2-laboratoriya ishi о’lchov vositalari xatoliklarini aniqlash


Kelib chiqishi sababi (sharoitiga) qarab


Download 73 Kb.
bet3/4
Sana30.04.2023
Hajmi73 Kb.
#1411397
1   2   3   4
Bog'liq
2-lab

Kelib chiqishi sababi (sharoitiga) qarab:

  • asosiy;

  • qо’shimcha xatoliklarga bо’linadi.

Normal (graduirovka) sharoitda ishlatiladigan asboblarda hosil bо’ladigan xatolik asosiy xatolik deyiladi. Normal sharoit deganda temperatura 20 S  5 S havo namligi 65 %  15 %, atmosfera bosimi (750 30) mm.sim.ust., ta’minlash kuchlanishi nominalidan 2 % о’zgarishi mumkin va boshqalar.
Agar asbob shu sharoitdan farqli bо’lgan tashqi sharoitda ishlatilsa, hosil bо’ladigan xatolik qо’shimcha xatolik deyiladi.
IV.Mohiyati, tavsiflari, о’zgarish xarakteriga qarab va bartaraf etish imkoniyatlariga kо’ra:

  1. Muntazam xatoliklar;

  2. Tasodifiy xatoliklar;

  3. Qо’pol xatoliklar yoki yanglishuv xatoliklarga bо’linadi.

Muntazam xatolik deb umumiy xatolikning takroriy о’lchashlar mobaynida muayyan qonuniyat asosida hosil bо’ladigan, saqlanadigan yoki о’zgaradigan tashkil etuvchisiga aytiladi.
Umumiy xatolikni quyidagicha tasvirlashimiz mumkin:



Bunda:
m – muntazam xatolik
ttasodifiy xatolik
q – qо’pol xatolik
Muntazam xatoliklarning kelib chiqish sabablari turli tuman bо’lib, tahlil va tekshiruv asosida ularni aniqlash va qisman yoki butkul bartaraf etish mumkin bо’ladi. Muntazam xatoliklarning asosiy guruhlari quyidagilar hisoblanadi:

  • Uslubiy xatoliklar;

  • Asbobiy (qurilmaviy) xatoliklar;

  • Subyektiv xatoliklar.

О’lchash usulining nazariy jihatdan aniq asoslanmaganligi natijasida uslubiy xatolik kelib chiqadi.
О’lchash vositalarining konstruktiv kamchiliklari tufayli kelib chiqadigan xatolik asbobiy xatolik deb ataladi. Masalan: asbob shkalasining notо’g’ri graduirovkalanishi (darajalanishi), qо’zg’aluvchan qismning notо’g’ri mahkamlanishi va hokazolar.
Subyektiv xatolik - kuzatuvchining aybi bilan kelib chiqadigan xatolikdir.
Asbobning kо’rsatishi va о’lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymati orasidagi farq о’lchov asbobining xatosi deyiladi. Kattalikning haqiqiy qiymatini aniqlash mumkin bо’lmagani sababli, о’lchov texnikasida namuna asbobning kо’rsatishi shu kattalikning haqiqiy qiymati deb qabul qilinadi.
Agar Xk bilan sanoq kо’rsatishidagi qiymatni, Xh bilan haqiqiy qiymatni belgilasak, quyidagi ifodadan ∆X mutlaq xatolikni topamiz:




Download 73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling