Nazorat uchun savollar:
Eng kichik bo‘g‘inlar nechta tovushdan iborat?
Ikkita tovushdan iborat bo‘g‘inlar haqida aytib bering.
Uchta tovushdan tashkil topgan bo‘g‘inlar haqida bayon qiling.
To‘rtta tovushni o‘z ichiga olgan bo‘g‘inlar haqida gapirib bering.
Hozirgi zamon xitoy tilida nechta bo‘g‘in mavjud?
Xitoy tilida unli fonemalarni aniqlash metodikasi haqida bayon qiling.
Xitoy tilida unli fonemalarni aniqlashda qanday usul bor?
Unli fonemalar qanday belgilarga ega?
Undosh fonemalar qanday belgilarga ega?
O‘tuvchi yarim unli fonemalar haqida gapirib bering.
Bo‘g‘in oxiri undoshlar va yarim unli fonemalar haqida aytib bering.
Bo‘g‘in boshi undosh fonemalar haqida bayon qiling.
Adabiyotlar:
卢福波 著 对外汉语教学实用语法。2012年
Mavlyanova У. Xitoy filologiyasiga kirish. U –Toshkent:ToshDSHI,2009
Пособие по иероглифике к учебнику Практический курс китайского языка (в двух частях). Кондрашевский А.Ф. – Москва: Издательство Муравей, 2000.
7-seminar mashg‘uloti: Konversiya orqali hosil bo‘lgan yasalishlar
Xitoy tilida konversiya deb nomlanuvchi so‘z yasalish turi keng tarqalgan. Yangi so‘z bir so‘z turkumidan ikkinchi so‘z turkumiga o‘tish yo‘li bilan hosil bo‘ladi.
Misol tariqasida rus tilidagi “pech” (rus uylarida ovqat va non pishiradigan tandir sifat qurilma) – otni va “pech” (yopmoq, pishirmoq /nonni/) – fe’lni keltirish mumkin. Shu kabi so‘zlar o‘zlarining lug‘aviy dastlabki (ya’ni “nolinchi”) shakllarida o‘xshash bo‘lib, boshqa grammatik shakllarda farq qiladi. Masalan, “pech” ot sifatida son va kelishiklar bo‘yicha: “pech – pechi, pechey, na pechi “, “pech” fe’li zamon va shaxs bo‘yicha: “peku, pechyosh, pekla, pekli” kabi o‘zgarishlarni kuzatishimiz mumkin.
Xitoy tili uchun konversiya orqali ko‘pgina fe’llar, fe’ldan yasalgan (harakat) nomlar hosil bo‘lishi xos hodisa. Hosil bo‘lgan shakllar lug‘atdagi dastlabki shakl bo‘yicha bir xil bo‘lib, grammatik funksiyalari bo‘yicha bir biridan anchagina farqlanadi.
Qiyoslaymiz: 讨论 taolun «muhokama qilmoq» va 讨论 taolun «muhokama qilish», 发音fayin «talaffuz qilmoq» va 发音 fayin «talaffuz qilish» va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |