2-Laboratariya mashg’uloti Mavzu: Dars tahlili va uning strukturasini ishlab chiqish
Download 151 Kb.
|
2-тажриба машғулоти Дарс тахлили
2-Laboratariya mashg’ulotiMavzu: Dars tahlili va uning strukturasini ishlab chiqishIshning maqsadi: Talabalarda ma’ruzada olingan bilimlarni mustahkamlash. Dars tahlili, uning turlari bilan tanishish va uning strukturasini ishlab chiqish ko’nikmasini hosil qilish. Kutilayotgan natija: Dars tahlili, uning turlari, maqsadi bo’yicha ma’lumot oladi. Dars tahlil qilish bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’ladi. Kerakli jihozlar: Kompyuter, proyektor, darslik, ko’rgazmali materiallar, tarqatma materiallari, topshiriqlar. Topshiriqlar: Maktabda dars kuzatish va tahlil qilishning o`quv jarayonidagi o`rni, ahamiyati va uning tiplari. Informatika darslarini kuzatishdan ko`zlangan maqsadlar. Ochiq, ko`rgazmali, namunaviy, hisobot darslari va ularga qo`yilgan talablar asosida darsni tahlil qilish. Darsni baholash mezonlari asosida Informatika va axborot texnologiyalari darsini kuzatish va uni didaktik (ta’limiy) va uslubiy tahlil qilish. NAZARIY QISM Umumiy o`rta ta’lim maktablarida Informatika darslarini kuzatish. O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi Qonunida yuqori malakali, erkin va mustaqil fikrlaydigan, chuqur nazariy va amaliy tayyorgarlikka ega bo`lgan, olgan bilim va ko`nikmalarini amaliyotda qo`llay oladigan, jahon andozalariga mos mutaxassislarni tayyorlash vazifalari belgilab berilgan. Ushbu vazifalarni amalga oshirish va bu boradagi qator muammolarni hal etishda umumiy o`rta ta’lim maktablari o`qituvchilarning ilmiy-pedagogik salohiyati muhim ahamiyatga ega. O`qituvchi tomonidan olib borilayotgan mashg`ulotlar mazmuni yuqori saviyada bo`lishi, fan bo`yicha belgilangan Davlat ta’lim standartlari va tegishli fan dasturlariga mos kelishi shart. O`qituvchining har bir darsi o`quvchilarda shakllanayotgan bilim va ko`nikmalar qamrovini bosqichma-bosqich kengayishiga xizmat qilishi, ularning mazkur fanga bo`lgan qiziqishlarini yanada ortishiga xizmat qilishi zarur. Pedagogik faoliyatda amalga oshirilgan ko`p yillik ish tajribalari va kuzatishlar o`qituvchi hamisha o`z ustida ishlashi, bilim, ko`nikma va malakalarini takomillashtirib borishi kerakligini ko`rsatmoqda. O`qituvchi pedagogic mahoratining kundan kunga o`sib borishi, yangi pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini o`quv jarayonida qo`llay olishi muhim ahamiyat kasb etadi. Darsni turli shakllarda o`tish mumkin, ammo o`quvchilarning bilim va ko`nikmalarini shakllantirish uchun ayrim talablarga rioya etish maqsadga muvofiq. Ular quyidagilar: - o`qituvchi darsning mavzusi va maqsadini aniq belgilashi shart; - har bir dars ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifasiga ega bo`lishi kerak; - dars jarayonida o`quvchilarning yakka holda, guruh va jamoa bo`lib ishlashlari talab etiladi; - dars o`quvchilarning tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda o`qituvchi tomonidan maqsadga yo`naltirilgan bo`lishi; - o`qituvchi o`tiladigan mavzuni dars davomida o`quvchilar tomonidan to`liq o`zlashtirib olishlarini ta’minlaydi; - darsda sanitariya-gigiena talablariga rioya qilinadi. O`qituvchi faoliyatining qanchalik samarali ekanligi va pedagogik mahoratini uning o`tayotgan darslarini kuzatish va tahlil qilish orqali bilish mumkin. O`qituvchining darsini kuzatish va tahlil etishi mo`ljallangan bo`lsa, o`qituvchilik kasbi odobiga ko`ra uni darsga kirish oldidan ogohlantirish lozim. Darsni kuzatishda bir kishi, agar imkoniyat bo`lsa, 2-3 kishi bo`lib dars kuzatilsa, maqsadga muvofiq bo`ladi. Bu o`z navbatida, har xil anglashilmovchiliklar va psixologik to`siqlarning oldini olishga yordam beradi. Kuzatuvchilar birgalikda darsga kirib kelib, orqa o`rindiqlarni egallashgandan so`ng dars boshlanadi. O`qituvchi darsga kirganda qo`li (yoki o`quv xonasi)da guruh jurnali, o`quv dasturi, kalendar-mavzu rejasi, dars ishlanmasi (konspekti) bo`lishi kerak. Dars uchun kerakli jihozlar va ko`rgazmali qurollar oldindan tayyorlab qo`yilgan bo`lishi lozim. Dars boshlangandan so`ng hech kimning ushbu jarayonga xalaqit berishiga yo`l qo`yilmaydi. Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman, shahar mudirlari, o`rinbosarlari, metodistlari tomonidan haftasiga kamida 2 soat, ta’lim muassasalari direktorlari, ularning o`rinbosarlari tomonidan 4 soat, fan metodbirlashma rahbarlari tomonidan 2 soat, o`qituvchilar tomonidan 1 soat o`qituvchilar darslarining kuzatilishi va tahlil qilinishi talab etiladi. Download 151 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling