2-kurs talabasi Aripova Nargizaning Iqtisodiyot nazariyasi fanidan


Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish


Download 44.87 Kb.
bet3/8
Sana05.04.2023
Hajmi44.87 Kb.
#1275200
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINI INNOVATSION RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI

Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish
Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi subyektlar uchun zarur huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlar yaratish, innovatsion loyihalar hamda yangi ishlanmalarni moliyalashtirish maqsadida amalga oshiriladi.
Davlat innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlashni quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiradi:

    • Innovatsion rivojlantirish strategiyalarini qabul qilish va amalga oshirish;

    • Innovatsion faoliyat sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;

    • Innovatsion faoliyat subyektlariga soliq, bojxona imtiyozlari va preferensiyalar berish;

    • O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan innovatsiyalarni yaratishga oid davlat buyurtmasini bajarish;

    • Innovatsion faoliyatni moliyalashtirishga xo‘jalik yurituvchi subyektlar mablag‘larini jalb qilish uchun shart-sharoit yaratish;

    • Ilm-fan yutuqlariga asoslangan mahsulotning va ilg‘or texnologiyalarning kafolatlangan tarzda tatbiq etilishini ta’minlash maqsadida ularning davlat xaridlarini tashkil etish;

    • Innovatsion faoliyat sohasida kadrlarni tayyorlashga, qayta tayyorlashga va ularning malakasini oshirishga ko‘maklashish.

Innovatsion rivojlantirish strategiyalari
Innovatsion rivojlantirish strategiyalari dunyo ilm-fanining zamonaviy yutuqlari, innovatsion ishlanmalar va texnologiyalar asosida inson kapitalini, mamlakatni jadal rivojlantirish, innovatsion faoliyat sohasida yagona davlat siyosatini olib borish maqsadida ishlab chiqiladi hamda amalga oshiriladi.
Innovatsion rivojlantirish strategiyalari o‘rta muddatli va uzoq muddatli davrlar uchun qabul qilinishi mumkin.
Innovatsion rivojlantirish strategiyalari davlat va jamiyat oldida turgan kompleks maqsad va vazifalarni, tegishli davrga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlarni, shuningdek ularni amalga oshirish bo‘yicha harakatlar rejalarini belgilaydi.
Innovatsion rivojlantirish strategiyalarining loyihalari vakolatli davlat organi tomonidan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining, ilmiy tashkilotlarning, tadbirkorlik subyektlarining, nodavlat notijorat tashkilotlari va ekspertlarning takliflari asosida ishlab chiqiladi.

Download 44.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling