2-laboratoriya ishi difmanometrli sarf o‘lchagich ishdan maqsad


Download 18.17 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi18.17 Kb.
#1468919
Bog'liq
2-lab


2-LABORATORIYA ISHI
DIFMANOMETRLI SARF O‘LCHAGICH
Ishdan maqsad
Sarf o‘lchagichdagi tipik zvenolarda boradigan qonuniyatlarni tushunib olish, strukturasini soddalashtirishni misollarda ko‘rish, o‘lchash asbobini xususiyatlarini mashinali eksperiment yordamida o‘rganish.
Asosiy qism
Modda sarfini o‘lchash va miqdorini hisoblash metodlari ko‘p va xilma-xildir. Ularni birinchi navbatda obyektning turlariga qarab xarakterlash mumkin: 1) truba orqali o‘tadigan suyuqlik va gazsimon moddalar miqdorini o‘lchash metodlari; 2) sochiluvchan moddalar sarfini o‘lchash metodlari; 3) sanaladigan qattiq jismlar va narsalarni xisoblash metodlari.
Truba orqali o‘tadigan suyuqlik va gazsimon moddalarni o‘lchash va hisoblash ikki xil texnik qurilma yordamida bajariladi: 1) sarf o‘lchagichlar —vaqt birligi ichida quvurdan o‘tadigan modda hajmini yoki massasini o‘lchaydi, o‘lchov birligi hajm bo‘yicha — м3 /с; massa bo‘yicha—кг/с; 2) schyotchiklar—vaqt (t1 – t2) oralig‘ida o‘tayotgan materiallarining uzunligini, moddaning hajmi yoki massasini o‘lchaydi.
Ishlab chiqarishda sarf o‘lchagichlarning quyidagi turlaridan foydalaniladi:
1 . Bosim farqlari o‘zgarishiga asoslangan sarf o‘lchagichlar;
2. Bosim farqlari o‘zgarmas sarf o‘lchagichlar;
3. Satx o‘zgarishiga asoslangan sarf o‘lchagichlar;
4. Induksion sarf o‘lchagichlar.
Modda sarfi q bilan bosimlar farqi Р1 = Р1' - Р2' orasidagi bog‘lanish juda murakkab bo‘lgani sababli, uning to‘liq matematik ifodasini topib bo‘lmaydi.
Difmanometrli sarf o‘lchagich. Trubadagi suyuq modda oqimining sarfini bosim tushishi bo‘yicha o‘lchaydigan asboblar komplekti oqimni toraytiradigan qurilma (diafragma, soplo va Venturi soplosi) va sarfi bo‘yicha darajalangan differensial manometrdan iborat bo‘ladi.
Sarfni o‘lchash uchun qo‘llaniladigan difmanometrning prinsipial sxemasi 1-rasmda ko‘rsatilgan.
Sarfi o‘lchanadigan suyuqlik truba 1 dan o‘tganda diafragma 2 oqimni toraytiradi, natijada bosim Р2 bosim Р1 ga qaraganda kamayadi va bosimlar faqi Р = Р1 – Р2 hosil bo‘ladi.
Bosimlar farqi Р ta’sirida prizma 4 da o‘rnatilgan simobli U cimon manometr 3 bir tomonga (chapga) og‘adi. Bu og‘ish burchagiga muvofiq induksion sezgich 5 dan chiquvchi kuchlanish o‘zgaradi. Kuchlanishni og‘ishi elektron kuchaytirgich 7 da kuchaytirilib ijro etuvchi element servomotorni boshqaruvchi o‘rami 8 ga ta’sir qiladi va motor kulachok 9 ni burib, richag 10 ni yuqoriga ko‘taradi. U bilan bog‘langan prujina 6 taranglanib U simon naychani tik holatga qaytaradi. Motor aylanishi bilan burilgan strelka bosimlar farqiga Р ga muvofiq vujudga kelgan sarfni ko‘rsatib turadi.
Ishni bajarish tartibi
S truktur sxemasini ko‘raylik:

2- rasm. Sarf o‘lchagichning struktura sxemasi



1,4,5- kuchaytirish zvenolari; 3- integralash zvenosi; 2- solishtirish elementi.
Chap tirsakdagi N1 kuch cuyuqlikni surib, o‘ng tirsakda hosil bo‘ladigan gidrostatik kuch bilan solishtirib turadi, toki ular bir-biriga tenglashguncha, demak ishlash prinsipi difmanometrli sarf o‘lchagichda kuchlarni muvozanatlashishiga asoslanadi.
Suyuqlik manometrini ishlash prinsipini soddaroq quyidagi ko‘rinishda ifodalaymiz. Bu yerda ikkita zanjir ifodalagan, ya’ni:
- to‘g‘ri zanjir, kirish signali Рор , chiqish signali Н;
- teskari zanjir, kirish signali – Н, chiqish signali Nг.
Nazorat savollari

  1. Bosim farqlari o‘zgarmas sarf o‘lchagichlarning ishlash prinsipini tushuntiring.

  2. Satx o‘zgarishiga asoslangan sarf o‘lchagichlar sanoatda qayerlarda qo‘llaniladi

  3. Schyotchiklar qanday sarf turlarini o‘lchashga asoslangan

  4. Sarf o‘lchagichning o‘tish funksiyasini keltirib chiqaring

Download 18.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling