2-Laboratoriya ishi Mavzu: sql tili va sql operatorlarini yozish sql tili. Ma’lumotlar tavsiflash bilan ishlash. Ishdan maqsad


Download 26.52 Kb.
bet1/4
Sana19.06.2023
Hajmi26.52 Kb.
#1611192
  1   2   3   4
Bog'liq
2-Laboratoriya ishi


2-Laboratoriya ishi
Mavzu: SQL tili va SQL operatorlarini yozish. SQL tili. Ma’lumotlar tavsiflash bilan ishlash.
Ishdan maqsad: SQL tili va SQL operatorlarini yozish. SQL tili. Ma’lumotlar tavsiflash bilan ishlash bo`yicha ko`nikmaga ega bo`lish.
Masalani qo`yilishi: SQL tili va SQL operatorlarini yozish. SQL tili. Ma’lumotlar tavsiflash bilan ishlash.
Uslubiy ko`rsatmalar: MySQL bu — krossplatformali dastur hisoblanadi, ya'ni bir xil tipga ega bo'lgan(ishlash texnologiyasi bir xil), lekin o'rnatiluvchi fayllari biroz boshqachadir. Hozirda mysql Oracle firmasi tomonidan ishlab chiqarilmoqda, oldin Sun firmasiga tegishli bo'lgan. Shuning uchun MySQL 4talqini MySQL 5 talqinidan farq qiladi. Hozirda(maqola yozilishida) eng so'ngi talqini 5.6.14 dir.
Keling enda,talqinlar nimani anglatishini bilib olamiz. Har bir dastur, ma'lum bir sonlar asosida talqinlarga ajratiladi. Dastur ismi o'zgarmaydi, faqat sonlar o'zgarib, dasturning yangi yoki eskiligini ajratib turadi. Yangi yoki eskiligi, dasturning darajasini belgilaydi, ya'ni yangi dastur eskisiga qaraganda yangi qirralari mavjudligini anglatadi. MySQL dasturi ham hamma dasturlar kabi o'z talqiniga ega(5.6.14). Demak birinchi raqam asosiy raqam deyiladi. Bizning holatda bu 5 raqami. Bu raqam kamdan kam o'zgaradi, faqatgina dasturning asosi o'zgarsa o'zgaradi. Keyingi raqam 6, bu raqam asosiy raqamga yordamchi raqam hisoblanadi va asosiy raqamga qaraganda tezroq o'zgaradi. Buning o'zgarishi, dasturning ishlash texnologiyasi biroz o'zgarishi natijasida sodir bo'ladi. Keyingi raqam build deyiladi. Bizning holatda bu 14 raqam. Dastur ishlashida biror nuqson(bug) paydo bo'lsa, dasturchilar darrov shu nuqson(bug)ni yo'qotishadi va raqamni keyingisiga o'zgartirib qo'yishadi. Bundan ko'rinib turibdiki bu raqam tez o'zgaradi. Bu o'zgartirish dasturchilar tilida Patch deyiladi. O'z tajribamdan kelib chiqib fikr bildirsam, har bir yangi chiqgan Patch, eski nuqsonlarni bartaraf etib, yangisini paydo qiladi :).

Download 26.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling