2-Laboratoriya mashg‘uloti.
Mavzu: Borland C++ Builder Win32 va Samples komponentalar palitrasidan foydalanib
dastur tuzish.
C++ Builder dasturlash muhiting Samples komponentalar palitrasi bilan tanishib chiqamiz.
Palitrada quyidagi komponentlar joylashgan:
Samples komponentalar palitrasi
CGauge – jarayonlarni vizual tasvirlash indikatori. Masalan,
faylarni
nusxalash yoki dasturlarni kompyuterga o`rnatilishi jarayoni.
CCColorGrid – foydalanish mumkin bo`lgan ranglar jadvalini hosil qiladi.
CSpinButton – schyotchikli tugma hosil qiladi.
Qiymatlarini orttiruvchi va
kamaytiruvchi tugmalari mavjud.
CSpinEdit – qiymatlarini orttiruvchi va kamaytiruvchi
tugmalari mavjud
bo`lgan tahrirlash oynasi.
CDirectoryOutline – diskdagi kataloglar strukturasini hosil qiladi.
CCalendar – standart ko`rinishdagi ko`rsatilgan oy bo`yicha kalendar yaratadi
Borland C++ Builder 6 dasturlash muhitida CGauge komponentasidan foydalanish
Ushbu bo`limda CGauge komponentasi haqida ma’lumot beramiz.
CGauge komponentasi
jarayon bosqichlarini vizual tasvirlash uchun foydalaniladi. C++
Builder dasturini ishga
tushiramiz. Forma oynasiga Samples palitrasidan CGauge komponentasini joylashtiramiz.
CGauge komponentasining gorizontal,
sektorli, doirali, matnli va vertikal ko`rinishlari mavjud.
Komponenta ko`rinishi o`zgartish uchun Object Inspector oynasini Kind bo`limidan,
rangini o`zgartish uchun ForeColor bo`limidan, jarayon bosqichini o`zgartirish uchun esa Progress
bo`limdan foydalaniladi: