tovushlar hosil boʻladi. Dunyodagi har bir til oʻziga xos undoshlar tizimiga ega. Tildagi undoshlar tizimi konsonantizm (lot. consonans — undosh tovush) deyiladi. Undosh tovushlar soni turli tillarda turlichadir. Mas, hozirgi oʻzbek adabiy tilida undosh tovushlar soni 25 ta boʻlsa, boshqa tillarda bundan kam (mas, turk tilida 17 ta) yoki ortiq boʻlishi mumkin. Bu miqdor rus tilida 34 tani, fin tilida 14 tani tashkil etadi.
Undosh tovushlar bir necha jihatdan tasnif qilinadi: 1) ovoz va shovqinning ishtirokiga koʻra; 2) hosil boʻlish oʻrniga (nutq aʼzolarining ishtirokiga koʻra;3) hosil boʻlish usuliga koʻra; 4) palatalizatsiyaga (tilning qattiq tanglay tomon koʻtarilishiga) koʻra. Ushbu tasniflarni hozirgi oʻzbek adabiy tilidagi 25 ta [b, v, g , d, j (jyuri), j (joʻja), d, y, k, l, m, n, ng , p, r, s, t, f, x, s, ch, sh, q, gʻ, h] undosh tovushlar misolida koʻrib chiqish mumkin. Ovoz va shovqinning ishtirokiga koʻra, Undosh tovushlar 2 asosiy turga boʻlinadi: sonorlar va shovqinlilar. Sonorlar (m, n, ng , l, r) tarkibida shovqinga nisbatan ovoz ustunlik qiladi. Shovqinlilar esa faqat shovqindan yoki shovqinga ovoz qoʻshilishidan qosil boʻladigan Undosh tovushlardir. Ovozning qatnashishi yoki qatnashmasligiga koʻra, shovqinli undoshlar ham 2 ga: jarangli undoshlar va jarangsiz undoshlarga boʻlinadi. Jarangli undoshlar (mas, b, v, g , d, z, y) shovqinga ovoz qoʻshilgan undoshlardir. Jarangsiz undoshlar esa (p, f, k, t, s, sh,4) faqat shovqinning oʻzidan iborat boʻladi.
Hosil boʻlish oʻrniga koʻra, Undosh tovushlar 3 ga boʻlinadi:lab undoshlari lab-lab undoshlari (p, b, m) va lab-tish undoshlari (v, f) dan iborat; til undoshlari — til oldi (b, p, d, t), til orqa (k, g), til oʻrta (y) va chuqur til orqa (q, gʻ, x) undoshlaridan iborat; boʻgʻiz undoshi (h). Hosil boʻlish usuliga koʻra, Undosh tovushlar 4 ga boʻlinadi; portlovchilar — nutq aʼzolarining jipslashuvi va havo oqimi bosimining shu aʼzolarni yorib oʻtishi natijasida hosil boʻladigan p, b, t, d, k, g kabi undoshlar; sirgʻaluvchilar — nutq aʼzolari bir-biriga yaqinlashib, havo oqimi shu tor oraliqdan sirgʻalib chiqishi natijasida hosil boʻladigan v, f, z, s, j, sh, x, gʻ kabi undoshlar; titroq tovush — til uchining yuqori milkka tegib-tegmay titrashidan hosil boʻlgan r undoshi; affrikata — portlovchi tovush bilan sirgʻaluvchi tovushning yaxlit bitta tovush sifatida talaffuz qilinishidan hosil boʻlgan ch (t+sh), j (d+j), s (t+s) tovushlaridir.

Unli tovush

Vowel

Гласный

Unli tovushlar - ogʻiz va bugʻiz bushligʻida hech qanday toʻsiqqa uchramay hosil boʻladigan, tarkibi ovozdan iborat (shovqin deyarli ishtirok etmaydigan) tovushlar. Har bir til oʻziga xos unlilar tizimiga ega. Tildagi unlilar tizimi vokalizm (lot. vocalis — unli tovush) deyiladi. Unli tovushlar soni turli tillarda turlichadir. Mas, hozirgi oʻzbek adabiy tilida Unli tovushlar 6 ta bulsa, boshqa turkiy tillarda 8 ta, 10 ta va undan ham ortiqdir. Bu miqdor rus tilida 5 tani, fransuz tilida esa 18 tani tashkil etadi. Unli tovushlar bir necha jihatdan tasnif etiladi. Bu tasniflarning oʻzbek tilidagi 8 ta unli fonema (i, e, a, o, u, oʻ) misolida koʻrib chiqish mumkin. Unlilar dastlab tilning harakati va labning holati (ishtiroki) nuqtai nazaridan turlarga ajratiladi. Tilning harakatida 2 hodisa farqlanadi: tilning yotiq (yonlama) harakati; tilning tik (vertikal) harakati. Tilning yotiq (yonlama) harakatida hosil boʻlish oʻrniga koʻra unlilar 2 turga boʻlinadi: tiloldi (yoki old qator) unlilari — i, e, a hamda tilorqa (yoki orqa qator) unlilari — o, u, oʻ. Tilning tik harakatiga koʻra Unli tovushlar 3 turga boʻlinadi: yuqori koʻtarilish unlilari (i, u), oʻrta koʻtarilish unlilari (e, oʻ), quyi koʻtarilish unlilari (a, o). Labning holati (ishtiroki)ga koʻra unlilar 2 ga boʻlinadi: lablangan unlilar (u, oʻ) va lablanmagan unlilar (i, e, a, o). Lablangan unlilar talaffuz qilingan vaqtda lablar faol ishtirok etadi: lab choʻchchayib, oldinga chiqadi, dumaloq shakl oladi. Lablanmagan unlilar talaffuzida lablar ishtirok etmaydi yoki lablar ishtiroki passiv boʻladi.
Tovushning hosil boʻlishida ketadigan vaqtning miqdoriga koʻra Unli tovushlar 2 turga boʻlinadi: choʻziq unli; qisqa unli. Choʻziq unli davomli (choʻziq) talaffuz etiladigan Unli tovushlardir. Bunday tovushlar koʻpincha maʼno farqlash uchun xizmat qiladi. Bu hodisa turkiy tillarning baʼzilarida, shuningdek, ayrim oʻzbek shevalarida uchraydi. Mas, turkman tilida a:ch (krrnim och) va ach (eshikni och), ba:r (menda bor) va bar (ishga bor), a:t (nom, ism) va at (yilqi) va boshqa Qisqa unlilar talaffuziga choʻziq unliga nisbatan oz vaqt ketadi.

Urg‘u

Stressed



Ударение

Urg‘u gapdagi biror so‘zni yoki harfni kuchliroq talaffuz qilinishini ta’minlaydi.

Uzoq o‘tgan zamon fe`li

Past Perfect
Tense

Преждепрошедшее время (плюсквам-
перфект)

Uzoq o‘tgan zamon fe’li ish-harakatning uzoq o‘tgan zamonda bo‘lib o‘tganligini bildiradi





  1. Download 1.31 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling