О’lchov asbobining mutlaq xatoligi deb, shu asbobning kо’rsatishi bilan о’lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymati oradagi farqqa aytiladi.Bu yerda, xatoliklar plyus yoki minus ishorasi bilan kattalikning birliklarida ifodalanadi. Mutlaq xatolik kattaligining haqiqiy qiymatiga nisbati nisbiy xatolik deb ataladi. Nisbiy xatolik orqali о’lchashning aniqlik darajasini ifodalash juda qulay.
Odatda, haqiqiy qiymat — Xq va topilgan qiymatlar Xk ga nisbatan ∆X juda kichik bо’ladi, ya’ni
Shuning uchun, quyidagi ifodani yozish mumkin:
Shunday qilib, nisbiy xatolikni hisoblashda mutlaq xatolikning asbobning kо’rsatishiga nisbatini olish mumkin. Nisbiy xatolik % larda ifodalanadi.
Kattalikning haqiqiy qiymatini aniqlash uchun о’lchov asbobinnng kо’rsatishiga tuzatish kiritiladi. Uning son qiymati teskari ishora bilan olingan mutlaq qiymatga teng:
T=Xh-Xk yoki T=-∆X
bu yerda, T-tuzatma.
Asbobning xatoligi shkala diapazonining foizlarida ifodalanadi. Bunday xatoliklar keltirilgan xatolik deyiladi va mutlaq xatolikning asbob о’lchash chegarasiga nisbatiga teng, ya’ni
bu yerda, N — asbobning о’lchash chegarasi.
4. Ishni bjarish tartibi.
4.1 О’lchash vositalari bilan tanishish. О’lchov vositalari parametrlari bо’yicha tasnifini о’rganish.
4.2 О’lchash vositasida о’lchash amalini bajarish va natijalarni tahlil qilish.
4.3 О’lchash vositasining mutlaq, nisbiy va keltirilgan xatoligini aniqlash va natijani yozish.
5. Asosiy savollar
О’lchash xatoliklari ifodalanishiga qarab qanday turlarga bо’linadi.
Keltirilgan xatolik nima?
О’lchash xatoligi deb nimaga aytiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |