2-laboratoriya ishi о’lchov vositalari xatoliklarini aniqlash


Download 73 Kb.
bet1/4
Sana30.04.2023
Hajmi73 Kb.
#1411397
  1   2   3   4
Bog'liq
2-lab


2-LABORATORIYA ISHI
О’LCHOV VOSITALARI XATOLIKLARINI ANIQLASH

  1. Ishning maqsadi

Talabalarning о’lchash va ularning xatoliklari tо’g’risida nazariy bilimlarini mustahkamlash va ularni amaliy qо’llash malakasini oshirishdan iborat.
2. Laboratoriya ishiga topshiriq.
Haroratni о’lchash asbobi (yoki ixtiyoriy tanlangan о’lchash vositalari tarozi, ampermetr, voltmetr, termometr, potensiometr va boshq.) bilan tanishish xaroratni о’lchash va mutlaq, nisbiy va keltirilgan xatolikni formula yordamida hisoblab topish va xulosa yozish.
Xaroratni о’lchash vositasining ishlashi bо’yicha xulosa berish.
3. Asosiy ma’lumotlar, materiallar va о’lchash vositalari.
О’lchash xatoligi- о’lchash natijasini chinakam (haqiqiy) qiymatdan chetlashuvini (og’ishuvini) ifodalovchi о’lchashning sifat mezoni.

О’lchash xatoliklari va ularning tabaqalanishi.


О’lchash xatoliklari turli sabablarga kо’ra turlicha kо’rinishda namoyon bо’lishi mumkin. Bu sabablar qatoriga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:

  • о’lchash vositasidan foydalanishda uni sozlashdan yoki sozlash darajasini siljishidan kelib chiquvchi sabablar;

  • о’lchash obyektini о’lchash joyiga (pozitsiyasiga) о’rnatishdan kelib chiquvchi sabablar;

  • о’lchash vositalarining zanjirida о’lchash ma’lumotini olish, saqlash, о’zgartirish va tavsiya etish bilan bog’liq sabablar;

  • о’lchash vositasi va obyektiga nisbatan tashqi ta’sirlar (temperatura yoki bosimning о’zgarishi, elektr va magnit maydonlarining ta’siri, turli tebranishlar va hokazolar) dan kelib chiquvchi sabablar;

  • о’lchash obyektining xususiyatlaridan kelib chiquvchi sabablar;

  • operatorning malakasi va holatiga bog’liq sabablar va shu kabilar.

О’lchash xatoliklarini kelib chiqish sabablarini tahlil qilishda eng avvalo о’lchash natijasiga salmoqli ta’sir etuvchilarini aniqlash lozim bо’ladi.
О’lchash xatoliklari u yoki bu xususiyatiga kо’ra quyida keltirilgan turlarga bо’linadi:
I. О’lchash xatoliklari ifodalanishiga qarab quyidagi turlarga bо’linadi:


  1. Download 73 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling