Darsni kuzatish va tahlil qilish tartibi


Download 0.56 Mb.
Sana21.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1369657
Bog'liq
47918 DARSNI KUZATISH2



DARSNI KUZATISH VA TAHLIL QILISH TARTIBI
Pedagogik amaliyot jarayonida amaliyotchilarning egallashlari lozim bo‘lgan asosiy ko‘nikmalaridan biri bu dars tahlilidir. Bu faoliyat turi amaliyotchining o‘z mashg‘ulotlarini tashkil etishiga yo‘llanma sifatida xizmat qiladi.Darsni kuzatish bir qancha maqsadlarga qaratilgan bo‘ladi. Amaliyotchi talabalar mashg‘ulot o‘tish bo‘yicha tajriba orttirish, dars o‘tish va darsni tahlil qilish sirlarini egallash maqsadida darslarni kuzatishlari lozim.
Shuning uchun ham amaliyotchi talabalar o‘z ixtisoslik fani o‘qituvchisining darsini kuzatish bilan bir qatorda, maktabdagi eng yaxshi dars o‘tadigan mahoratli, tajribali o‘qituvchilarning darslarini kuzatishga kirishlari tavsiya etiladi. Bunda talaba butun e’tiborini o‘qituvchining dars davomidagi faoliyatiga qaratib, har bir holatni, detalni ilg‘ab olishga va uni yozib borishga harakat qilishi kerak.
Amaliyot davrida talabalar tomonidan dars kuzatish va tahlil qilishda quyidagi tavsiyalarga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq:
Darsning tashkil etilish sanasi va uning o‘quv rejaga mosligi.
Dars mavzusi va darsda o‘quvchilarga beriladigan o‘quv materiali.
Darsning maqsadi.
Dars bosqichlari va ularning davomiyligi:
a) tashkiliy bosqich;
b) uy vazifalarini tekshirish;
v) yangi mavzuni bayon qilish, namoyish etish;
g) yangi mavzuni mustahkamlash;
d) o‘quvchilarning yangi mavzuni puxta o‘zlashtirishlarini mashq qilish;
e) dars yakuni, o‘quvchilarni baholash;
j) uy vazifasini tushuntirish.
5. Darsning umumiy muhitini baholash.

Pedagogik amaliyotning tashkil etilganligi va o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hisobot tayyorlash tartibi
1. Amaliyot olib borilgan ta’lim muassasasining nomi


2. Pedagogik amaliyot muddati
3. Amaliyotchi talaba tomonidan darsdan tashqari o‘tkazilgan mashg‘ulotlarning soni, tadbirlarni tashkil etishda maqsadga erishganlik darajasi
4. Sinf(guruh) rahbarining hamkorligi yoki mustaqil ravishda o‘quvchilar bilan olib borilgan tarbiyaviy ishlar
5. Darslarni kuzatish natijasi va tahlili
6. Sinf(guruh) jamoasi va jamoa a’zolari shaxsini o‘rganishda o‘zlashtirilgan yangi bilim, ko‘nikmalar
7. Amaliyotchi talaba tomonidan o‘rganilgan hujjatlar
8. Talabaning pedagogik amaliyot dasturi, institut va amaliyot bazasi bo‘lgan ta’lim muassasasining pedagogik jamoasi tomonidan olib boriladigan rahbarlikni takomillashtirish yuzasidan shaxsiy fikr-mulohazalari
9. Hisobot tayyorlangan sana.

Yuqoridagi rasmda dars mashgʻulotini yozma shaklda daftarga yozdim.
8 sinf darsini kuzatar ekanman oʻquvchilar oʻrtasida eng muhimi raqobatni yuzaga keltirish kerakligiga ishonch hosil qildim.
Zeroki raqobat bor joyda oʻsish boʻladi .
Hozir yoshlar fan texnika yutuqlaridan foydalangan holda har bir dars mashgʻulotlarida kompyuter yoki boʻlmasa elektron doska bilan ishlash imkoniyatiga egalar.Har bir fan uchun kerakli jihozlar yetarlicha.Bugungi kunda yurtboshimiz tomonidan taʼlimga etibor shu darajaga keldiki faqat har bir maktab,har bir oʻqituvchi,har bir oʻquvchi chetda qolgan emas.
Zeroki bizga shunchalik sharoit yaratilgan ekan,biz bu ishlar samarasiz ketmayotganini isbotlash uchun,yurtimiz sharafini dunyo maydonida bor kuchimiz bilan yuksaklarga koʻtarishimiz kerak.
Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling