2-ma’ruza: armaturaning fizik-mexanik xossalari. Beton va armaturaning me'yoriy va hisobiy qarshiliklari. Temirbeton konstruksiyalarning kuchlanish-deformatsiyalanish holatining uch bosqichi. Oldindan zo‘riqtirilgan temirbeton konstruksiyalarni
Betonning me’yoriy va hisobiy qarshiliklari
Download 211.04 Kb.
|
2-MA’RUZA
Betonning me’yoriy va hisobiy qarshiliklari.
Betonning mustahkamlik xarakteristikasi o‘zgaruvchan kattalik hisoblanadi. Hatto bir beton qorishmasidan tayyorlangan namunalar sinalganda ular turli mustahkamlikka ega bo‘lib, bu esa uning tarkibini bir xil emasligi va sinash sharoitining har xilligi bilan izohlanadi. Konstruksiyadagi beton mustahkamligini o‘zgaruvchanligiga uskuna sifati, ishchilarning malakasi, beton turi, qotish sharoiti va boshqa omillar ta’sir qiladi. Shuning uchun konstruksiyaning etarli ishonchliligini ta’minlashga ma’lum sinfidagi beton uchun Shunday mustahkamlik qiymati belgilanishi kerakki, u ko‘p xolatlarda talab qilingan konstruksiya mustahkamligidan kam bo‘lmasin. Beton mustahkamlik xarakteristikasi umuman ma’lum xarakterga ega bo‘lib, u extimollik-statistik qonunlariga bo‘ysunadi. Hisob ishlarida betonning mustahkamlik xarakteristikasini aniqlashda ehtimollik nazariyasi usulidan foydalaniladi. Ammo konstruksiyani tayyorlashda beton qorishmasini tashishda, betonni quyishda, shibbalashda, qotish jarayonida va boshqa ko‘prina omillar betonning mustahkamligiga ta’sir ko‘rsatadi, bu esa o‘z navbatida me’yoriy qiymatdan ma’lum miqdorga farq qilishiga olib keladi. Bu farqlarni statistik yo‘l bilan to‘liq hisobga olishning imkoni yo‘q. Shuning uchun, betonning mustahkamligidagi farqi b ishonchlilik koeffitsienti orqali hisobga olinadi va betonning me’yoriy qarshiligiga bo‘linadi. Konstruksiyaning mustahkamligi betonni siqishga bo‘lgan Rbn prizma mustahkamligi bo‘yicha baholanadi. Unda betonning hisobiy qarshiligi chegaraviy holatning birinchi guruxi bo‘yiga quyidagi formula orqali aniqlanadi. , (1.14) bunda bs=1,3-betonni siqishdagi ishonchlilik koeffitsienti; bt=1,5-betonni cho‘zishdagi ishonchlilik koeffitsienti. Betonning cho‘zilishdagi mustahkamligi siqishdagi mustahkamligini orqali empirik formula bo‘yicha aniqlanganda uning miqdori siqishdagi mustahkamligiga qaraganda katta o‘zgaruvchanlikka ega, negaki unga formulaning noaniqligi ta’sir ko‘rsatadi, Shuning uchun cho‘zilishga bo‘lgan mustahkamlik koeffitsienti -bt, koeffitsient bc qiymatidan katta bo‘ladi. Chegaraviy holatni ikkinchi guruhi bo‘yicha betonning hisobiy qarshiligi [9] b=l(bC=bt=l) me’yoriy qiymatiga teng deb qabul qilinadi: Rb,ser=Rbn; Rbt,ser=Rbtn Bunda, konstruksiya ishonchliligini ta’minlash uchun hisobga kiritilgan zaxira omili bo‘lib hisoblanadi. Betonning hisobiy va me’yoriy qarshiliklari Rb; Rbt; Rb.ser Rbt,ser va Eb 1,2-jadvalda keltirilgan. Chegaraviy holatning birinchi guruxi bo‘yicha temirbeton konstruksiyasini hisoblashda betonning hisobiy qarshiligi, ishlash sharoiti koeffitsient -bi bilan birgalikda hisobga olinadi va u 1<bi<1 bo‘lishi mumkin, ular betonga turli omillar ta’sirida mustahkamligini o‘zgarishini hisobga oladi. Masalan: bi=0,5...1,0-ko‘p takrorlanadigan yuk ta’siri oqibatida. Bu koeffitsient betonni chidamlilikka hisoblashda foydalaniladi. b2=0.85...1.0 konstruksiyaning mustahkamlikka hisoblashda ishlatiladi. b2 koeffitsienti betonning vaqtincha va uzoq muddatli qarshiligi orasidagi farqni hisobga oladi. Bu farq eksperimentlarning ko‘rsatishi bo‘yicha 20... 25% ga etadi. Bundan tashqari, koeffitsient qiymatiga beton mustahkamligini ortib borishi va uning tarkibi ham ta’sir etadi: b5=0,85 -ko‘ndalang kesimining yuzasi 30sm dan kam bo‘lmagan monolit ustunlar uchun. b7=0,85-quyosh radiatsiyasi ta’siridan himoyalanmagan beton konstruksiyalar uchun. Bu koeffitsient Markaziy Osiyo hududi uchun juda muhim hisoblanadi. Bu mintaqada beton 500 S va undan ortiq darajada qiziydi natijada mustahkamligi kamayadi. Ishlash sharoiti bo‘yicha koeffitsientlari bir-biridan qat’iy nazar qo‘llaniladi, ammo ularning qiymati 0,45 dan kam bo‘lmasligi kerak. Ishlash sharoiti bo‘yicha koeffitsientlari bl b2 b6 b7 b9 b11 ma’lum hisobiy qarshiliklar Rb va Rbt hisobga olishda foydalaniladi. (4-ilova) Rbt,ser aniqlashda b4 koeffitsienti, qolgan b3; b5; b8; b10; b12; koeffitsientlari esa faqat Rb ni aniqlashda ishlatiladi. [9] Temirbeton konstruksiyasini hisoblashda chegaraviy holatning II guruxi uchun b=l koeffitsient qabul qilingan. Bunda qiya kesim bo‘yicha (b≤l) hisobga olinmaydi. 1> Download 211.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling