2-ma’ ruza mavzu: Res’ublikamiz qishloq xo’jaligida texnik servis tizimi, ularni loyihalashtirish asoslari
Download 0.71 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.5-rasm. O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligida amal qilayotgan FTS tizimining tashkiliy tuzilmasi
2-MA’ RUZA Mavzu: Res’ublikamiz qishloq xo’jaligida texnik servis tizimi, ularni loyihalashtirish asoslari Respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan tuman va muqobil MTPlar, fermer xo’jaliklari va qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi boshqa sub’ektlar ixtiyoridagi xorijiy texnika vositalariga «O’zKeys-servis» qo’shma korxonasi, «O’zKlasservis» MCHJ, «Agroaltayservis» sho’ba korxonasi, «Toshkent qishloq xo’jaligi texnikasi zavodi» OAJning Texnik markazlari va «O’zDonMash» qo’shma korxonasi tomonidan FTS ko’rsatilmoqda (1.5-rasm). «Keys Nьyu Xolland» kompaniyasidan import orqali olib kelingan haydov traktorlari va g’alla kombaynlari, «O’zKeystraktor» va «O’zKeysmash» qo’shma korxonalarida ishlab chiqarilgan traktorlar, paxta terish mashinalari, pnevmatik seyalkalar va boshqa turdagi zamonaviy mashinalarga FTS ko’rsatish vazifalari «O’zKeysservis» qo’shma korxonasi zimmasiga yuklatilgan. «O’zKeysservis»ning faoliyat ko’rsatish strukturasi 1.6-rasmda keltirilgan. 3.5-rasm. O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligida amal qilayotgan FTS tizimining tashkiliy tuzilmasi 3.6-rasm. «O’zKeysservis» qo’shma korxonasi tomonidan zamonaviy texnika vositalariga ko’rsatilayotgan FTSning tashkiliy tuzilmasi Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlardagi Servis markazlari yuqori aniqlikdagi uskunalar va stendlar bilan jihozlangan, ta’mirlash va xizmat ko’rsatish tsexi, servis avtomashinalari, ehtiyot qismlar va ta’mirlash materiallari ombori hamda zamonaviy orgtexnika va aloqa vositalari bilan ta’minlangan ofisga ega. Dalalarda ishlayotgan mashinalarga FTS ko’rsatish tadbirlari Servis markazlarining ko’chma ustaxonalari mexaniklari tomonidan ado etiladi. Mazkur avtomashinalar texnika vositalarini joriy ta’mirlash va ularga servis ko’rsatish ishlarini bajarishda zarur bo’ladigan maxsus asbob va moslamalar bilan jihozlangan. Tuman MTPlari, fermer xo’jaliklari, klasterlar va boshqa sub’ektlarga tegishli «Keys» texnikalarining nosoz holatga kelib qolgan, ammo dalaning o’zida tuzatish imkoniyati bo’lmagan murakkab uzel va agregatlari viloyat Servis markazi ko’chma ustaxonalari mexaniklari tomonidan yechib olinadi va Markazga olib kelinadi. Viloyat Servis markazining dispetcheri to’planib qolgan nosoz uzel va agregatlarni tuzatish bo’yicha «O’zKeysservis» bosh ofisidagi Servis markaziga xabar beradi (talab jo’natadi). Bosh Servis markazi buyurtmachi viloyatga tezyurar yuk avtomashinasini jo’natadi va u yerdagi nosoz uzel va agregatlarni Markazga olib keladi. Markazning ta’mirlash va ehtiyot qismlar bo’yicha mutaxassislari ta’mirtalab uzel va agregatlarni turlari bo’yicha saralab chiqadi, so’ngra ularni viloyatlardagi tegishli ixtisoslashtirilgan tsexlarga jo’natadi. Masalan, nosoz yonilg’i nasoslari Toshkent Servis markazidagi tsexga, nosoz generatorlar Xorazmga avtomashinalarda yetkazib beriladi. Ta’mirdan chiqarilgan soz holatdagi uzel va agregatlar Bosh Servis markazga olib kelinadi va o’z buyurtmachilariga, ya’ni ularni yuborgan viloyat Servis markazlariga jo’natiladi. Viloyat Servis markazi va chetda joylashgan buyurtmachilar orasidagi masofalarning olisligi natijasida agrotexnik mavsumning qizigan davrida ba’zi mashinalarga o’z vaqtida FTS ko’rsatilmayapti, ular bekor turib qolyapti. Respublikamizga Germaniyaning «Klaas» kompaniyasidan olib kelina-yotgan va «O’zKlaasagro» QK tomonidan ishlab chiqarilayotgan zamonaviy texnika vositalariga «O’zKlaasservis» MCHJ mutaxassislari tomonidan FTS ko’rsatilmoqda. Mazkur servis tashkiloti respublika viloyatlarida o’z filiallariga, ehtiyot qismlar ombori, murakkab mashinalarni joriy va kapital ta’mirlash ustaxonasi hamda fermerlar dalalariga borib FTS ishlarini bajaruvchi bir qancha maxsus servis avtomashinalarga ega. «O’zKlaasservis» MCHJning Servis markazlari Respublikaning turli hududlaridagi fermer xo’jaliklari ixtiyoridagi «Klass» kompaniyasi texnikalariga kafolatli muddatlarida va kafolat muddatidan keyin FTS ko’rsatish, ustaxonalar va servis avtomashinalariga yetarli miqdordagi ehtiyot qismlarni yetkazib berish tadbirlarini amalga oshiradi. Galdagi muhim vazifa – Servis markazlarini zamonaviy ta’mirlash va TXK asbob-uskunalari hamda ko’chma ustaxonalar, malakali muhandis, texnik va chilangarlar bilan to’la butlash, texnikalarni to’g’ri ishlatish va ta’mirlash, mexanizator, muhandis va texniklarni malakasini oshirish uchun O’quv markazini tashkil etishdir. «Agromashxolding» OAJ tashabbusi bilan respublikamizda «Agroaltayservis» xo’jalik jamiyati shaklidagi servis tashkiloti barpo etildi. «Agroaltayservis» «Oltoy motor zavodi», «Volgograd traktor zavodi» (zanjirli traktorlar), «Vladimir motor-traktor zavodi» (g’ildirakli traktorlar), «Lipetsk traktor zavodi» (g’ildirakli traktorlar), «CHeboksar promtraktor» (bulьdozerli traktorlar), «Kurganmashzavod» (kichik traktorlar), «CHeboksar agregat zavodi» (traktorlar uchun ehtiyot qismlar) va «Krasnoyarsk kombayn zavodi» («Enisey» rusumli g’alla o’rish kombaynlari) kabi korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mashinalarga FTS ko’rsatish tadbirlarini bajarish majburiyatini olgan (1.7-rasm). Mazkur tizimning samarasini oshirish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish taklif etiladi: FTS ko’rsatish sistemasining strukturasi va uning elementlarini ilmiy jihatdan asoslash, natijalarini amaliyotga joriy etish; servis markazlarining ta’mirlash va xizmat ko’rsatish ob’ektlarini (ta’mirlash ustaxonalari, servis avtomashinalar soni, servis markazlari yoki ularning filiallarini joylashish manzillarini) tegishli tadqiqotlar o’tkazish yo’li bilan tanlash; mashinalarning ishdan tez chiqadigan detal, uzel va agregatlarini aniqlash. Uning natijalariga qarab ehtiyot qismlar zahirasini barpo etish; ish paytida haydov traktorlarida yuzaga keladigan nosozliklar turi va hajmiga doir talablar oqimining statistik parametrlarini aniqlash; talablar oqimini qondirish bo’yicha ilmiy jihatdan asoslangan muhandislik va FTS takliflarni ishlab chiqish; servis markazlarida FTS tadbirlari bilan shug’ullanadigan muhandis, texnik va chilangarlarni ularning mutaxassisliklari va malakaviy darajalariga qarab tanlash. 3.7-rasm. Mashinalarga «Agroaltayservis» sho’’ba korxonasi tomonidan ko’rsatilayotgan FTSning tashkiliy tuzilmasi «O’zqishloqxo’jalikmashxolding» kompaniyasi tugatilgandan keyin O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 7 apreldagi PQ-832-sonli «Qishloq xo’jaligi mashinasozligini yanada rivojlantirish va modernizatsiyalash choralari to’g’risida»gi qarori bilan sobiq Kompaniyaning viloyatlar, rayonlararo va rayon texnik markazlari hamda muqobil mashina-traktor parklari «Toshkent traktor zavodi» OAJ (hozirgi “Toshkent qishloq xo’jaligi texnikasi zavodi”) balansiga o’tkazildi. Bundan kelib chiqib, «Toshkent qishloq xo’jaligi texnikasi zavodi» OAJ mutaxassislari amaldagi FTS tizimining samaradorligini yanada oshirish uchun mavjud texnik markazlarda zamonaviy ta’mirlash-xizmat ko’rsatish bazalarini barpo etish, muqobil MTPlarga tegishli texnika parkini fermerlar yerlarini shudgorlash va urug’ ekishga tayyorlash, urug’ ekish, ekinlarni parvarishlash hamda ularni kasallik va zararkunandalardan himoya qilish, yetishtirilgan hosilni yig’ishtirib olish va tashish tadbirlarini optimal muddatlarda bajarish imkonini beradigan darajada mashina va mexanizmlar tizimi bilan butlash, ko’rsatilayotgan servis xizmatlar sifatini oshirish va bahosini pasaytirish yo’llarini belgilash kabi dolzarb masalalarning yechimlarini topishlari darkor. Rossiya Federatsiyasining «Rostqishmash» kombayn zavodi OAJdan import qilinayotgan «Don-1200», «Don-1500B», «Niva-Effekt» kabi g’alla kombaynlariga «O’zDonMash» OAJ O’zbekiston-Rossiya qo’shma korxonasi FTS ko’rsatmoqda (1.8-rasm). Servis – texnik markazi (STM) o’z Nizomi talablaridan kelib chiqib, g’alla kombaynlarning egalari (fermerlar, tuman va muqobil MTPlar hamda boshqa sub’ektlar) bilan tuzilgan ikki tomonlama shartnomalarga muvofiq quyidagi xizmatlarni ko’rsatmoqda: kombaynlarni sotishga tayyorlash: kombaynlarni uzil-kesil yig’ish va chiniqtirish, mexanizator va fermerlarni ulardan foydalanish qoidalariga o’qitish; 3.8-rasm. «O’zDonMash» qo’shma korxonasi tomonidan «Rostqishmash» zavodida ishlab chiqarilgan g’alla kombaynlariga ko’rsatilayotgan FTS tuzilmasi kombaynlarga ularning ikki yillik kafolatli muddatlarda servis ko’rsatish: «Rostqishmash», ya’ni zavod-ishlab chiqaruvchi hisobidan me’yoriy hujjatlarda belgilab qo’yilgan TXK ishlarini bajarish va ularda yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish; kombaynlarga ularning kafolatsiz muddatlarida xizmat ko’rsatish: texnika egalarini zarur ehtiyot qismlar bilan ta’minlash; rejali va buyurtma TXK ishlarini bajarish. Buyurtmali TXKda STM ko’chma ustaxonalari mexaniklari kombaynlarning o’rim paytida sodir bo’lgan nosozliklarini bartaraf qiladilar va buyurtmada ko’rsatilgan TXK yumushlarini ado etadilar. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling