2-ma’ruza. Global iqlim o’zgarishi va uning biologik xilma-xillikka ta’siri


Iqlim oʻzgarishiga antropogen ta’sirlar


Download 31.72 Kb.
bet4/6
Sana16.06.2023
Hajmi31.72 Kb.
#1510365
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-ma\'ruza

Iqlim oʻzgarishiga antropogen ta’sirlar. Antropogen omillar jumlasiga
atrof-muhitni oʻzgartiruvchi va iqlimga ta’sir qiluvchi inson faoliyati xam
kiritiladi. Ba’zi xollarda, sabab-oqibat aloqalari bevosita yuz beradi va ikki xil
ma’noga ega emas, masalan, sugʻorishning xaroratga va namlikka ta’sirida buni
yaqqol kuzatish mumkin boʻlsa, boshqa xolatlarda bu uncha koʻzga tashlanmaydi.
Yerdan foydalanish, ozon qatlamining yemirilishi, chorvachilik va oʻrmonlarning
kesilishi kabi boshqa omillar xam ikpimga ta’sir kiladi. Parnik gazlari Parnik
gazlari global isib ketishning asosiy sababchisi, deb sanaladi.
Tadqiqotlarga koʻra, atmosferaning parnik gazlar toʻsib qolgan issiqlik
energiyasi bilan isishi natijasida yuzaga keladigan parnik ta’siri yer xaroratini
tartibga soluvchi eng muhim jarayon xisoblanadi. 1950-yildan buyon uglerod
dioksidining tobora oʻsib kelayotgan darajasi global isib ketishning asosiy sababi
deyiladi.
Yerdan foydalanish va uning tartibi yerdan foydalanish iqlim oʻzgarishiga
sezilarli ta’sir kiladi. Sugʻorish, daraxtlarni kesish va qishloqxoʻjaligi atrof-muxitni
tubdan oʻzgartirib yuboradi. Masalan, sugʻoriladigan yerlarda suv muvozanati
oʻzgaradi. Shuningdek, yerdan foydalanish aloxida olingan xududning albedosini
oʻzgartirib yuboradi, chunki u yuza qatlamining xususiyatiga ta’sir qiladi va bu
bilan yutilayotgan quyosh nuriga xam oʻzgaradi. Masalan, Gretsiya va Oʻrta yer dengizi atrofidagi boshqa mamlakatlarning iqlimi eramizdan avvalgi 700-yildan boshlab, eramizning boshigacha boʻlgan davrda yalpi tarzda daraxtlar kesilganligi (daraxtlardan qurilishda, kema qurishda va yoqilgi sifatida foydalanilgan) sababli oʻzgarib ketgan, deb faraz kilishga aniq sabablar bor. Buning natijasida uning iqlimi ancha issiq va quruqlashib ketgan, o’sha davrda kema qurishda ishlatilgan daraxt turlari esa bu xududda boshqa oʻsmaydi. Iqlim oʻzgarishiga antropogen ta’sir haqida keyinchalik batafsiz fikr
yuritamiz.

Download 31.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling