2-kurs talabasi Aripova Nargizaning Iqtisodiyot nazariyasi fanidan


Innovatsion faoliyat sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ko‘maklashish


Download 44.87 Kb.
bet5/8
Sana05.04.2023
Hajmi44.87 Kb.
#1275200
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINI INNOVATSION RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI

Innovatsion faoliyat sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ko‘maklashish
Davlat innovatsion faoliyat sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishga hamda amalga oshirishga:

  • innovatsion faoliyat sohasida kadrlarni tayyorlashga doir davlat buyurtmalarini shakllantirish;

  • innovatsion faoliyat sohasida kadrlarni tayyorlashga, qayta tayyorlashga hamda ularning malakasini oshirishga doir davlat talablari va standartlarini ishlab chiqish;

  • innovatsion faoliyat sohasida kadrlarni tayyorlashni, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi nodavlat ta’lim tashkilotlari, kasb-hunar ta’limi markazlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;

  • ilm-fan va texnika yutuqlarini targ‘ib qilish;

  • yoshlarning texnik ijodkorligini qo‘llab-quvvatlash va ularni kasb-hunarga yo‘naltirish orqali ko‘maklashadi.

Davlat innovatsion tadbirkorlik sohasida kadrlarni tayyorlashga ixtisoslashgan davlat ta’lim tashkilotlari faoliyatiga moliyaviy yordam ko‘rsatadi.
Umumiy qoidalar
Ilm-fan va texnika yutuqlarini keng qo‘llagan holda iqtisodiyot tarmoqlariga, ijtimoiy va boshqa sohalarga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni tezkor joriy etish O‘zbekiston Respublikasi jadal rivojlanishining muhim shartidir.
Jamiyat va davlat hayotining barcha sohalari shiddat bilan rivojlanayotgani islohotlarni mamlakatimizning jahon sivilizatsiyasi yetakchilari qatoriga kirish yo‘lida tez va sifatli ilgarilashini ta’minlaydigan zamonaviy innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarga asoslangan holda amalga oshirishni taqozo etadi.
Shu bilan birga, o‘tkazilgan tahlil ishlab chiqarishni modernizatsiya, diversifikatsiya qilish, uning hajmini oshirish hamda ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar turlarini kengaytirish borasidagi ishlar lozim darajada olib borilmayotganini ko‘rsatdi. Jumladan:

  • aholining oliy ta’lim bilan qamrab olinganlik darajasi past;

  • oliy ta’lim muassasalari o‘quv rejalari va dasturlarini, talabalarni qabul qilish kvotasi miqdorini belgilashda, moliyaviy mablag‘larni taqsimlashda mustaqil emas;

  • ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun mas’ul vazirlik va idoralar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik lozim darajada emas, ilmiy-tadqiqot muassasalar va laboratoriyalar faoliyati lozim darajada muvofiqlashtirilmagan;

  • ilmiy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish darajasi past;

  • innovatsion menejment sohasida texnologiyalar transferini faol ilgari surish va amalga oshirishga qodir yuqori malakali mutaxassislar mavjud emas;

  • ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga ajratilayotgan budjet mablag‘lari yetarli emas;

  • ilmiy va innovatsion faoliyatni davlat tomonidan moliyalashtirish samarali va shaffof emas, budjetdan tashqari va xususiy jamg‘armalar mablag‘larini jalb etishni rag‘batlantirish mexanizmlari mavjud emas, qarzni moliyalashtirishning ichki manbalari yetarli darajada rivojlanmagan;

  • intellektual faoliyat natijalarini himoya qilish lozim darajada emas, ushbu sohada, ayniqsa davlat organlari va tashkilotlarida malakali mutaxassislar mavjud emas;

  • qayta tiklanuvchi va muqobil energiya manbalari, ikkilamchi resurslarni energetik utilizatsiya qilish sohalarida innovatsion texnologiyalarni joriy etish darajasi past;

  • mamlakatda, ayniqsa davlat kompaniyalarida korporativ munosabatlar va korporativ boshqaruv prinsiplari rivojlanmagan, bunda xorijdagi eng namunali amaliyot inobatga olinmayapti;

  • mamlakatning yalpi ichki mahsuloti hajmida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sektorining ulushi kam.

Qayd etilgan kamchiliklar mamlakatimizning jadal innovatsion rivojlanishiga, investitsiyalarni jalb etishga, iqtisodiyotning o‘sishiga hamda davlat va jamiyat hayotining boshqa sohalarini rivojlantirishga to‘sqinlik qilmoqda.

Download 44.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling