1. Minerallarning rangini aniqlash.
Minerallarni qo‘lga olar ekansiz, ularning rangi bir ko’rinishidayoq beixtiyor
diqqatingizni o’ziga jalb etadi. Shuning uchun u minerallarga hos eng muxim
diagnostik belgi hisoblanadi.
Ko‘pincha minerallar nomi rangiga qarab beriladi. (Lazurit, azurit-
fransuzcha «Azur»-lazur; xlorit-grekcha «xloros»-yashil; rubin-lotincha «ruber»-
qizil; radoniy-grekcha «radon»-pushti: gematit-kondek grekcha «gematikos» va
xokazolar). Minerallar rangiga quyidagilar kiradi: rangsizlar- kalsit, tog‘ xrustali,
oq-kvars, albit, gips, kalsit, muskovit, kaolin; pushti rang-ortoklaz; kul rang-
ortoklaz, angidrit; jigar rang- dolomit, pirit. To‘q ranglarga qora-rogovaya obmanka,
avgit, biotit; yashil-zmeevik, olivin, shox aldamchisi, xlorit; qo’ng’ir kul rang-
limonit.
Umuman olganda minerallarning rangi haqidagi masala juda murakkabdir.
Minerallarning rangi ximiyaviy tarkibiga, tarkibdagi ba’zi organik moddalarning
turiga, minerallarning tuzilishiga bog’liq.
1. Minerallarning qattiqligini aniqlash.
Minerallarning qattiqligi deb, ularni tashqi kuchiga, shuningdek
timdalashga qarshiligi tushuniladi. Minerallarning qattiqligi ularni bir-biridan
ajratishda va fizikaviy xossalarini aniqlashda eng muhim belgilaridan biri
hisoblanadi, hamda ularning qanday sharoitda hosil bo’lganligini ko’rsatadi.
Qattiqlik har bir mineral uchun doimiy bo’lmaganligi sababli, ularning nisbiy
qattiqligi, bir mineralni boshqasiga chizib ko‘rish bilan aniqlanadi, birining o’tkir
qirrasi bilan ikkinchisining tekis yuzasi va aksincha ikkinchisining o’tkir qirrasi
bilan birinchi mineralning tekis yuzasi chizib qiriladi. Qaysi mineralda chizilgan iz
qolsa, shu mineral yumshoq, chizgani esa qattiq hisoblanadi.
Minerallarning shu xususiyatini ma‘lum shartli birlikda aniqlash uchun F.
Moos jadvalidan foydalaniladi. Bu jadvalda o’nta mineral bo’lib, tartib nomeriga
ko’ra ularning qattiqligiga 1 dan 10 gacha ortib boradi (1- jadvalda).
Do'stlaringiz bilan baham: |