2-Laboratoriya: Gorizontal tindirgichlarning texnologik ko`rsatgichlarini topish. Ishning maqsadi


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana12.02.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1191290
  1   2   3
Bog'liq
2- Лабаратория 2022



2-Laboratoriya: Gorizontal tindirgichlarning texnologik ko`rsatgichlarini 
topish. 
 
Ishning maqsadi: Gorizontal tindirgichlarning texnologik ko`rsatgichlarini 
topishni aniqlashni o‘rganish. 
Ishni o‘tkazish uchun kerakli asbob-uskunalar, jihozlar va ko‘rgazmali 
qurollar: 
Tindirgichlarning vazifasi va tasnifi 
Tindirgichlarning vazifasi. Daryodan suv irrigatsiya, suv ta’minoti va 
gidroenergetika ehtiyojlari uchun olinganda tindirgichlar o'matiladi. Irrigatsiya 
tindiigichlari bosh va taqsimlash kanallarini loyqa bosishini oldini oladi, energetika 
tindiigichlari esa gidraviik turbinalar parraklarini suvdagi yirik fraksiyali 
cho'kindilar bilan ishqalanib yedirib yuborishdan saqlaydi. Tindirgichlarda 
shuningdek, muz parchalari kanalga o'tib ketmasligi uchun ushlab qolinadi. 
Kanallar oldida ushlab qolinadigan cho'kindilar hajmi, ularning tarkibi
kanallarning, gidromashinalarning tavsifi va boshqa sharoitlar cho‘kindilarga 
qarshi kurash strategiyasini aniqlab beradi. Odatda yirik cho'kindilar gidrouzel 
pastki bef
*
iga chiqarib tashlanadi. 
*
Suv o'tkazgich devorigacha bo'lgan soha – yuqori bef (YuB), devordan 
keyingi soha – pastki bef (PB) deb ataladi. 
Ammo bir yeiga to'plangan zararli cho'kindilaming hamma fraksiyalarini 
chiqarib tashlash ko'p hollarda maqsadga muvoflq bo'lmaydi. Cho'kindilar to'liq 
tozalanganda kanallar yuvilishi mumkin, ya’ni kanallar deformatsiyalanadi va 
cho'kindilar bilan suv ikkinchi marta to'yinadi, bu esa maqbul bo'lmagan 
jarayondir. 
Cho'kindilarni ortiqcha tindirish ham zarar keltirishi mumkin: kanal tubini 
quyosh nuri qizdiradi, suv o'simliklari o'sadi va kanalning suv o'tkazish qobiliyati 
kamayadi. Tog' daryolarida, katta suv omborlarida ortiqcha tindirilgan suv, 
sug'orish maydonlarida tuproqning eroziyasini keltirib chiqarishi mumkin. 
Daryoning suv olish inshooti yaqin yerida joylashgan tindirgichlar bosh 
tindirgichlar, suv olish joyidan uzoqda bosh kanalda hamda taqsimlovchi 
kanallardagisi esa ichki tizimdagi tindirgichlar deb ataladi (2.1-rasm). Ulami 
to'g'onsiz va to'g'onli suv olishda qo'llaniladi.



Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling