2– Laboratoriya ishi Gips xamirining qоtish muddatini aniqlash
Download 374.39 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asbob-uskunalar
- 1-rasm. Vika qatiqlikni aniqlovchi asbob.
2– Laboratoriya ishi Gips xamirining qоtish muddatini aniqlash. Qotishi. Gidratlanish (qotish) – bu gips bog’lovchi moddalarning suv bilan birikish jarayonidir. Bunda yarim molekulali suvli gips qaytadan kristall xolatdagi ikki suvli gipsga aylanadi: CaSO 4 * 0,5H 2 O + 1,5H 2 O = CaSO 4 + 2H 2 O Natijada xosil bo’lgan ikki suvli gipsni kristallari o’zaro bir-biri bilan chirmashib ketadi, shuni xisobiga uning zichligi ortib boradi. Akademik A.A.Baykovning nazariyasi bo’yicha, gipsning qotishida asosan quyidagi fizik-kimyoviy jarayonlar ro’y beradi. Qotish jarayoni uch davrdan iboratdir: kalsiy sulfatni erishi, yangi kristallarni xosil bo’lishi, kristallarni yiriklanishi. Gips zarrachalari gel deb ataluvchi yelimsimon xolatga aylanadi. Natijada kolloid xolatdagi juda mayda zarrachalardan tashkil topgan gips xamiri xosil bo’ladi va tez sur’atda kristallana boshlaydi. Ikki suvli gips zarrachalaridan o’sayotgan ignasimon kristallar o’zaro zichlashadi va mustaxkam tutashgan kristallga aylanadi. Kolloid eritma xosil bo’lishi va uning kristallanish jarayoni yarim molekula suvli gipsning ikki molekula suvli gipsga to’la aylanishiga qadar davom etadi. Gips bog’lovchi moddani ishlatilishi uni kristallanish tezligiga juda katta bog’liq. Gips bog’lovchi moddani suv birikishi – bu ekzotermik (issiqlik ajralib chiqish) jarayondir. Gips bog’lovchi moddani suv bilan aralashtirilganda (gips suvga aralashtirish davomida sepiladi) oquvchan suyuq xamir xosil bo’ladi, u tez quyuqlasha boshlaydi, lekin xali plastik xolatda bo’ladi – bu gipsni quyuqlanishini boshlanganligini bildiradi; qotishini boshlanishi – bu gips bilan suvni aralashtirgan vaqtdan boshlab Vika asbobining xalqa idishiga solingan gips xamiriga botirilgan Vikani ignasi ostigacha 1 mm yetmay qolgan vaqtgacha davrdir; qotishini tugashi esa Vika asbobining ignasi bor –yo’g’i 1 mm botgandagi davrdir. Asbob-uskunalar: 1. Po’lat ignali siljish qismi 300 ± 2gr teng bo’lgan Vika asbobi. Bu usulning vazifasi, gipsni suv bilan tutish boshlanishini va oxirini aniqlash. Quyuqlanish davrini aniqlashda Vika asbobi qo’llaniladi. Qo’zg’aluvuchan po’lat sterjenь 2 strelka ko’rsatkichi bilan birga tik holda qo’zg’aladi. Shkala ko’rsatkichi 0 mm dan 40 mm gacha temir staninaga mahkamlangan. 1-rasm. Vika qatiqlikni aniqlovchi asbob. 1-temir stanina. 2-qo’zg’aluvchan po’lat sterjenь. 3-qo’shimcha yuk. 4-shkala. 5-siquvchi vint. 7-po’lat igna. 8-halqa. 9-shisha plastinka. Sterjenning pastki qismiga diametri 1,1 mm bo’lgan igna o’rnatilgan. Sinovni bajarishdan oldin Vika asbobini po’lat sterjenining erkin siljishini, sterjendagi strelka ko’rsatkichini 0 dagi holatini tekshirish kerak. Oldindan moy bilan artilgan halqa (8) ni shisha plastinka (9) ga o’rnashtirib, gips hamiri bilan to’ldiriladi. Oshiqcha hamirni pichoq bilan qirqiladi va Vika asbobiga o’rnatiladi. Ignaning uchi gips hamiriga tegib turishi kerak. So’ngra vint (5) bilan sterjen bo’shatiladi va o’z og’irligi bilan gips hamiriga botadi. Bu hol har 30 sekundda takrorlanib turadi. Har bir takrorlanishda igna toza artilib, gips hamirining yangi joyiga tushiriladi. Po’lat ignani gips hamiriga botishi shkala bilan kuzatilib turiladi. Ma’lum vaqt o’tgandan keyin 300 gr og’irlikdagi sterjenning 1sm ostiga yetmay qolganligini ko’riladi. Gips namunani suv bilan qorishtirilgandan to shu vaqtgacha bo’lgan davr gips hamirining quyuqlanish boshlanishi bo’ladi. Quyuqlanish davrining tugashi esa gips namunasini suv bilan qorishtirilgandan to sterjendagi igna gips hamiriga 1 sm botmay qolganda tugallanadi. Quyuqlanish davrining boshlanishi va tugashi daqiqada ko’rsatiladi. Ishlab chiqarishda ko’pincha gipsni quyuqlanish davrini tezlatish va sekin latish uchun Download 374.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling