2-laboratoriya mashg’uloti mavzu: Kimyoning asosiy qonunlari. Metallarning ekvivalentini aniqlash


Download 17.3 Kb.
Pdf ko'rish
Sana07.03.2023
Hajmi17.3 Kb.
#1244242
Bog'liq
2-laboratoriya ishi tajribalari



2-LABORATORIYA MASHG’ULOTI 
Mavzu: 
Kimyoning asosiy qonunlari.
Metallarning ekvivalentini aniqlash
 
 
Laboratoriya ishlarini qadamma-qadam bajarish tartibi 
Zarur asbob va reaktivlar. Shtativ qisqichi bilan, probirka, kristallizator, 250 
ml hajmli silindr, barometr, termometr, bir-biri bilan ingichka rezina shlang orqali 
tutashtirilgan ikkita shisha naycha (bir uchiga rezina tiqin kiygizilgan). Aniq massali 
toza metall bo‘lakchasi (qog‘ozga o‘ralgan). Qog‘ozda uning massasi yozilgan 
bo‘lishi kerak. 2 n. sulfat yoki xlorid kislota. 
 
1- TajribaMetall ekvivalentini aniqlash 
1. 1-rasmdagidek metall ekvivalentini aniqlash qurilmasi yig’ing. 
Qurilma 100 ml hajmli byuretkadan (1), muvozanatlovchi idishdan (2), bir tamoniga 
qisqichli rezina shlang ulangan uch tomonli shisha naychadan (3), iborat. Shisha 
nayning bir tomoniga rezinali tiqin (4) ulangan. Nayning uchinchi tomoniga Osvald 
sklyankasi (5) ulangan bo’lishi kerak. 
2.  Avvaldan tortilgan 0,03-0,04 g li metall bo’lakchasi oling.
3. Metall bo’lakchasini Osvald sklyankasining bir tamoniga soling. 
4. Sklyankaning ikkinchi tamoniga mahsus varonka orqali 4-5 ml 2 n xlorid kislota 
eritmasidan quying. 
5.  Ehtiyotlik bilan Osvald sklyankasini shtativga o’rnating va uch yoqli shisha 
nayga ulang. 
6.  Uch yoqlama nayning bir uchi ochiq holatda, muvozanatlovchi idish yordamida 
byuretkadagi suvning sathini O nuqtaga olib keling. 
7. Uch yoqlama nayning ochiq uchini qisqich bilan yoping. 
8. Muvozanatlovchi idishni biroz pastga tushirib,qurilmaning
9.  Germetikligini tekshiring. 
10. Bunda buyuretkadagi suvning sathi bir oz pastga tushib 
11.  to’xtashi va 1-2 min davomida o’zgarmasligi lozim. 
12. Agar o’zgarsa barcha tirqishlarni mahkamlab tajribani 
qaytaring. 
13. Qurilmaning yopiq tizimliligiga ishonch hosil qilgach Ostvald 
sklyankasini qisqichdan bo’shatib olib kislotani metall ustiga 
qo’ying.Bunda vodorod ajralib chiqa boshlaydi.
14. Ajralib chiqqan gaz harorati uy haroratiga tenglashguncha
15. reaksiya tugashini 8-10 min kuting. 
16. Muvazanatlovchi idishdagi suv hajmini buyuretkadagi suv 
sathi bilan tenglashtirib 1min kuting. Bunda suv sathi 
o’zgarmasligi lozim. 
17. Ajralib chiqqan vodorodning hajmini aniqlang.
 
1-rasm. Metall 
ekvivalentini aniqlash 
qurilmasi
 


Tajriba natijalarini quyidagi tartibda yozing: 
1. Metall bo‘lakchasining massasi m
Me

2. Xona harorati t = 
3. Atmosfera bosimi, kPap
atm

4. Xona haroratida to‘yingan suv bug‘ining bosimi, kPa 

5. Vodorodning parsial bosimi kPa;
=
-

6. Ajralib chiqqan vodorodning hajmi ml V
H2

7. Ajralib chiqqan vodorodning hajmini normal sharoitga
keltiramiz: 
8. Hosil bo‘lgan hajmni ml dan litrga o‘tkazamiz, buning uchun uni 1000 ga 
bo‘lamiz. 
9. Bir ekvivalent metall bir ekvivalent vodorodni siqib chiqarishini, bir 
ekvivalent vodorodning hajmi normal sharoitda 11,2 litr bo‘lishini inobatga olgan 
holda, proporsiyaga binoan metallning ekvivalentini hisoblaymiz. 
10. Metallarning topilgan ekvivalentini uning nazariy ekvivalenti bilan 
solishtirib, tajribada yo‘l qo‘yilgan xatoni ushbu formula bo‘yicha toping: 
Reaksiya tenglamasi: _______________________________________ 
Xulosa: ___________________________________________________ 
 
p
V
pVT
V
p T
p T
H
H
0
2
2
0
0
0
273



=
=
E nazariy—E tajribaviy
E nazariy
% Xato
100
=


Download 17.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling