2-laboratoriya ishi. Organik moddalarni tozalash usullari. Qayta kristallash. Karbamidni qayta kristallash usuli bilan tozalash. Etil spirtini atmosfera bosimida xaydash
-Tajriba. Karbamidni qayta kristallash usuli bilan tozalash
Download 164.08 Kb.
|
2-LAB.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli reaktivlar
- 2.4. Suyuq aralashmalarni ajratish va tozalash
1-Tajriba. Karbamidni qayta kristallash usuli bilan tozalash
Laboratoriya ishidan maqsad. Laboratoriya ishidan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad, talabalarda olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash uchun laboratoriya sharoitida, qattiq moddalarni qayta kristallash bilan tozalash jarayonini mustaqil bajarishlari va shu amaliy ish davomida o‘zlarining bilim hamda ko‘nikmalarini oshirishidir. Kerakli reaktivlar: karbamid (mochevina), distirlangan suv. Jihozlar: 100 ml sig'imli stakan, 250 ml sig’imli konussimon kolba, filtr qog’oz, varonka, elektr plita, azbest to‘ri, termometr. Ishning borish tartibi: 250 ml sig'imli konussimon kolbaga karbamidning to‘yingan eritmasi hosil qilinadi. Karbamid oddiy xona haroratida distirlangan suvda erimaydi. Hosil qilingan to‘yingan eritma 10-15 minut elektr plitada qizdiriladi. Aralashma 10-15 minut davomida qizdirilgandan so‘ng karbamid to‘liq erib ketadi va bu eritma filtrlanadi. Filtrlash jarayonida qo‘shimcha moddalar filtrda qoladi. Filtrlangan eritma ma’lum vaqt xona haroratigacha sovitiladi va karbamid ignasimon kristallarga tusha boshlaydi. Kristallar qurigach, uning suyuqlanish temperaturasi aniqlanadi. ts=132-133 0C. Agar karbamid shu temperatura oralig’ida erib ketsa demak qayta kristallash usuli bilan toza karbamid ajratib olingan bo‘ladi. 2.4. Suyuq aralashmalarni ajratish va tozalash Haydash-suyuqliklarni bir-biridan ajratish va tozalashning eng qulay usuli hisoblanadi. Oddiy haydash usulida suyuqlik qaynash temperaturasigacha qizdiriladi, natijada hosil bo‘lgan suyuqlik bug'lari sovutkichda qayta suyuklikka aylantiriladi va boshqa idishga yig'ib olinadi. Bu usulda suyuqlik bug'ga aylanadi, u esa sovutkich yordamida yana suyuklikka aylanadi. Buni to‘gri oqimli haydash deyiladi. Agar suyuqlik bug'larining sovugan qismi yangi hosil bo‘layotgan suyuqlik bug'lari bilan uchrashib, haydash kolbasiga tushib tursa, bu jarayon qarama - qarshi oqimli haydash deyiladi. Bu usul rektifikatsiya kolonkalarida amalga oshiriladi. Ekstraksiya usuli - moddalarni bir fazadan boshqa fazaga eritvchilar yordamida o`tkazish jarayoniga ekstraksiya deyiladi. Bu moddalar jarayonning bir-biriga aralashmay-digan ikki xil suyuqlikdagi eruvchanligini har xil bo`lishiga asoslangan . Ikki turdagi ekstraksiya mavjud: 1.Qattiq moddalar ekstraksiyasi . 2.Suyuqliklar ekstraksiyasi. Qaynash temperaturasi bir-biriga yaqin moddalar aralashmasini qaydash uchun deflagmatorlardan (6.rasm) foydalaniladi. Qaynash temperaturasi 1-20C farq qiladigan suyuqliklar aralashmasi rektifikatsiya kolonnalarida ajratilаdi. Haydash usulidan suyuq moddani erituvchidan, har xil qaynash temperaturasiga ega bo‘lgan reaksiya mahsulotlarini bir-biridan hamda qo‘shimchalardan ajratishda foydalaniladi. Haydashni amalga oshirish usuliga qarab 4 turga bo‘lish mumkin: 1. Oddiy sharoitda haydash 2. Fraktsiyalarga bo‘lib haydash 3. Vakuumda haydash 4. Suv bug'i bilan haydash. Download 164.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling