2-lаbоrаtоriya ishi
Download 15.62 Kb.
|
2-lаbоrаtоriya ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning ma q sadi
- 1-tajriba -1.Kation va anion tutgan kompleks birikmalarni olinishi.
- 2-tajriba. Mis – II tetraamin sul`fatning olinishi.
- 3-tajriba. Akvakomplekslarning olinishi.
- Nazorat savollari.
2-lаbоrаtоriya ishi Mavzu: Koordinatsion birikmalar. Koordinatsion birikmalarning formulasini tuzish, ligandlar tabiati qarab sinflanishi, bosqichli dissotsiatsiyalanish, beqarorlik konstantasi. Koordinatsion birikmalar ishtirokida bo’ladigan oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini taxlil qilish. Ishning maqsadi:Kompleks birikmalarning olinishi va xossalarini o`rganish. Reaktivlar: texnik tarozi, shtativ, probirkalar, shisha tayoqcha, shpatel, fil`tr qog`ozi, qaychi, Bunzen kolbasi, Byuxner voronkasi, suvli nasos , reaktivlar. 1-tajriba -1.Kation va anion tutgan kompleks birikmalarni olinishi. Probirkaga 1ml K4[Fe(CN)6] eritmasi va 1ml NiSO4 eritmasidan quyamiz. Olingan cho`kmaga Ni4[Fe(CN)6] cho`kma to`liq erib ketganicha ammiakning 25% li eritmasidan qo`shamiz. Natijada och sarg`ish - yashil rangli [Ni(NH3)6]2[Fe(CN)6] kompleks tuzning kristallari hosil bo`ladi. 2-tajriba. Mis – II tetraamin sul`fatning olinishi. 100ml xajmli stakanga 10ml ammiakning va 10ml mis sul`fatning konsentrlangan eritmasi, hamda teng miqdorda suvdan solinadi. Eritmani shisha tayoqcha yordamida tuz to`liq erib ketgancha aralashtiramiz.Olingan eritmaga etil spirt eritmasidan tomchilatib, eritmadan tuz kristallarining alralishi to`xtagunicha quyamiz. Kompleks tuz kristallarining spirt ta`sirida cho`kishi ularning spirtda suvga nisbatan yomon erishini bildiradi. Tuz kristallarining to`liq cho`kishi uchun eritmani stakan bilan birga sovutish uchun muz solingan kristalizatorga solaniz. Tuz kristallari to`liq cho`kganidan so`ng uni Byuxner voronkasi yordamida fil`trlab olamiz, hamda spirt va ammiakning aralashmasi bilan, so`ngra spirt va efirning aralashmasi bilan yuvamiz. Olingan tuzni fil`tr qog`oz yordamida xona temperaturasigacha quritib, tortamiz. 3-tajriba. Akvakomplekslarning olinishi. Buning uchun farfor chashka olib, unga quyidagi kristallogidratlardan solamiz: CoCl2.6H2O, CuSO4.5H2O, NiSO4.7H2O, CrCl3.6H2O. Olingan ushbu tuzlarning ranglarini yozib olamiz. Tuzlarni aloxida qizdiramiz.Tuzlar soviganidan so`ng ularga suv qo`shamiz. Eritma rangini o`zgarishi akvakomplekslarning hosil bo`lganligidan dalolat beradi. Nazorat savollari. 1.Kompleks birikmalar deb nimaga aytiladi? 2.Koordinasion son, markaziy atom, ligand deganda nimani tushunasiz? 3.Rux gidrooksidning ammiak bilan reaksiya tenglamasini yozing.Zn ning koordinatsion soni 4 ga teng. Download 15.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling