2-ma’ruza. Amaliy dasturiy vositalar


Amaliy dasturiy vositalar


Download 85.46 Kb.
bet2/12
Sana08.01.2022
Hajmi85.46 Kb.
#245783
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2-Maruza

1.Amaliy dasturiy vositalar.

Amaliy dastur ta’minot (application software) – bu foydalanuvchilar vazifalarini bajarishga mo’ljallangan va do’stona foydalanuvchi interfeysiga ega bo’lgan dasturiy ta’minotdir.Amaliy dasturiy ta’minot kompyuterning apparat ta’minoti bilan bevosita o’za roaloqa qilmaydi. Masalan, bunga matn prosessorni, grafik muharirlari, elektron jadvallar, buxgalteriya dasturlari kabi foydalanuvchi topshiriqlarini kirituvchilarni keltirish mumkin.

2.Amaliy dasturiy vositalarning tasnifi.

Amaliy dasturiy ta’minotni quyidagicha tasniflash mumkin. Muammogayo‘naltirilgan ADTga quyidagilar kiradi:

- buxgalteriya uchun DT;

- personalni boshqarish DT;

-jarayonlarni boshqarish DT;

- bank axborot tizimlari va boshqalar.




Umumiy maqsadli ADT - soha mutaxassisi bo’lgan foydalanuvchi axborot texnologiyasini qo’llaganda uning ishiga yordam beruvchi ko‘plab dasturlami o‘z ichiga oladi. Bular:

- kompyuterlarda maiumotlar bazasini tashkil etish va saqlashni ta’minlovchi maiumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT);

- matnli hujjatlami avtomatik ravishda bichimlashtiruvchi, ulami tegishli holatda rasmiylashtiruvchi va chop etuvchi matn protsessorlari;

- grafik muharrirlar;

- hisoblashlar uchun qulay muhitni ta’minlovchi jadval protsessorlari;

- taqdimot qilish vositalari, ya’ni tasvirlar hosil qilish, ulami ekranda namoyish etish, slaydlar, animatsiya,filmlar tayyorlashga moijallangan maxsus dasturlar.

Ofis ADT idora faoliyatini tashkiliy boshqarishni ta’minlovchi dasturlami o‘z ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi:

- rejalovchi yoki organayzerlar, ya’ni ish vaqtini rejalashtiruvchi, uchrashuvlar bayonnomalarini, jadvallarni tuzuvchi, telefon va yozuv kitoblarini olib boruvchi dasturlar;

- tarjimon dasturlar, ya’ni berilgan boshlang‘ich matnni ko‘rsatilgan tilga tarjima qilishga mo’ljallangandasturlar;

- skaner yordamida o‘qilgan axborotni tanib oluvchi va matnli ifodaga o‘zgartiruvchi dasturiy vositalar;

- tarmoqdagi uzoq masofada joylashgan abonent bilan foydalanuvchi orasidagi o‘zaro muloqotni tashkil

etuvchi kommunikatsion dasturlar. Kichik nashriyot tizimlari «kompyuterli nashriyot faoliyati» axborot texnologiyasini ta’minlaydi, matnni bichimga solish va tahrirlash, avtomatik ravishda betlarga ajratish, xat boshlarini yaratish, rangli grafikani matn orasiga qo‘yish va hokazolami bajaradi. Multimedia dasturiy vositalari dasturiy mahsulotlarning nisbatan yangi sinfi hisoblanadi. U ma’lumotlarni qayta ishlash muhitining o‘zgarishi, lazerli disklarning paydo bo‘lishi, ma’lumotlarning tarmoqli texnologiyalarining rivojlanishi natijasida shakllandi.

Sun’iy intellekt tizimlari. Bu sohadagi izlanishlarnii to'rt yo‘nalishga bo’lish mumkin:

- Ijodiy jarayonlarni imitatsiya qiluvchi tizimlar.Ushbu yo‘nalish kompyuterda o‘yinlami (shaxmat, shashka va h.k.) dasturlash va boshqalami amalga oshiradigan dasturiy ta’minotni yaratish bilan shug‘ullanadi.

- Bilimlarga asoslangan intellektual tizimlar.Ushbu yo‘nalishdagi muhim natijalardan biri ekspert tizimlarning yaratilishi hisoblanadi. Shu tufayli sun’iy intellekt tizimlarini ma'lum va kichik sohalarning eksperti sifatida tan olinishi va qo’llanishi mumkin.

- EHMlaming yangi arxitekturasini yaratish. Bu yo‘nalish sun'iy tafakkur mashinalari (beshinchi avlod EHMlari) ni yaratish muammolarini o‘rganadi.

- Intellektual robotlar.

Bu yo‘nalish oldindan qo‘yilgan manzil va maqsadga erisha oladigan intellektual robotlar avlodini yaratish muammolari bilan shug‘ullanadi.




Download 85.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling