3- mavzu Temir beton konstruksiyalri uchun mteriallar Betonning turlari va xossalari Betonning me’yoriy va hisobiy qarshiligi


Download 8.72 Kb.
bet3/3
Sana24.04.2023
Hajmi8.72 Kb.
#1395597
1   2   3
Bog'liq
3- mavzu Temir beton konstruksiyalri uchun mteriallar Betonning -www.hozir.org

Betonning hisobiy qarshiliklari CHegaraviy holatlarning birinchi guruhi uchun beriladigan betonning hisobiy qarshiliklari Rb va Rbt ning ishonchlilik darajasi 0,997 ga teng. Ularning qiymatlari me’yoriy qarshiliklarni ishonchlilik koeffitsientiga bo’lish orqali aniqlanadi: Siqilish uchun Rb=Rbn/bs CHo’zilish uchun Rbt=Rbtn/bt bu yerda bs va bt - betonning siqilish va cho’zilishdagi ishonchlilik koeffitsientlari. Betonning siqilishdagi mustahkamligi bo’yicha klassini belgilashda bs=1,3, cho’zilish bo’yicha esa bt=1,5 olinadi. Lozim bo’lgan hollarda betonning hisobiy qarshiligi ish sharoiti koeffitsienti bi ga ko’paytiriladi. Mazkur koeffitsient elementning ishlash sharoiti, ish bosqichlari, kesim o’lchamlari va boshqa omillarga qarab birdan katta yoki kichik bo’lishi mumkin. Ko’p karra takrorlanuvchi yuklarda betonning hisobiy qarshiliklari Rb va Rbt ish sharoiti koeffitsienti b11 ga ko’paytiriladi. b1 ning qiymati kuchlanishlar tsiklining nosimmetrik koeffitsienti b=b,min/b,max hamda betonning turi va namligiga bog’liq holda aniqlanadi. Konstruktsiyani uzoq muddatli yuk ta’siriga hisoblashda agar beton mustahkamligining oshib borishini ta’minlovchi sharoit mavjud bo’lmasa (masalan, atrof muhit namligi 75 foizdan yuqori bo’lsa), u holda og’ir betonning hisobiy qarshiligi b2=0,9 ga ko’paytiriladi. Ko’tarma kran, shamol, zilzila, portlash singari qisqa muddatli yuklar ta’sir etsa, b2=1,1 olinadi.

Betonning cho’zilish mustahkamligi bo’yicha klasslari Bt miqdor jihatidan uning cho’zilishdagi mustahkamligiga teng bo’lib 0,95 aniqlikda (8.2) formuladan aniqlanadi. Betonning mustahkamligiga baho beradigan asosiy ko’rsatkich uning kubik mustahkamligidir. Betonning siqilish mustahkamligi bo’yicha klassi - V beton kublarni sinash yo’li bilan aniqlanadi. Kubning qirralari 15 sm dan bo’lib, 28 sutka mobaynida 202S haroratda, havo namligi 95% dan kam bo’lmagan sharoitda saqlangandan keyin sinaladi. Betonning kubik mustahkamligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi: Fu (3) RAb,tot bu yerda Fu-buzuvchi kuch; Ab,tot - kubikning ko’ndalang kesim yuzi. Beton va temirbeton konstruktsiyalar uchun og’ir betonning siqilishga bo’lgan mustahkamligi bo’yicha quyidagi klasslar ko’zda tutilgan: V3,5; V5; V7,5; V10; V12,5; V15; V20; V25; V30; V35; V40; V45; V50; V55; V60. Og’ir betondan ishlanadigan temirbeton konstruktsiyalarda klassi V7,5 dan past bo’lgan betonlarni qo’llash ruxsat etilmaydi. Takroriy yuklar ta’sir etadigan konstruktsiyalarda klassi V15 dan yuqori bo’lgan betonlar qo’llaniladi. Siqiluvchi temirbeton elementlari V15 dan kam bo’lmagan betonlardan va katta yuk ostida bo’ladigan konstruktsiyalarda esa (masalan, ko’p qavatli binolarning quyi qavat ustunlarida) klassi V25 dan kam bo’lmagan betonlar qo’llash tavsiya etiladi. Zo’riqtirilgan elementlar uchun V20...V60 bo’lgan beton klasslari ishlatiladi. Hisob ishlarida betonning prizmatik mustahkamligi qo’llaniladi. Betonning prizmatik mustahkamligi kubik mustahkamligining 72-77% ini tashkil etadi: Rb=0,75R.

Salomat bo’ling!!!



http://hozir.org
Download 8.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling