3- mavzu Temir beton konstruksiyalri uchun mteriallar Betonning turlari va xossalari Betonning me’yoriy va hisobiy qarshiligi


Download 8.72 Kb.
bet1/3
Sana24.04.2023
Hajmi8.72 Kb.
#1395597
  1   2   3
Bog'liq
3- mavzu Temir beton konstruksiyalri uchun mteriallar Betonning -www.hozir.org


3- mavzu Temir beton konstruksiyalri uchun mteriallar Betonning turlari va xossalari Betonning me’yoriy va hisobiy qarshiligi

3- mavzu Temir beton konstruksiyalri uchun mteriallar Betonning turlari va xossalari Betonning me’yoriy va hisobiy qarshiligi

Temirbeton konstruksiyalar — temirbetonlai tayyorlangan elementlar va ularning birikmalari. Tayyorlanish usuliga koʻra, monolit (yaxlit), yigʻma va yigʻmakuyma xillari boʻladi. Temirbeton konstruksiyalar k. yangi paydo boʻlgan davrlarda (19-asr oxiri, 20-asr boshlari) monolit varianti kengtarkaldi. 20-asr oʻrtalaridan boshlab yigʻma Temirbeton konstruksiyalar k. ham paydo boʻla boshladi. Endilikda qurilishni yigʻma Temirbeton konstruksiyalar k. siz tasavvur etib boʻlmaydi. Monolit Temirbeton konstruksiyalar k. poydevorlar, gidrotexnika va melioratsiya inshootlari, rezervuarlar, suv bosimi minoralari, bunker va silos minoralari qurishda ishlatiladi. Ayniqsa, zilzilabardosh imoratlarni qurishda juda qoʻl keladi, chunki poydevor, ustun, toʻsin va yopmalarning yaxlit holda ishlanishi binoning zilzila bardoshligini taʼminlaydi. Yigʻma Temirbeton konstruksiyalar k. ixtisoslashgan zdlarda, mexanizatsiyalashgan ochiq poligonlarda yoki qurilish maydonlarida tayyorlanadi va inshoot kuriladigan joyga tashib keltirilib, koʻtarish kranlari vositasida yigʻiladi (montaj qilinadi). Yigʻma Temirbeton konstruksiyalar k. ning monolit konstruksiyalardan afzalligi shundaki, qolip tayyorlash uchun ketadigan mehnat va yogʻoch sarfi bir necha marta qisqaradi (Oʻzbekistonda yogʻoch kamligi uchun buning ahamiyati katta), qurilish muddati kamayadi va narxi ham ancha arzonlashadi, konstruksiyalarning sifati ortadi.

Quyma temir beton konstruksiya

Temirbeton - beton va poʻlat armatura birikmasidan iborat konstruksiya va buyumlarning umumiy nomi. Temirbeton 19-asrda kashf etilgan. Temirbeton buyumlarga birinchi patentlar Fransiyada (Lambao, 1850; Kuanye, 1854; Monye, 1867), Angliyada (Uilkinson, 1854) va AQSH da (Giatt, 1855—87) berilgan. Oʻzbekistonda Temirbeton konstruksiyalar 19-asr 70y.laridan tatbiq eta boshlangan. Temirbetonda zoʻriqishlarni qabul qilishda har ikkala material (beton va poʻlat) baravar ishlaydi. Betonning choʻzilishga mustahkamligi siqilishga mustahkamligidan ancha (10—20 marta) past. Poʻlat armatura esa choʻzilishga ham, siqilishga ham birday ishlaydi. Agar betonga armatura qoʻshilsa, uning choʻzilishga mustahkamligi ancha ortadi. Betonning poʻlat armaturaga yaxshi yopishuvi, poʻlat bilan ogʻir betonning tra taʼsirida chizikli kengayish koeffitsiyentlari bir-biriga juda yaqinligi (beton uchun aBq(lsl,5)10~5; armatura uchun avq1,210~5) Temirbetonni hosil qilishga imkon beradi. Bundan tashqari, beton armaturaga zich yopishib, uni zanglash va yongʻindan asraydi. Temirbetondan poydevor bloklar, devor va qavatlararo panellar, yopma plitalar, yigʻma zinalar, ustun va toʻsinlar, ustunqoziklar, arka va fermalar va boshqa tayyorlanadi.


Download 8.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling