2-ma’ruza. Global iqlim o’zgarishi va uning biologik xilma-xillikka ta’siri


Download 31.72 Kb.
bet1/6
Sana16.06.2023
Hajmi31.72 Kb.
#1510365
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-ma\'ruza


2-MA’RUZA. GLOBAL IQLIM O’ZGARISHI VA UNING BIOLOGIK XILMA-XILLIKKA TA’SIRI.
Reja:

  1. Iqlimning oʻzgarishi.

  2. Iqlim oʻzgarishining hayvonot va o’simlik dunyosiga ta’siri.

  3. Iqlim o’zgarishini oldini olish bo’yicha chora tadbirlar

Olimlarning fikricha, oʻrmon yongʻinlari oqibatida atmosferaga chiqayotgan karbonad kislotasi sanoat chiqindilarining 50 foiziga teng ekan. Havoga koʻtarilgan tutun atmosferaning yuqori qatlamida kuyindi zarralarini koʻpaytiradi. Oqibatda, sayyoramizga Quyoshdan kelayotgan issiqlik energiyasi qaytadan koinotga yoyilish oʻrniga, Yerning oʻzida qolib, “bugʻxona hodisasi“ni keltirib chiqarmoqda. Oʻzbekiston hududi boʻyicha iqlim monitoringi ma’lumotlari XX asr va XXI asr boshlarida isishning turgʻun tamoyilini koʻrsatmoqda, uning surʻati oʻn yillik uchun 0,2 C dan oshadi, bu shimoliy yarimshar boʻyicha isishning oʻrtacha surʻatidan 40 % ga ortiqdir. Global isish mintaqadagi iqlimiy sharoitlarni murakkablashtirib, yozgi mavsumda - qurgʻoqchilik va jaziramani kuchaytirgan, qishki qahratonni esa uzaytirgan. Orol boʻyida selsiy boʻyicha 40 daraja issiqdan ortiqni tashkil qilgan kunlar ikki baravarga oshgan. Inson oʻz faoliyati bilan Yer yuzidagi muzliklarga tuzatib boʻlmas zarar yetkazgan, deya aytilmoqda. Ba’zi


olimlar Shimoliy qutb, Arktikadagi muzliklar kelgusi 40-50 yil mobaynida
butunlay erib ketib, ummon sathi 7 metrga qadar koʻtarilib ketishi mumkinligi
haqida ogohlantirmoqdalar. Lekin boshqa olimlar bu kabi ehtimolni rad etadilar.
Yer iqlimi isishining Shimoliy va Janubiy qutblardagi muzliklarga ta’sirini
oʻrganish uchun 2007-yil mart oyida "Xalqaro Qutblar Yili" nomi ostida ikki yillik
tadqiqotlar loyihasi ish boshlagan. Markaziy Osiyoda esa muzli qoyalar asosiy suv
manbai hisoblanadi. Ba’zi ekologlarga koʻra bu muzliklarning 30 foizi hozirga
qadar erib ketgan.
Atmosfera - atmosfera sharoitida issiqlikni Yer tizimida olish, uzatish, oʻtkazish va yoʻqotish kabi murakkab jarayonlari bilan xarakterlanadi. Toʻgʻridantoʻgʻri quyosh radiatsiyasi atmosferadan oʻtib va tarqatilgan radiatsiya atmosferada qisman aks etadi. Ammo koʻp miqdorda u nurni oʻziga yutadi va suv havzalari, tuproq yuzalarini isitadi. Yer yuza qismi infraqizil radiatsiyani oʻzidan chiqarib, uni atmosfera yutib, isiydi. Atmosfera oʻz navbatida infraqizil radiatsiyani oʻzidan chiqaradi, uni esa yer yuzasi oʻziga qamrab oladi. Yer va atmosfera radiatsiyasi birgalikda doimo dunyo miqyosiga chiqarib turiladi va quyosh radiatsiyasi bilan birgalikda quyosh radiatsiyasini sayyoramizga kelishini tenglashtiradi. Quyosh nuri energiyasining bir qismi Yer yuzasi va atmosferani isitishga yoʻnaltiriladi. Nurlanish yoʻli bilan issiqlik almashinuvidan tashqari, Yer yuzasi va atmosfera oʻrtasida issiqlik almashuvi issiqlik oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Atmosfera ichida issiqlik oʻtkazishda vertikal yoʻnalishda havoni
aralashtirish muhim ahamiyatga ega. Yer yuzasiga tushadigan issiqlikning katta
qismi suvni isitishga sarflanadi. Atmosferada suv bugʻi yigʻilishi natijasida issiqlik
chiqadi, u esa oʻz navbatida havoni isitishga yoʻnaltiriladi. Issiqlik almashuvi havo
oqimi orqali issiqlikni gorizontal oʻtkazish muhim jarayondir. Havo harorati
havoni gorizontal tarzda okeandan quruqlikka, quruqlikdan okeanga oʻtishi,
radiatsiyani turli darajada qamrab olishi va turli qizishiga qarab, quruqlik va
dengizlarni taqsimlanishiga, kengliklar boʻyicha quyosh radiatsiyasini kelishiga
qarab sutkali va yillik yurishi boʻladi.
Atmosfera va yer yuza qismi oʻrtasida doimiy namlik almashuvi yuz beradi.
Suv yuzasi, tuproq, oʻsimliklardan atmosferaga suv bugʻlanadi, bu esa suvning
ustki qismi va tuproqdan katta miqdorda issiqlik sarflanadi. Real sharoitlarda
atmosferada suv bugʻi kondensatsiyalanadi, buning oqibatida tuman va bulut
paydo boʻladi. Bulutlardan paydo boʻladigan yogʻingarchiliklar butun yer shari
uchun bugʻlanishni tenglashtiradi. Yogʻingarchiliklar soni va ularning tarqalishi
dehqonchilik va oʻsimliklar dunyosining asosini tashkil etadi. Yogʻingarchiliklar
soni boʻlinishi, ularni oʻzgaruvchanligi suv havzalarining gidrologik tartibiga
bogʻliq. Issiqlikning atmosferada notoʻgʻri taqsimlanishi atmosfera bosmiini
notoʻgʻri taqsimlanishiga va havo harakatini izdan chiqaradi. Yerning sutkalik
harakati yer yuza qismiga nisbatan havoning harakatiga katta ta’sir koʻrsatadi.
Atmosfera qatlami chegaralarida havoga ta’sir qiladigan kuch bu ishqalanishdir.
Atmosferaning umumiy sirkulyatsiyasi–bu havo oqimining asosiy majmui
boʻlib, havo massasining gorizontal va vertikal almashinuvini amalga oshiradi.
Uning paydo boʻlishi atmosferada doimiy ravishda turli tezlikdagi toʻlqinlar va
dovullarni hosil boʻlishiga bogʻliq. Mazkur atmosfera gʻalayonlari-siklon va
antisiklonlar–atmosfera sirkulyatsiyasining xarakterli belgilaridir. Atmosferaning
umumiy sirkulyatsiyasi iqlim tizimi holati tavsiflaridan biridir. Havoni koʻchishi
ob-havoni oʻzgarishiga ta’sir qiladi. Global iqlim tizimi holati iqlim hosil qiluvchi
jarayonlar-atmosfera sirkulyatsiyasi, issiq almashinuvi va namlik almashinuvi, turli
joʻgʻrofik hududlarda koʻrinishini ifodalaydi. Iqlimning lokal turlari kengliklar,
quruqlik va daryolar taqsimlanishi, orografiya, tuproqlar, oʻsimlik va qor
qatlamlari, okean oqimilariga bogʻliqligidir. Olimlarning fikriga koʻra, iqlim oʻzgarishi koʻproq insoniyatning oʻz faoliyati davomida atmosferaga tobora koʻp parnik gazlarini chiqarishi tufayli yuz beradi. va bu bilan yer kurrasining isib ketishiga sabab boʻladi. Biz kazilma yoqilgʻisini yoqamiz. Zavodlar atmosferaga katta xajmdagi karbonat angdrid
gazini chiqarib yubormoqda. Atmosfera xuddi issiqxona oyna devorlari tarzida
ishlaydi: koʻrinib turgan nurni kiritadi va ichida nurlangan infrakizil nurni saqlab
qoladi. Birtomondan, parnik gazlari koʻplab kaytgan quyosh nurlarini ushlab
kolishga yordam beradi va bu bilan yerdagi xayotuchun eng makbul boʻlgan
xaroratni saqlab turadi. Bu gazlarsiz sayyoramizdagi oʻrtacha xarorat
hozirgidagidek 15 daraja issiq emas, balki 18 daraja sovuq boʻlgan boʻlar edi.
Buning natijasida yerda xayotningta’minlanishi uchun zarur sharoitlar
yaratilgan. Boshqa tomondan esa bunday parnik gazlari qancha koʻp boʻlsa,
sayyoramizdagi issiqlik shuncha ushlanib turadi va buning natijasida yer
atmosferasining oʻrtacha xarorati koʻtariladi. Oʻrtacha xarorat koʻtarilgan sharoitda
barcha iqlim jarayonlari oʻzgara boshlaydi. Harorat oshishidan muzliklar eriydi.
Shimoliy va Janubiy kutb muzliklari, Grenlandiya muzliklari, toglardagi muzliklar.
Qutblardagi va Grenlandiyadagi muzliklarning erishi bilan okeanlarga koʻp
miqdorda chuchuk suv kelib tushadi.
Chuchuk suv, shoʻr okean suvidan farqli ravishda, boshqacha fizik
xususiyatlarga ega u tez isiydi. Okean, hatto gradusning undan bir qismiga boʻlsada, isiganda esa, okean oqimlari oʻzgaradi. Sohildagi koʻplab davlatlarning iqlimi
okean oqimlariga bogʻliq. Aynan okean oqimlari global gidrologik siklni
muvozanatda ushlovchi kuchi xisoblanadi. Barcha materiklardagi iqlimni tartibga
soluvchi siklonlar va antitsiklonlarning kaerda va kachon hosil boʻlishi xam okean
oqimlariga bogʻliq. Aynan okean oqimlari yogʻinlarni olib keladigan bulutlarning qanday va qancha hajmda hosil boʻlishiga javob beradi.

Download 31.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling