1 Laboratoriya mashg‘uloti Mavzu: Tog‘ jinslarini hosil qiluvchi minerallar va ularning fizik xususiyatini aniqlash


Download 41.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana17.06.2023
Hajmi41.67 Kb.
#1523446
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1 - Laboratoriya mashg‘uloti (2)



1 - Laboratoriya mashg‘uloti 
Mavzu:Tog‘ jinslarini hosil qiluvchi minerallar va ularning fizik xususiyatini 
aniqlash. 
Ishning mazmuni va maqsadi: Tog‘ jinslarini hosil qiluvchi minerallarni 
o’rganish va ularning fizik hususiyatlarini aniqlash.
Kerakli jihozlar:  Tog‘ jinslarini hosil qiluvchi minerallar majmuasi. 
 
Mavzu bo‘yicha qisqacha nazariy ma’lumot 
Yer tarkibi 47% kremniy oksid, 8% alyuminiy, 5% temir,11% magniy, kalsiy, 
natriy va kaliy yig‘indisidan iborat bo’lib, faqat 3% ni boshqa bizga Mendeleev 
jadvalidan ma‘lum bo‘lgan, qolgan kimyoviy elementlaridan tashkil topadi. Bu 
kimyoviy elementlar tabiiy sharoitda bir-birlari bilan birikib, minerallarni tashkil 
etadi. 
Minerallarni o’rganuvchi fan geologiya fanining bir bo‘limi bo‘lib, mineralogiya 
deb ataladi. 
Mineral degan termin qadimiy «mineral» ya‘ni rudali tosh, rudaning parchasi 
degan so‘zdan kelib chiqqan. 
Mineral deb, fizikaviy xossalari va ximiyaviy tarkibi bir xil bo‘lib, ma‘lum 
bir fizikaviy, ximiyaviy jarayonlar natijasida tabiiy yo‘l bilan hosil bo‘lgan moddaga 
aytiladi. 
Minerallar hosil bo‘lishiga qarab: birlamchi, ikkilamchi, hamda 
«metamorfizm» jarayonida- yangi minerallar hosil bo‘ladi. Magmaning qotishi va 
kristallanish yo‘li bilan hosil bo’lgan minerallar (kvars, dala shpati, oliven va 
boshqalar) birlamchi minerallar deyiladi. 
Birlamchi minerallarning ko‘mir kislotasi, kislorod, harorat, organik 
moddalarning ta‘sirida yemirilish natijasida hosil bo‘ladigan minerallar (talk-
avgitni, zmeevik- olivinni, xlorit- slyudani o‘zgarishidan ) –ikkilamchi minerallar 
deyiladi. 
Yerning ichida yuqori bosim, yuqori xarorat ta‘sirida tog‘ jinslari va 
minerallar o‘zgaradi, buning natijasida yangi minerallar hosil bo‘ladi, bunday 
minerallar metamorfizm jarayoni natijasida hosil bo’ladi. 
Yer sharida hozirgi vaqtda 7000 dan ortiq mineral ma‘lum, ammo bularning 
faqat 50-100 tasi tog‘ jinsini hosil qiluvchi hisoblanadi. 
Minerallarni o‘rganish rentgen, kristallografik, ximiyaviy, fizikaviy, hamda 
qizdirish va boshqa usullar yordamida olib boriladi. 
Bu usullarning hammasi maxsus moslashtirilgan laboratoriyalarda bajariladi. 
Minerallarni ko‘z yordami bilan aniqlashda quyidagi ish asboblari ishlatiladi: 
7 yoki 10 marta kattalashtiriladigan lupa, igna, bolg‘a, qattiqlik shkalasi va pichoq. 
Buning uchun minerallardan namuna olib chetini bolg‘a yordamida sindirilib, yangi 


siniq hosil qilib xususiyatlari topiladi (rangi, qattiqliligi, ulanish tekisligi va aniq 
yuzalari, shaffofligi, yaltirash, sindirish ko‘rsatkichi va boshqalar).

Download 41.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling