2. Ma’ruza (2 soat) Mavzu: Statistik jadvallar, belgilar tasnifi, variatsion qator tuzish


Download 20.65 Kb.
bet2/4
Sana11.05.2023
Hajmi20.65 Kb.
#1454296
1   2   3   4
Bog'liq
Маъруза материали 2

Chastotalar – ushbu to‘plamdagi alohida variantalar necha marta uchrashishni ko‘rsatadi.
Masalan: G‘o‘za poyasidagi ko‘saklar soni

X:

20

22

24

26

27

28

31

32

P:

4

5

6

7

4

3

2

2

p = n n=33
Variatsion qatorlar tuzishda belgilar katta harflar bilan, masalan: X, Y, Z; belgining qiymatlari kichik harflar bilan, masalan: x1, x2, x3; y1, y2, y3; chastotalari R harfi bilan, tanlanma to‘plam va bosh to‘plam hajmlari tegishlicha n, N bilan belgilanadi.
CHastotalar yig‘indisi to‘plam hajmiga teng: ∑P = n
CHastotalar sonlarda, son ulushlarda va foiz ulushlarda ham ifodalanishi mumkin.
Endi bunday savollarni qo‘yish mumkin. Ko‘saklar soni 20 tadan kam g‘o‘zalar soni qancha? Bunday g‘o‘zalar yo‘q (0).
Ko‘saklari 22 tadan kam g‘o‘zalar soni qancha? 4 ta.
Ko‘saklari 24 tadan kam g‘o‘zalar soni 9 ta va hokazo.
Shunday yo‘l bilan 0, 4, 9, 15, 22, 26, 29, 31, 33 (oxirgi son to‘plam hajmiga teng) sonlarni hosil qilamiz. Bu sonlar birinchi variantadan boshlab hamma variantalar chastotalarini ketma – ket qo‘yishdan hosil bo‘ladi. Bunday sonlarni yig‘ilgan chastotalar yoki to‘ldirilgan chastotalar deyiladi.
Masalan: P: 4, 9, 15, 22, 26, 29, 31, 33
Variatsion qatorlar intervalsiz va intervalli bo‘lishi mumkin.
Intervalsiz variatsion qatorlar belgining o‘zgaruvchanligi katta bo‘lmagan hollarda hamda kuzatuvlar soni ko‘pincha 30 dan oshmagan kichik tanlanmalar uchun tuzish mumkin.
Belgining o‘zgaruvchanligi katta bo‘lgan hollarda hamda kuzatuvlar soni 30 – 40 dan ortiq bo‘lgan katta tanlanmalar uchun intervalli variatsion qatorlar tuziladi.
Intervalli variatsion qatorlar tuzishda belgining barcha qiymatlari teng intervallarga yoki sinflarga bo‘linadi. Bunda sinfiy interval kattaligi aniqlanadi.

Download 20.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling