2-Laboratoriya ishi Mavzu: Metallarning qattiqligini Brinell usuli bilan aniqlashni о‘rganish. Ishdan maqsad


Download 0.81 Mb.
bet6/7
Sana02.01.2022
Hajmi0.81 Mb.
#196581
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Laboratoriya-2(4-m)

Namunani sinash tartibi

  1. Koper mayatnigi ma’lum balandlikka kо‘tarilib, shu xolatda tutkich bilan maxkamlanadi.

  2. Sinaluvchi namunaning kertilgan tomoni ichkariga qilinib, koper tayanchlari orasiga о‘rnatiladi; bunda shunga e’tibor berish kerakki, mayatnik tig‘i namunaning kertilgan joyining orqa tomoniga aniq uriladigan bо‘lsin.

  3. Mayatnikni kо‘rsatilgan xolatda tutib turgan tutgich bо‘shatiladi, bunda mayatnik erkin tushib, namunani sindiradi.

Bu usulda metallning zarbiy qovushoqligini aniqlash uchun avval mayatnikning namunaii sindirishga sarflangan ishini aniqlash kerak.

Agar koper mayatnigining erkin tushish balandligini «N» bilan, namunaga urilgandan keyngi kо‘tarilishi balandligini «h» bilan belgilasak, bu balandliklar ayirmasi (H—h) ning mayatnik og‘irligi (Q)ga kо‘paytmasi namunani sindirishga sarflangan ishining qiymati bо‘ladi, ya’ni:



A = Q • (H—h)

bu yerda:

A — namunani sindirish uchun sarflangan ish, J.

Q — mayatnikning og‘irligi,kGyoki N.

N — mayatnikning zarbgacha kо‘tarilgan balandligi, m.

h — mayatnikning zarbdan keyingi kо‘tarilish balandligi, m.

Agar mayatnikning zarbgacha va zarbdan keyingi kо‘tarilish burchaklarini α va β bilan belgilasak, u xolda mayatnikning zarbgacha kо‘tarilish balandligi:

N = l(1 — sos a) Zarbdan keyin kо‘tarilish balandligi esa:

h = l(1 — sos b )

bu yerda: l — mayatnikning radiusi.

U xolda namunani sindirishga sarflangan ishning qiymati qо‘yidagicha bо‘ladi:

A =Q • l(sos b — sos a)

Burchaklar koperning maxsus shkalasidan topiladi. Agar namunani sindirish uchun sarflangan ishning qiymati namunaning singan joyining

kо‘ndalang kesim yuzi F (m2) ga bо‘linsa, sinalayotgan

metallning zarbiy qovushoqligi chiqadi (ak)






Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling