Ishni bajarish uchun zarur jixozlar, material va asboblar.
1. TSH-2M tipidagi qattiqlikni о‘lchash asbobi. 2. Metall sirtidagi izni о‘lchash uchun lupa. 3. Namuna komplekti. 4. Shtangensirkul SHS-1.
5. Egov, jilvir qog‘oz.
Ishni bajarish tartibi.
TSH-2M tipidagi asbobining tuzilishi (6-rasm) va unda material qattiqligini о‘lchash metodikasi bilan tanishiladi.
.1- jadval asosida sharchaning diametri, nagruzka qiymati va ushlab turish vaqti tanlanadi.
Namuna tekshirishga tayyorlanadi, kerak bо‘lsa, namuna yuzasi qumli qog‘oz bilan tozalanadi.
Sharchali uchlik shpindelga
о‘rnatiladi va qotirish vintini maxkamlanadi.
Tanlangan nagruzkaga mos keluvchi yuklar taglikka
qо‘yiladi. Richagli sistema bilan taglikni
1.875 kN nagruzka xosil qilishini
unutmang.
Tanlangan yuklamaga talab qilinadigan ushlab turish vaqti belgilanadi.
Namuna tekshirish stoliga sharcha izining markazi namuna chekkasidan kamida 2,5 mm masofada bо‘ladigan qilib о‘rnatiladi.
Knopkani bosib, dvigatel ishga tushiriladi.
Tekshirish tugagandan (lampochka о‘chib, elektrodvigatel tо‘xtagandan) keyin maxovikni aylantirib stol tushiriladi va namuna olinadi.
Tekshirish 3 marta takrorlanadi.
Lupa yordamida sharcha izining diametri aniqlanadi va Brinell bо‘yicha qattiqligi xnsoblab topiladi.
Olingan natijalar asosida qо‘yidagi jadval tо‘ldiriladi:
Yozma xisobot qо‘yidagi ketma-ketlikda bо‘lishi shart:
Laboratoriya ishidan kо‘zda tutilgan maqsad.
Foydalanilgan asboblar.
Tajriba sxemasi.
Qattiqlikni о‘lchash formulalari
Natijalar yozilgan jadvallar.
Do'stlaringiz bilan baham: |