2-laboratoriya ishi о’lchov vositalari xatoliklarini aniqlash
Absolyut (mutlaq) xatolik
Download 73 Kb.
|
2-lab
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nisbiy xatolik
- Statik xatoliklar
- Dinamik xatoliklar
Absolyut (mutlaq) xatolik. Bu xatolik kattalik qanday birliklarda ifodalanayotgan bо’lsa, shu birlikda tavsiflanadi. Masalan, 0,2 V; 1,5 m va h.k. Mutlaq xatolik quyidagicha aniqlanadi:
= Ax - Ach Ax - Ao; bunda, Ax - о’lchash natijasi; Ach - kattalikning chinakam qiymati; Ao - kattalikning haqiqiy qiymati. Absolyut xatolikni teskari ishora bilan olingani tuzatma (- popravka) deb ataladi. -= δ; Odatda, о’lchash asboblarining xatoligi keltirilgan xatolik bilan belgilanadi. Absolyut xatolikni asbob kо’rsatishining eng maksimal qiymatiga nisbatini protsentlarda olinganiga keltirilgan xatolik deb ataladi. ; Nisbiy xatolik - absolyut xatolikni haqiqiy qiymatga nisbatini bildiradi va foiz (%) larda ifodalanadi: = [(Ax - Ao )/Ao]∙100 = ( /Ao)∙100%. О’lchash sharoiti tartiblariga kо’ra xatoliklar quyidagilarga bо’linadi: I. Statik xatoliklar - vaqt mobaynida kattalikning о’zgarishiga bog’liq bо’lmagan xatoliklar. О’lchash vositalarining statik xatoligi shu vosita bilan о’zgarmas kattalikni о’lchashda hosil bо’ladi. Agar о’lchash vositasining pasportida statik sharoitlardagi о’lchashning chegaraviy xatoliklari kо’rsatilgan bо’lsa, u holda bu ma’lumotlar dinamik sharoitlardagi aniqlikni tavsiflashga nisbatan tadbiq etila olmaydi. Dinamik xatoliklar - о’lchanayotgan kattalikning vaqt mobaynida о’zgarishiga bog’liq bо’lgan xatoliklar sanaladi. Dinamik xatoliklarning vujudga kelishi о’lchash vositalarining о’lchash zanjiridagi tarkibiy elementlarning inersiyasi tufayli deb izohlanadi. Bunda о’lchash zanjiridagi о’zgarishlar oniy tarzda emas, balki muayyan vaqt davomida amalga oshirilishi asosiy sabab bо’ladi. Download 73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling