3-4-laboratoriya Mavzu: Oddiy oqsillarni mahsulotlardan ajratib olish Ishdan ko‘zda tutilgan maqsad
OQSILLARNING STRUKTURAVIY TUZILISHI
Download 247.01 Kb. Pdf ko'rish
|
3-4-laboratoriya\'
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oqsillarning uchlamchi struktura tuzilishi Oqsillarning to’rtlamchi struktura tuzilishi
- Oddiy aminokislotalarga misollar Aminokislota formulasi Nomlari
- Ishni bajarilish tartibi 1-tajriba.
OQSILLARNING STRUKTURAVIY TUZILISHI
Oqsillarning birlamchi struktura tuzilishi Oqsillarning ikkilamchi struktura tuzilishi Molekulasida amino va karboksil guruhni saqlagan azot saqlovchi organik birikmalar aminokislotalar deyiladi. Karboksil va aminoguruhlaning joylashish tartibiga ko‘ra aminokislotalar a-, β-, γ- aminokislotalarga bo‘linadi. Masalan: CH 3 – CHNH 2 –COOH - alfa aminoropion kislota CH 2 NH 2 – CH 2 –COOH - alfa aminoropion kislota Aminokislotalarning umumiy formulasi quyidagicha yoziladi: NH 2 –R-COOH Oqsillarning uchlamchi struktura tuzilishi Oqsillarning to’rtlamchi struktura tuzilishi Radikallar tabiatiga ko’ra aminokislotalar alifatik, aromatik va geterosiklik aminokislotalarga bo‘linadi. a-aminokislotalar bir-biri bilan reaksiyaga kirishadi va ular orasida peptid bog’lar hosil bo’ladi. Ikkita aminokislotadan o’zaro birikishidan dipeptid hosil bo’ladi: -CO-NH- peptid bog‘ deb ataladi. Dipeptid yana bir aminokislota bilan biriksa tripeptid hosilbo’ladi. Oddiy aminokislotalarga misollar Aminokislota formulasi Nomlari Sistematik nomenklatura bo’yicha Ratsional nomenklatura bo’yicha Trivial nomenklatura bo’yicha α NH 2 CH 2 -COOH 2-aminoetan kislota α-aminosirka kislota,glikokol glitsin α CH 3 – CH- COOH NH 2 2-aminopropan kislota α-aminopropan kislota α-alanin β NH 2 CH 2 CH 2 - COOH 3-aminopropan kislota β- aminopropan kislota β-alanin α CH 3 -CH 2 –CH – COOH NH 2 2-aminobutan kislota α- aminomoy kislota Ushbu misoldan ko’rinadiki, di va tripeptidlar aminokislota qoldiqlaridan tashkil topgan bo‘lib peptid yoki amid bog‘lar orqali bir-biri bilan bog‘langan. Oqsillar katta molekulayar massaga ega ( 5-10 mingdan 1 mlngacha). Ular hujayra va to‘qimalar tarkibiga kirib, asosiy ozuqa tarkibini tashkil etadi. Oqsillar tarkibiga kirib,tarkibi uglerod, vodorod, azot va kisloroddan tashkil topgan.Ulardan tashqari oltingugurt, fosfor ham uchraydi. Oqsillar juda barqaror birikmalar bo’lib, ularni fizik va kimyoviy xossalarini o’rganishni qiyinlashtiradi. Oqsillarning oxirgi mahsuloti aminokislotalardir. Oqsillar hayotiy funksiyalarni bajaradi.Ular oziq moddalar, moddalar almashinuvi, butun organizmda kislorod almashinuvini boshqaradi.Moddalar almashinuvi jarayonida ferment-katalizator vazifasini bajaradi, nerv sistema funksiyasini boshqaradi,muskullarning qisqarishida asosiy o‘rin tutadi. Genetik almashinuvda ishtirok etadi. Ishni bajarilish tartibi 1-tajriba. 3 ta probirka oling, birinchisiga 5-10 tomchi tuxum oqsilining 1% li eritmasidan, ikkinchisiga 5-10 tomchi qon oqsilining 1% li eritmasidan, uchinchisiga 5-10 tomchi jelatinaning 1% li eritmasidan soling.Barcha probirkalarga 10 tomchidan natriy gidroksidning 10% li eritmasidan va mis sulfatning 1% li eritmasidan 1 tomchidan tomizib, uni yaxshilab aralashtiring.Uchala probirkadagi aralashmalar rangiga e’tibor bering va xulosa chiqaring.Ishni natijasini izohlab daftaringizga yozing va rasmini chizib oling. Download 247.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling