Kirish. Intellektual tizimlar haqida umumiy ma’lumotlar
Download 1.3 Mb.
|
1-dars
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suniy intellektning rivojlanish tarixi".
- Suniy intellekt inson intellektiga qarshi
- Inson tafakkur tizimi SI tizimi Kamchiliklari Barqaror emas
- Doimiy
- Hissiy idrokdan foydalanadi
Kirish. Intellektual tizimlar haqida umumiy ma’lumotlar.“Intellekt” (intelligence) termini lotinchadan (intellectus) so‘zidan kelib chiqib - aql, idrok, fikr, mulohaza ya’ni insonning fikrlash qobiliyati ma’nosini anglatadi. Intellekt - inson miyasining intelektual masalalarni yechish qobiliyatiga aytiladi. Ushbu jarayon asosan tajriba asosida ma’lumotlarni qabul qilib, eslab qolish va maqsadli bilimlarni o‘zgartirish, hamda har xil sharoitlarda moslashtirishga asoslangan bo‘ladi Intellektual masalalar - bu shunday algoritm yaratish yoki topish kerakki, u aniq fikrlash, mantiqiy isbotlangan va juda yuqori darajali aniqlik bilan yechimini topish kerak bo‘lgan masalalar hisoblanadi. Intellektual tizim - bu dasturiy ta’minotga ega bo‘lgan texnikaviy qurilma (kompyuter) bo‘lib, tashqi xolat va ta’sirlarga qarab o‘z parametrlarini sozlab, masalani yechish qobiliyatiga ega bo‘lgan qurilma hisoblanadi. Sun’iy intellekt — informatikaning alohida sohasi bo‘lib, odatda inson ongi bilan bog‘liq imkoniyatlar: vizual idrok etish , qaror qabul qilish, nutqni anglash, o‘rgatish, muhokama qilish, masalani yechish, tarjima va shu kabi odatda inson aql-zakovatini talab qiladigan vazifalarni bajarishga qodir kompyuter dasturlari yaratish bilan shug‘ullanadi. Sun'iy intellektning rivojlanish tarixi". Sun'iy intellekt" atamasi 1956 yilda paydo bo'lgan, ammo bugungi kunda SI texnologiyasi ma'lumotlar hajmini ko'paytirish, algoritmlarni takomillashtirish, hisoblash quvvatini va ma'lumotlarni saqlash vositalarini optimallashtirish fonida haqiqiy mashhurlikka erishdi. O'tgan asrning 50-yillarida boshlangan SI sohasidagi birinchi tadqiqot muammolarni hal qilish va ramziy hisoblash tizimlarini rivojlantirishga qaratilgan edi. 60-yillarda bu sohada AQSh Mudofaa vazirligi qiziqish uyg'otdi: AQSh harbiylari insonning aqliy faoliyatini simulyatsiya qilish uchun kompyuterlarni o'qitishni boshladi. Sun'iy intellekt inson intellektiga qarshi Insonlar kabi fikrlay oladigan mashina yasash g‘oyasi fantastika olamidan real dunyoga yetib keldi. Hozirda ilgari imkonsiz bo'lgan vazifani robotlar bajara oladi. Sun’iy intellekt haqida g’oyalar paydo bo’lgandan beri insonlar sun’iy intellekt va inson aqlini solishtirib kelmoqda.
Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling