2-laboratoriya ishi Plastmassa buyumlarining sifatini aniqlash


Polikondensatsiyalangan polimerlar


Download 49.5 Kb.
bet2/3
Sana27.12.2022
Hajmi49.5 Kb.
#1067823
1   2   3
Bog'liq
plastmassa mahsulotlari

Polikondensatsiyalangan polimerlar (fenol-aldegid, epoksid, mochevina-formaldegid, poliefir vah.k.) asosiy moddadagi funksional guruxlar orasidagi kimyoviy birikish natijasida hosil bo‘ladi. Birikish jarayonida molekulalar parchalanadi va erkin holatda suv, xlorli vodorod, ammiak va boshqa qo‘shimcha moddalar ajraladi. Shu sababli, siyrak molekulali boshlang‘ich modda bilan zich molekulali polimerning kimyoviy tarkibi har xil bo‘ladi.
Polimerlardagi bu ikki xususiyat ularni ikki guruhga bo‘ladi: termoplastik va termoreaktiv polimerlar.
Plastmassalarning asosiy xossalari
Plastmassalarning hajmiy og‘irligi 8 dan 2200 kg/m3 gacha bo‘ladi, yaʼni oshrligi alyumindan 2 marta, po‘lat, mis va qo‘rg‘oshindan 5–10 marta yengil, mustahkamligi esa yuqori. To‘ldirgichlar qo‘shib ishlangan murakkab plastmassa listlaridan tekstolitning cho‘zilishga bo‘lgan mustahkamlik chegarasi 150 MPa gacha bo‘lsa, yog‘och tolasi qo‘shib ishlangan plastmassaniki 350 MPa gacha, SVAM niki (tolali shishasimon anizotron ashyolar) esa 470–950 MPa gacha bo‘ladi. Agar taqqoslansa, markasi St-3 bo‘lgan po‘latning cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi 450–480 MPa ga teng, xolos.
Ilmiy izlanishlar natijasida hozir magnit xususiyatiga ega bo‘lgan, shuningdek, tok o‘tkazuvchan hamda yarim o‘tkazuvchan plastmassalar ham olinmoqsa. Yuqori mustahkam hamda zararli muhitga chidamli bo‘lgan polimer-sement va plast-betonlar qurilishda ko‘plab ishlatilmoqsa. Ularni olishda bog‘lovchi modda o‘rniga smola bilan qorishtirilgan sement ishlatiladi. Organik smolalar sanoatda loklar, chidamli bo‘yoqlar, gidrofob suyukliklar va sintetik yelimlar olishda qimmatli hisoblanadi.
Plastmassalarning kamchiliklari
Plastmassa yonuvchanligi, mo‘rtligi, ayrimlarining tez eskirishi, yoqimsiz hidi, baʼzan esa fenol yoki shunga o‘xshash zaharli moddalar ajratib chiqarishi ularning asosiy kamchiligi hisoblanadi. Plastmassalar ishlab chiqarishda monomerlar va polimerlarning birikmay qolishi – destruksiyasi (eskirishi davrida erkin ajralib chiqadigan plastifikatorlar) odam organizmi uchun zararlidir. Odatda, plastmassa olish jarayonida uning qotish reaksiyasi ko‘pincha nihoyasiga yetmaydi va ashyoda hamma vaqt erkin holatda monomerlar saqlanib qoladi. Bular esa o‘z navbatida zararli bo‘lib, inson organizmiga salbiy taʼsir etadi.
Shishaplastik va polimer-betondan quvur yasash tavsiya etilmaydi. Chunki, ular kimyoviy xossalarini o‘zgartiradi, tarkibida qo‘rg‘oshin tuzi bo‘lgan PVX dan, fenolplastdan ovqat idishlari tayyorlash ham man etiladi. Bundan tashqari, plastmassaning kamchiliklariga quyidagilar kiradi:
– ko‘pgina polimerlarning issiqqa chidamliligi past (oddiy polimerlarning issiqqa chidamliligi 90–120°S dan ortmaydi);
– issiqdan kengayish koeffitsiyenti yuqori;
– plastik egiluvchan;
– yuza qattiqgtigi kam, voloknitlar uchun 2,5 MPa, polistirollar uchun 1,5 MPa;
– tez eskiradi.

Download 49.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling