2-laboratoriya ishi (4 soat) yo‘llardagi avtomobillar tezligini aniqlash ishning maqsadi
Avtomobillarning harakat tezligini aniqlash
Download 0.85 Mb.
|
1 2
Bog'liq2-laboratoriya ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sekundomer yordamida harakat tezligini o‘lchash xatoligi 5% tashkil etadi.
- Tezlik km/s Chastota, n i
Avtomobillarning harakat tezligini aniqlash
O‘lchash kuni__________ Ko‘chaning nomi______________________________ Yo‘l qatnov qismining kengligi________m, qoplamaning turi____________ Ob-havo sharoitlari__________________ O‘lchash masofasi ______________ 1-jadval
Sekundomer yordamida harakat tezligini o‘lchash xatoligi 5% tashkil etadi. Kuzatuvchilar qatnov qismidan 10-15 metr uzoqda iloji boricha balandroq sharoitda turadilar. Kuzatuvchi daqiqa o‘lchamini avtomobil o‘lchov masofasida chiqishda oshiradi. Tezliklar uchun o‘lchov avtomobilning ish yuzasidan olinadi. Tezlikni o‘lchashdan olingan qiymatlar matematik statistik usuli yordamida katta ishlanadi (2.3-rasm). Statistik taxminining 1-bosqichida bir-birini eng yaqin qiymatlarni turkumlarga birlashtirishdan iboratdir. Zichlik quyidagi ifoda orqali hisoblanadi: Jamlangan zichlikni quyidagi ifoda orqali hisoblaymiz: 2-jadval
Kuzatish natijalarini statistik usul yordamida qayta ishlanadi. Jadval ma’lumotlaridan foydalanib, zichlik egri chizig‘i (2.3-rasm) va jamlangan zichlik egriligi (2.4-rasm) chiziladi. 2.3-rasm. Zichlik egri chizig‘i 2.4-rasm. Jamlangan zichlik egriligi Tahlillar natijasida harakat tezligini ta’minlanganlik ko‘rsatkichlari aniqlanadi. 15 % ta’minlanganlikdagi avtomobillarning tezlik qiymatidan, qolgan 85 % avtomobillar tezligi yuqoriligini grafikdan ko‘rish mumkin. Bu 15 % avtomobillar asosan yo‘l-transport hodisalarini keltirib chiqaruvchi manbaa bo‘lib, bu tezlikni eng kam yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan tezlik deb qabul qilmoq maqsadga muvofiqdir. 50 % ta’minlanganlikdagi tezlik qiymati oqimdagi hamma avtomobillarning o‘rtacha qiymatini ko‘rsatadi. 85 % ta’minlanganlikdagi tezlik qiymatini tezlik qiymatini eng yuqori yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan tezlik deb qabul qilinadi. Asosan bu harakat tezligini hisobga olib tezlikni chegaralovchi yo‘l belgilari o‘rnatiladi. 95 % ta’minlanganlikdagi tezlik qiymati hisoblangan harakat tezligiga teng bo‘lib, alohida avtomobillarning eng yuqori tezligini ko‘rsatadi. Qiyin relef sharoitida, yangi yo‘llarni loyihalaganda, tezlikning bu kattaligi hisoblangan tezlikka teng bo‘lishi mumkin, sababi, u ko‘pchilik haydovchilarga harakat хavfsizligini ta’minlashga kafolat beradi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling