2– Laboratoriya ishi Gips xamirining qоtish muddatini aniqlash


Download 374.39 Kb.
Pdf ko'rish
Sana27.02.2023
Hajmi374.39 Kb.
#1234270


2– Laboratoriya ishi 
Gips xamirining qоtish muddatini aniqlash. 
Qotishi. Gidratlanish (qotish) – bu gips bog’lovchi moddalarning suv bilan 
birikish jarayonidir. Bunda yarim molekulali suvli gips qaytadan kristall xolatdagi 
ikki suvli gipsga aylanadi: 
CaSO
4
* 0,5H
2
O + 1,5H
2
O = CaSO
4
+ 2H
2

Natijada xosil bo’lgan ikki suvli gipsni kristallari o’zaro bir-biri bilan 
chirmashib ketadi, shuni xisobiga uning zichligi ortib boradi. 
Akademik A.A.Baykovning nazariyasi bo’yicha, gipsning qotishida asosan 
quyidagi fizik-kimyoviy jarayonlar ro’y beradi. 
Qotish jarayoni uch davrdan iboratdir: kalsiy sulfatni erishi, yangi kristallarni 
xosil bo’lishi, kristallarni yiriklanishi. 
Gips zarrachalari gel deb ataluvchi yelimsimon xolatga aylanadi. Natijada 
kolloid xolatdagi juda mayda zarrachalardan tashkil topgan gips xamiri xosil bo’ladi 
va tez sur’atda kristallana boshlaydi. Ikki suvli gips zarrachalaridan o’sayotgan 
ignasimon kristallar o’zaro zichlashadi va mustaxkam tutashgan kristallga aylanadi. 
Kolloid eritma xosil bo’lishi va uning kristallanish jarayoni yarim molekula suvli 
gipsning ikki molekula suvli gipsga to’la aylanishiga qadar davom etadi. 
Gips bog’lovchi moddani ishlatilishi uni kristallanish tezligiga juda katta 
bog’liq. Gips bog’lovchi moddani suv birikishi – bu ekzotermik (issiqlik ajralib 
chiqish) jarayondir. 
Gips bog’lovchi moddani suv bilan aralashtirilganda (gips suvga aralashtirish 
davomida sepiladi) oquvchan suyuq xamir xosil bo’ladi, u tez quyuqlasha boshlaydi, 
lekin xali plastik xolatda bo’ladi – bu gipsni quyuqlanishini boshlanganligini 
bildiradi; qotishini boshlanishi – bu gips bilan suvni aralashtirgan vaqtdan boshlab 
Vika asbobining xalqa idishiga solingan gips xamiriga botirilgan Vikani ignasi 
ostigacha 1 mm yetmay qolgan vaqtgacha davrdir; qotishini tugashi esa Vika 
asbobining ignasi bor –yo’g’i 1 mm botgandagi davrdir. 
Asbob-uskunalar:
1. Po’lat ignali siljish qismi 300 ± 2gr teng bo’lgan Vika asbobi.
Bu usulning vazifasi, gipsni suv bilan tutish boshlanishini va oxirini aniqlash. 
Quyuqlanish davrini aniqlashda Vika asbobi qo’llaniladi. Qo’zg’aluvuchan po’lat 
sterjenь 2 strelka ko’rsatkichi bilan birga tik holda qo’zg’aladi. Shkala ko’rsatkichi 
0 mm dan 40 mm gacha temir staninaga mahkamlangan. 


1-rasm. Vika qatiqlikni aniqlovchi asbob. 
1-temir stanina. 
2-qo’zg’aluvchan po’lat sterjenь. 
3-qo’shimcha yuk. 
4-shkala. 
5-siquvchi vint. 
7-po’lat igna. 
8-halqa.
9-shisha plastinka. 
Sterjenning pastki qismiga diametri 1,1 mm bo’lgan igna o’rnatilgan. Sinovni 
bajarishdan oldin Vika asbobini po’lat sterjenining erkin siljishini, sterjendagi 
strelka ko’rsatkichini 0 dagi holatini tekshirish kerak. 
Oldindan moy bilan artilgan halqa (8) ni shisha plastinka (9) ga o’rnashtirib, 
gips hamiri bilan to’ldiriladi. Oshiqcha hamirni pichoq bilan qirqiladi va Vika 
asbobiga o’rnatiladi. Ignaning uchi gips hamiriga tegib turishi kerak. So’ngra vint 
(5) bilan sterjen bo’shatiladi va o’z og’irligi bilan gips hamiriga botadi. Bu hol har 
30 sekundda takrorlanib turadi. Har bir takrorlanishda igna toza artilib, gips 
hamirining yangi joyiga tushiriladi. 
Po’lat ignani gips hamiriga botishi shkala bilan kuzatilib turiladi. Ma’lum vaqt 
o’tgandan keyin 300 gr og’irlikdagi sterjenning 1sm ostiga yetmay qolganligini 
ko’riladi. Gips namunani suv bilan qorishtirilgandan to shu vaqtgacha bo’lgan davr 
gips hamirining quyuqlanish boshlanishi bo’ladi. Quyuqlanish davrining tugashi esa 
gips namunasini suv bilan qorishtirilgandan to sterjendagi igna gips hamiriga 1 sm 
botmay qolganda tugallanadi. 
Quyuqlanish davrining boshlanishi va tugashi daqiqada ko’rsatiladi. Ishlab 
chiqarishda ko’pincha gipsni quyuqlanish davrini tezlatish va sekin latish uchun 


qo’shimchalar qo’shiladi. Bu qo’shimchalar gips mexanik va fizik xususiyatini 
yaxshilaydi. 

Download 374.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling