1 Laboratoriya mashg‘uloti Mavzu: Tog‘ jinslarini hosil qiluvchi minerallar va ularning fizik xususiyatini aniqlash


 Ulanish tekisligi o‘rtacha bo‘lgan minerallar


Download 41.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana17.06.2023
Hajmi41.67 Kb.
#1523446
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 - Laboratoriya mashg‘uloti (2)

3Ulanish tekisligi o‘rtacha bo‘lgan minerallar (masalan, shox aldamchisi, 
dala shpati ) 
4.Ulanish tekisligi nomukammal minerallar (masalan- anortit, sof
oltingugurt, olivin, kassitrit). 
5.Ulanish tekisligi o‘ta nomukammal minerallar (masalan- kvars, 
magnetit, gematit, oltin, platina) 
4.Minerallarning sinishi. 
Mineral urib maydalanganda u qonuniy yo’nalishda bo’lmagan tasodifiy 
yuzalar bo’yicha parchalanishi sinish xossasi deyiladi. Bu xususiyat ulanish 
tekisligi bo’lmagan minerallarga xosdir. Minerallarning bu xossasiga qarab ularning 
qaysi gruppasiga kirishi yoki nomini aniqlashimiz mumkin. Bizga ma’lumki slyuda 
har doim plastinka shaklida sinadi. Har xil minerallar singandan so’ng hosil bo’lgan 
yuzaga qarab bir necha turga ajraladi: 
1. Tekis sinish – bu ulanish tekisligi bo‘lgan minerallarda bo‘ladi (kalsit, slyuda, 
dala shpati.) 


2. Chiganoqsimon sinish–minerallar maydalanganda chig‘anoqqa o‘xshash 
yuzalar hosil bo‘ladi. Bu sinish kvars, xalsedon, opal, magnetit singari 
minerallar uchun xarakterlidir.
3. Zirapchasimon sinish – bunda minerallarning maydalangan yuzasida har -xil 
uzunlikdagi tikanlar uchraydi (asbest, kremen, shox aldamchisi) 
4. Donador sinish – bunday sinishda mineral bo‘lakchasidagi ayrim kristallar 
dona-dona bo’lib ko’rinib turadi (olivin, angidrid, magnetit, anortit) 
5. Kesaksimon sinish – bu gilli minerallarda uchraydi (kaolin). 
5. Minerallarning yaltiroqligini aniqlash. 
Minerallar yuzasining turli darajada nur qaytarish qobiliyatiga yaltiroqlik 
deyiladi. Yaltiroqlik minerallarning rangiga bogliq bo’lmasdan ularning yuzasidan 
qaytgan nurning miqdoriga bogliq bo’ladi. Minerallarning yaltiroqligini quyidagi 
guruhlarga ajratish mumkin: 
1.Metallsimon yaltiroqlik - bu yaltiroqlik odatda tiniq bo’lmagan minerallarda 
uchraydi (markazit, magnetit, molibdenit). 
2.Olmossimon yaltiroqlik-bu tiniq va ishlash qobiliyati kam bo’lgan minerallarga 
xos (olmos, kinovar, sfalerit). 
3.Shishasimon yaltiroqlik-bu asosan juda tiniq minerallarda tarqalgan (kvars, dala 
shpati, olivin, kalsit, dolomit). 
4.Yog’simon yaltiroqlik-bu yaltiroqlik minerallarning yuzasida kichik notekisliklar, 
g’adir-budirliklar paydo bo’lganida hosil bo’ladi, chunki shu yuzaga tushayotgan 
nur qisman har yerga bo’linadi (talk, nefelin). 
5.Sadafdek yaltiroqlik- qat-qat tuzilgan va ulanish tekisligi yaqqol ko’rinib turuvchi 
tiniq minerallar uchun harakterli. Bu yaltiroqlik qatlamlar va ulanish tekisligi orqali 
o’tuvchi nurning qaytarilishi bilan bogliqdir. 
6.Ignasimon yaltiroqlik-tolasimon tuzilgan (asbest, tolali gips-selenit) minerallarga 
xosdir. 
7. Xira yaltiroqlik-ba’zi minerallarda nurni juda yomon o’tkazish xususiyati bor
shuning uchun ularning yuzasi yaltiramaydi. Bularga bo’r, kaolin, har xil oxralar, 
temir gidrooksidning ba’zi turlari kiradi.

Download 41.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling