Kompyuter ilmlari va dasturlashtirish


Download 235.27 Kb.
bet1/2
Sana09.04.2023
Hajmi235.27 Kb.
#1343075
  1   2
Bog'liq
Ixtiyorov Iftixor Algoritm maruza


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI MILLIY UNIVERSITETININIG
JIZZAX FILIALI





AMALIY MATEMATIKA FAKULTETI

KOMPYUTER ILMLARI VA DASTURLASHTIRISH” kafedrasi


““ALGORITMLAR VA BERILGANLAR STRUKTURASI” fanidan




Mustaqil ishi

Mavzu: Standart va nostandart strukturalarni misollarda amallar natijalari bo’yicha taqqoslash.


Bajardi: ”Amaliy matematika“ yo‘nalishi 2-kurs 1 – 21 - guruh
Talabasi: Ixtiyorov Iftixor.
Tekshirdi : M.Tojiev.
Jizzax 2023
Standart va nostandart strukturalarni misollarda amallar natijalari bo’yicha taqqoslash
Reja:
Kirish.

Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
Ilova.


Kirish
Algoritm tushunchasi. Avvalo algoritm tushunchasi IX asrda yashab ijod etgan buyuk bobokalonimiz Muhammad al-Xorazmiy nomi bilan uzviy bogʻliqligini tushuntirish lozim. Algoritm soʻzi alXorazmiyning arifmetikaga bagʻishlangan asarining dastlabki betidagi “Dixit Algoritmi” (“dediki al-Xorazmiy” ning lotincha ifodasi) degan jumlalardan kelib chiqqan. Shundan soʻng al-Xorazmiyning sanoq sistemasini takomillashtirishga qoʻshgan hissasi, uning asarlari algoritm tushunchasining kiritilishiga sabab boʻlganligi ta‘kidlab oʻtiladi.
Algoritm nima degan savolga, u asosiy tushuncha sifatida qabul qilinganligidan, uning faqat tavsifi beriladi, ya‘ni biror maqsadga erishishga yoki qandaydir masalani yechishga qaratilgan koʻrsatmalarning (buyruqlarning) aniq, tushunarli, chekli hamda toʻliq tizimi tushuniladi.
Algoritm tushunchasi aniq shaklda 20-asr boshlarida D. Gilbert, K. Gyodel, S. Klin, A. Chyorch, E. Post, A. Tyuring, N. Viner, A. A. Markov singari olimlarning asarlari tufayli shakllandi.
Eng qadimiy raqamli algoritmlardan biri Yevklid algoritmi (miloddan avvalgi III asr) deb hisoblanadi - ikki sonning eng katta umumiy boʻluvchisini topish. Algoritmlarning zamonaviy nazariyasi nemis matematikasi Kurt Gyodel (1931) asarlari bilan boshlandi, ular oʻzlarining rasmiy, izchil aksiomalar tizimi doirasida yechib boʻlmaydigan muammolar mavjudligini koʻrsatdi.
Algoritmlar nazariyasi boʻyicha birinchi fundamental ishlar 1936- yilda paydo boʻlgan. Tyuring mashinasi, Post va Chyorch tomonidan - hisobi taklif etiladi. Ushbu mashinalar algoritmning formallashtirilgan rasmiylashtirilishi edi.
Algoritmni bajarayotgan kishi – ijrochi, asosiy algoritmni aniqlashtiruvchi algoritm – yordamchi algoritm ekanligini ham ta‘kidlab oʻtish joiz. Umuman, algoritmning qanday maqsadga moʻljallanganligidan qat‘i nazar uni muvaffaqiyat bilan bajarish mumkinligini aytib oʻtish lozimdir.
Algoritmning bir nechta ta‘rifi mavjud. Ulardan ayrimlarini keltirib oʻtamiz:
Algoritm - bu belgilaydigan cheklangan qoidalar toʻplami, muayyan vazifalar toʻplamini hal qilish boʻyicha amallar ketma-ketligi va beshta muhim xossaga ega: aniqlik, tushunarlilik, kiritish, chiqarish, samaradorlik. (D. E. Knut).
Algoritm - bu har xil boshlangʻich ma‘lumotlardan kerakli natijaga oʻtadigan hisoblash jarayonini belgilaydigan aniq ketma-ketlik" (A. Markov).

1950-yillarda algoritm nazariyasiga oʻz hissalarini Kolmogorov va Markov asarlari qoʻshgan. 1960-1970 yillarda algoritm nazariyasida quyidagi tadqiqot yoʻnalishlari shakllandi:


1) Algoritmlarning klassik nazariyasi (rasmiy tillar nuqtai nazaridan masalalarni shakllantirish, yechuvchanlik muammosi tushunchasi, murakkablik sinflarini kiritish, P = NP (?) masalasini shakllantirish, NP-ning toʻliq masalalarini sinfi va uni oʻrganish);
2) Algoritmlarni asimptotik tahlil qilish nazariyasi (algoritmning murakkabligi tushunchasi, algoritmlarni baholash kriteriyalari, asimptotik baholarni olish usullari, xususan, rekursiv algoritmlar uchun, murakkablikni yoki bajarilish vaqtini asimptotik tahlil qilish);
3) Hisoblash algoritmlarini amaliy tahlil qilish nazariyasi (funksiyalarning intervalli tahlili, algoritmlar sifatining amaliy mezonlari, ratsional algoritmlarni tanlash metodikasi).
Algoritmlar nazariyasida hal qilingan maqsad va vazifalar:
- "algoritm" tushunchasini formallashtirish (rasmiylashtirish) va formal (rasmiy) algoritmik tizimlarni oʻrganish;
- muammolarning algoritmik yechimini rasmiy tasdiqlash;
- vazifalarni tasniflash, murakkablik sinflarini aniqlash va tadqiq qilish;
- algoritmlarning murakkabligini asimptotik tahlil qilish;
- rekursiv algoritmlarni oʻrganish va tahlil qilish;
- algoritmlar sifatini qiyosiy baholash mezonlarini ishlab chiqish.

Dasturlashtirish masalalarida biron bir tashkilot yoki muassasalarning ma‘lumotlar bazasini hosil qilish va ma‘lumotlar bazasi tarkibidagi ma‘lumotlarni qayta ishlashga to’g‘ri keladi. Ma‘lumotlar bazasini hosil qilishda bitta ob‘yekt uchun bir nechta parametrlar saqlanadi, bunday holatlar uchun bitta ob‘yekt uchun bir nechta parametrlarni birlashtirilish kerak bo’ladi. Ma‘lumotlar bazasini hosil qilish uchun dasturlash tillaridan qulay bo’lgan dasturiy ta‘minotlar ham ko’p, lekin ba‘zi hollarda dasturlash tillari ham keng qo’llaniladi. Ma‘lumotlar bazasini yaratish jarayoni dasturlash tillari tarkibida keng imkoniyatlari mavjud. C++ dasturlash tilida bir nechta turlarni birlashtirib yangi tur hosil qilish jarayoni strukturalar yaratish deb ataladi. C++ dasturlash tilida ma‘lumotlar bazasini hosil qilish uchun strukturalardan foydalaniladi. Struktura tarkibida bitta turga bir nechta turlar birlashadi. Masalan talaba haqida ma‘lumotlar bazasi hosil qilishda talaba deb nomlangan struktura tarkibida talaba familyasi, ismi, reytingi, tug‘ilgan vaqti kabi parametrlari saqlanish kerak. Demak, har bir talaba uchun yuqoridagi barcha parametrlar inobatga olinishi kerak bo’ladi. Struktura tarkibida bitta o’zgaruvchini bir nechta qiymatlari bo’lishi mumkin. Bir nechta talabalar haqida ma‘lumotlarni qayta ishlash davrida bitta talaba uchun bir nechta parametrlar mavjud, bunday holatlarni hal etish uchun strukturalardan foydalaniladi.



Download 235.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling