3-4-laboratoriya Mavzu: Oddiy oqsillarni mahsulotlardan ajratib olish Ishdan ko‘zda tutilgan maqsad
Download 247.01 Kb. Pdf ko'rish
|
3-4-laboratoriya\'
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘z va iboralar
- Nazariy ma’lumot Oqsillar
3-4-laboratoriya Mavzu: Oddiy oqsillarni mahsulotlardan ajratib olish Ishdan ko‘zda tutilgan maqsad: oddiy oqsillarni oziq-ovqat mahsulotlaridan ajratib olishni talabalarga o‘rgatish. Tayanch so‘z va iboralar: oqsil, tuxum oqsili ,jelatina, bunzen kolbasi, mis sulfat, indicator, filtr, zardob,Bunzen kolbasi, Byuxner voronkasi. Kerakli reaktivlar va asboblar: 1% li tuxum oqsili eritmasi, 1% li jelatina eritmasi yoki 1% li suyultirilgan qon zardobi, natriy gidroksidning 10% li eritmasi, mis sulfatning 1% li eritmasi, probirka, shtativ, pipetkalar, 50 va 100 ml o‘lchov silindlari ; shisha voronka; shisha tayoqchalar; vakuum ostida filtrlash uchun Bunzen kolbasi va va Byuxner voronkasi; 50ml shisha stakanlar; qog‘oz filtrlar; universal indikator qog‘ozi; 2 dona yangi tovuq tuxumi; ammoniy sulfat (to‘yingan eritmasi); ammoniy sulfat (kukunli tuzi); 4% li sirka kislota. Nazariy ma’lumot Oqsillar, proteinlar – hamma tirik mavjudotlar tarkibiga kiradigan murakkab, azot tutuvchi organik moddalar. Oqsillar tirik materiyaning tuzilishida, shuningdek, uning hayot faoliyatida muhim ahamiyatga ega. Hujayra tarkibida bir necha ming xil oqsillar mavjud bo‘lib, ularning har biri ma’lum bir vazifani bajaradi. Shu bois ular proteinlar (yunoncha “protos” – birinchi, eng muhim) deb ataladi. Ular hujayra quruq vaznining 3/4 qismini tashkil etadi Ma’lumki, hamma organizmlarning oqsillari, ularning har xil biologik faolligidan qat’iy nazar, bir xil 20 ta standart aminokislotadan tashkil topgan bo‘lib, bu kislotalar alohida hech qanday biologik faollikka ega emas. Oqsillarning bir- biridan kimyoviy farqi, ulardagi aminokislotalarning ketma-ketligiga bog‘liq. Aminokislotalar oqsil tuzilmasining alifbosi bo‘lib, ularni turli tartibda biriktrib, cheksiz sondagi ketma-ketliklarni, ya’ni cheksiz miqdordagi har xil oqsillarni olish mumkin. Masalan, har bir tur organizmda bir necha ming xil oqsillar mavjud bo‘lib, ular turlarining soni 10 million atrofida bo‘ladi. Download 247.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling