2-Laboratoriya ishi Mavzu: sql tili va sql operatorlarini yozish sql tili. Ma’lumotlar tavsiflash bilan ishlash. Ishdan maqsad


Download 26.52 Kb.
bet2/4
Sana19.06.2023
Hajmi26.52 Kb.
#1611192
1   2   3   4
Bog'liq
2-Laboratoriya ishi

MySQL asosan 2 turga bo'linadi. Birinchisi, pullik talqin bo'lib, MySQL Enterprise Serverdeyiladi. Bu turidan foydalanganda, har yil ma'lum bir mablag' to'lash talab etiladi.
Ikkinchisi, MySQL Community Server deb nomlanib, bepul hisoblanadi.
MySQL Enterprise Serverni MySQL Community Serverdan farqi, Enterprise tipi o'zida barcha utilitlarni qamrab oladi va chiqayotgan barcha yangi patch va o'zgarishlar dastlab shu tipiga chiqariladi va ancha vaqtdan so'ng Community tipiga chiqadi. Undan tashqari Enterprise tipida klaster texnologiyasi ham mavjud. Biz uchun Community tipi ham yetarli hisoblanadi va shu tipini o'rganib boramiz.
MySQL Community tipining ham 2 turi mavjud bo'lib, biri Essentials(boshlang'ich) talqini, ikkinchisi Installer deyiladi. Essential turida faqat server mavjud bo'lib, hech qanday qo'shimcha komponenlar yo'q, Installerda esa bir necha qo'shimcha komponentlar mavjud bo'lib, hajmi ham kattaroq. Essential talqini zip arxivda beriladi, Installer esa msi fayli ko'rinishida bo'ladi.
Undan tashqari mysql ni ko'chirib olishda, operatsion tizimning qaysi bitligini ham inobatga olish lozim. Saytda ham, 64 va 32 uchun alohida mysql dasturini fayllari taklif qilinadi.
MySQL ishlashi uchun, hech qanday Apache serveri, hech qanday PHP kerak emas. Faqatgina bazani o'zini o'rganmoqchi bo'lsangiz, Apache PHP larni o'rnatmang. Bular faqat to'liq sayt yaratish uchun kerak. To'g'ri bularni o'rnatish ham qiyin emas, lekin ortiqcha narsalar. Bazani mukammal o'rganganingizdan so'ng qolgan narsalarni o'rnatib, sozlovchi fayllar orqali bir birlarini bog'lab olasiz.
Ya'na bir narsa, ko'pchilik saytlarda oldin Apache qo'ying, keyin mysql va oxirida PHP ni o'rnating degan maqolalarni uchratish mumkin. Umuman olganda ketma-ketlikning umuman farqi yo'q, birgalikda ishlashsa ham, bular hammasi alohida — alohida dasturlar.
Agar hali ham mysql nimaligini anglay olmagan bo'lsangiz, oxirgi tushuntirish gaplarini yozaman, bu — ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi bo'lib, bu tizimga sinonim tizim qilib, Oracle, MS SQL SERVER larni misol qilish mumkin.




Download 26.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling