2-ma’ruza. Faoliyat xavfsizligini ta’minlashning ergonomika va psixologik asoslari


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/13
Sana06.08.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1665480
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2-ma’ruza. Faoliyat xavfsizligini ta’minlashning ergonomika va p



2-ma’ruza. Faoliyat xavfsizligini ta’minlashning ergonomika va psixologik 
asoslari. Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini boshqarish tizimini tashkil 
qilishIshlab chiqarishda sodir bo’ladigan baxtsiz hodisalar va kasb 
kasalliklari
. (2-soat)
Reja
1
. Faoliyat xavfsizligini ta’minlashning ergonomik asoslari 
2.Faoliyat xavfsizligini ta’minlashning e psixologik asoslari 
3. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tahlil etish usullari 
4. Sanoat korxonalarida baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini tekshirish va hisobga 
olish 
5. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olishda N-1 
shakldagi dalolatnoma. 
 
Ergonomika ilmiy fan bo’lib, u texnika, psixologiya, fiziologiya va gigiyena fanlarining
birikishidan paydo bolgan. Unda anatomiya, biomexanika, toksikologiya, antropometriya
va biofizika fanlarining ma'lumotlari qo’llaniladi. 
Ergonomika mehnat jarayonlarida qulay (optimal) sharoitlarni yaratish maqsadida 
insonning funksional imkoniyatlarini va afzalliklarini o'rganadi. Bunda mehnat yuqori unumli va 
ishonchli bo’lab hamda intellektual va flzik rivojlanishga yangi imkoniyatlar ochadi. Boshqacha 
qilib aytganda, inson tavsiflari bilan muhit tavsiflari o'rtasida ma'lum kelishuvchanlik haqida so'z 
boradi.
Albatta bunda o'ziga yarasha hayot faoliyati xavfsizligining ayrim masalalari yechiladi. Lekin 
bu soha bilimlarini bir-biriga tenglashtirmoq to’g’ri kelmaydi. Qisman ergonomika texnikani 
insonlarga moslashtirishga intiladi, ammo bu masala har doim ham yechilavermaydi. HFX esa 
insonni texnikaga moslashtirish muammolarini ko'radi.
Ergonomika - mehnat qonuniyatlari va ishchi jarayonlar haqidagi fandir. Ergonomika 
tushunchasi grekcha “ish va qonun” degan so'zlardan kelib chiqqandir. Ergonomika so'zini 
birinchi bo'lib, 1875- yili o'zining “Ergonomika jihatilari, ya’ni mehnat haqidagi fan” degan
ishida polyak olimi Yastshembovskiy taklif qilgan. 
Yangi ilmiy fanni yaratish g'oyasi boshida 1921 yilda sobiq ittifoq olimlari Bexterev V.M. 
va Myasnitsev V.N.lar uni “egologiya” keyin “ergonologiya” deb atashni taklif qilishgan. 
1949 yilda Angliyada yangi ilmiy fanni yaratish uchun fanning har xil sohalaridan bir guruh 
mutaxassislar birikkanlarida ergonomika tushunchasi qabul qilindi. Bu tushuncha asta-sekin keng 
tarqala boshladi, nainki u bilan birgalikda boshqa ta'riflar ham ishlatilib kelindi; misol: inson 
injeneriyasi, muhandislik psixologiyasi, inson-mashina tizimida izlash, inson omillari kabi 
tushunchalar. 
Ergonomika texnika rivojlanishining ma'lum etapi (bosqichi)da paydo bo'lgan bo’ lib, ishlab 
chiqarishda muhim muammolarni yechishda zarur shart-sharoitdir. Yangi jihoz va unga to'g'ri 
kelgan ishlab chiqarish muhitini loyihalashda sodir bo'ladigan ko'pchilik savollarni faqat soglom 
fikr asosida yechish mumkin bo'lmaganda, ergonomikaga murojaat qilinadi. 
Ergonomika fanining maqsadi - mashina va ishlab chiqarish qurollarining o'lcham 
(parametr)larini hamda ishlab chiqarish muhitini inson ehtiyojlariga moslashtirishdir, ya'ni mehnat 
jarayonlarini me'yorlash (optimallashtirish) va hamma ko'ngilsiz ishlab chiqarish omillarini 
bartaraf qilish yoki maksimal kamaytirishdan iboratdir. 
Ishlab chiqarishda yechiladigan asosiy ergonomik vazifalarni quyidagi tartibda sinflashimiz 
va turlarga bo' lishimiz mumkin: 


1. Psixologik yuklanishni kamaytirish (nazorat tizimlarini avtomatlashtirish; ishlab chiqarish 
jarayonlarini stabillashtirish; ish xavfsizligini ta'minlash; jihozlar ishining ishonchliligini 
ta'minlash; me'yoriy darajagacha ma'lumotlar hajmini kamaytirish; sozlash va nazoratning qulay 
(qulay) tizimlarini tashkil qilish; nazorat va sozlash tizimlarini markazlashtnrish) ; 
2. Shinam ishchi muhitini ta' minlash ( ishlab chiqarish ziddiyatini yaxshilash) ; 
3. Ishning qulayligini ta’ minlash- bunda qulay bo'lgan jihoz, mebel, asbob, maxsus 
kiyimlarni yaratish va ishlatish, hamma jihozlarni badiiy konstruksiyalarini yaxshilash kiradi; 
4. Ishlab chiqarishni qulay tashkil qilish (jihozlarni qulay joylashtirish; ishchi zonani to'g'ri 
tashkil qilish; tashish va ortish ishlarini kamaytirish; ishlash va dam olishni to' g' ri tashkil qilish; 
maishiy xizmat qilishni to’ g’ ri tashkil qilish) ; 
5. Kadrlar bilan ishlash (bunga kasbiy tanlash, yo’riqnomalar o’tkazish, tajriba almashish, 
kasbiy o'qitish va malaka oshirish kiradi); 
6. Fiziologik yuklanishni kamaytirish (shinam havo iqlimini va yorugligini yaratish; shovqin 
va titrashga qarshi kurash tadbirlari; ish jarayonlarni mexanizatsiyalash va avtomatizatsiyalash 
hamda jihozlarni yaratish; ish joyini to’g’ri tashkil qilish; ishchi zonani to'g'ri ta'minlash; qulay 
harakatlanishni tanlash; boshqarish qismlarini to’g'ri tanlash va joylashtirish; boshqarishni 
markazlashtirish. 
Operatorning sezgi a’zolariga ta’sir qilishga qarab MAEV quyidagi: vizual, akustik va taktik 
turlarga bo’linadi. 
MAEVlarga quyidagilar: yozuvli yoki simvolli tahtani yorituvchi cho’g’lanuvchi lampalar, 
strelkali-shkalali o’lchov asboblari, har xil ko’rsatkichlar, hisoblagichlar, ovozli ohanglar, 
sirenalar, ekranlar, sxemalar va hokazolar kiradi. 
1-jadvalda boshqaruv qism (organ)lariga qo'yiladigan optimal kuch qiymatlari keltirilgan. 
Boshqarish qismlari va ma'lumotlarni aks ettiruvchi vositalar bir xil seziladigan va tez topiladigan 
joyda o'rnatilgan bolishi lozim. Buning uchun ularga yoki ular joylashgan yerda tushuntirish 
yozuvlari yoki ma’noli simvollar keltirilishi hamda ularni bir xil olcham, shakl va ranglarda 
ishlanishi lozim. 


1 -jadval 

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling