2 laboratoriya ishi Ampermetr va voltmetr yordamida rezistorlarning noma’lum qarshiliklarini aniqlash Kerakli asbob va jihozlar
Download 242 Kb.
|
2-laboratoriya-ampermetr-va-voltmetr-yordamida-rezistorlarning-nomalum-qarshiliklarini-aniqlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy formula
- Mustahkamlash savollari
- Mustaqil bajarish uchun topshiriq - 2 (1)
- Mustaqil bajarish uchun topshiriq - 2 (2)
- Mustaqil bajarish uchun topshiriq - 2 (3)
- Topshiriqni bajarish namunasi
2 – mashq Agar zanjirdagi o’lchov asboblari ya’ni ampermetr va voltmetrlarning ichki qarshiliklari hisobga olinsa, ya’ni voltmetrdan o’tadigan tokni hisobga olmaslik mumkin bo’lmasa 1-mashqda foydalanilgan formula boshqacha ko’rinishni oladi. Voltmetrdagi tokni voltmetr qarshiligini bilgan holda aniqlash mumkin. Kirxgofning birinchi qoidasiga asosan tugunda tarmoqlangan I tok kuchi uchun quyidagi tenglamani yozamiz: (3) RX rezistor bilan V voltmetrning o’zaro parallel ulanganligi uchun ulardagi potensial tushuvlari teng bo’ladi.
1-mashqda olingan natijalar bo’yicha RX ni (12) formula orqali hisoblang. ni toping. Sizningcha qaysi formula bo’yicha hisob ishlarini amalga oshirganda RX qarshilik kamroq xatolik bilan, ya’ni aniqroq o’lchanishi mumkin. Xulosa chiqaring. Mustahkamlash savollari: Elektr sxemalarda rezistorlar quvvatiga qarab qanday belgilanadi? Solishtirma qarshilik deb nimaga aytiladi? Solishtirma qarshilikning birligi qanday? Zanjirning bir qismiga oid Om qonunining differensial va integral shakllarini aytib bering. 5. Yuqorida berilgan zanjirda reostat qanday vazifani bajaradi? Agar uni olib tashlasak zanjirda qanday o’zgarish ro’y beradi? Mustaqil bajarish uchun topshiriq - 2 (1): Zanjirning barcha tarmoqlaridagi tok kuchlari, kuchlanishlar va to’la qarshilik aniqlansin. Quvvatlar balansi tuzilsin.
Mustaqil bajarish uchun topshiriq - 2 (2): Zanjirning barcha tarmoqlaridagi tok kuchlari, kuchlanishlar va to’la qarshilik aniqlansin. Quvvatlar balansi tuzilsin.
Mustaqil bajarish uchun topshiriq - 2 (3): Zanjirning barcha tarmoqlaridagi tok kuchlari, kuchlanishlar va to’la qarshilik aniqlansin. Quvvatlar balansi tuzilsin.
Topshiriqni bajarish namunasi: 0 variantni ajratib yozib olamiz va 11-rasmdagi sxema bilan ishlaymiz.
Topshiriqni quyidagi tartibda bajaramiz. Eng avvalo zanjirning umumiy qarshiligini aniqlaymiz. Sxemadan ko’rinadiki, R1 va R2 qarshiliklar ketma-ket ulangan, ularning umumiysi: R1-2 = R1 + R2 (1) R1-2 = 20 + 10 = 30 Ω R12 ga R3 parallel ulangan: 1/R1-3 = 1/R1-2+ 1/R3 (2) 1/R1-3=1/30+ 1/20 =1/12; R1-3= 12 Ω R1-3 va R4 qarshiliklar ketma-ket ulangan R1-4 = R1-3 + R4 (3) R1-4 = 12 + 18 = 30 Ω R5 va R6 qarshiliklar ketma-ket ulangan, ularning umumiysi: R5-6 = R5 + R6 (4) R5-6 = 50 + 70 = 120 Ω R5-6 ga R7 parallel ulangan: 1/R5-7 = 1/R5-6+ 1/R7 (5) 1/R5-7=1/120 + 1/40 = 1/30; R5-7= 30 Ω R5-7 ga R1-4 parallel ulangan: 1/Rumum = 1/R5-7+ 1/R1-4 (6) 1/Rumum = 1/30+ 1/30 = 2/30; Rumum = 15 Ω Zanjirdagi har bir qarshilik (rezistor) ning kuchlanishi, undan o’tayotgan tok kuchi va unda ajraladigan quvvatlarni aniqlaymiz. Ishni variantdagi yordamchi ma’lumot berilgan qarshilikdan boshlaymiz, ya’ni P7=22,5 W.
Adabiyotlar. J. A. Toshxonova, J.Kamolov. Fizikadan praktikum. Elektr va magnetizm. O‘quv qo‘llanma- Toshkent: 2006 y. S. Tursunov S. “Elektr va magnetizm”, 1996 y. И. В. Савельев “Умумий физика курси”, 2-том, 1985y. A. Ahmadjonov «Fizika kursi, Optika, atom va yadro fizikasi» T. 1983y. Download 242 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling