2-ma’ruza. Global iqlim o’zgarishi va uning biologik xilma-xillikka ta’siri


Download 31.72 Kb.
bet3/6
Sana16.06.2023
Hajmi31.72 Kb.
#1510365
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-ma\'ruza

Orografiya va iqlim. Togʻlardagi iqlim sharoitlariga joyning dengiz
sathidan balandligi, togʻ tizmalari balandligi va yoʻnalishi, qoyalar ekspozitsiyasi,
shamol yoʻnalishi, vodiylar uzunligi, yonbagʻirlar tikligiga ta’sir qiladi. Havo
oqimlari togʻ tizmalarida ushlanib qolishi va ogʻishi mumkin. Togʻ tizmalarining
tor oʻtish joylarida havo oqimi tezligi oʻzgaradi. Togʻlarda mahalliy sirkulyatsiya
tizimi yuzaga keladi-togʻ-vodiyli va muzli shamollar. Yonbagʻirlarda haroratning
turlicha tartibi hukm suradi. Relef shakllari haroratning sutkalik yurishiga ta’sir koʻrsatadi. Havoning sovuq yoki iliq massasi oʻtishini ushlab turib, togʻlar katta joʻgʻrofik fazoda haroratning taqsimlanishi boʻyicha keskin boʻlinmalar yaratadi. Havo oqimining togʻ tizmalaridan oʻtishi tikliklardan bulutli kunlar va yogʻingarchiliklarni koʻpayishiga olib keladi. Tik qoyalarda yuqori haroratli va past namlikli fen vujudga keladi. Togʻlar ustida toʻlqinli havo oqimlari va bulutlarning boshqacha koʻrinishlari vujudga keladi. Togʻning qizigan qoyalarida konveksiya kuchayadi, natijada bulutlar hosil boʻladi. Bularning hammasi togʻ hududlarini koʻpyillik rejimini koʻrsatadi.
Iqlimga qor va oʻsimliklar qoplamining ta’siri. Qorli qatlam (muzlik)
tuproqning iliqligini yoʻqotishni kamaytiradi va uning haroratini tebrantiradi.
Yuqori qatlami kunduzi quyosh radiassiyasini aks ettiradi va kechasi nurlanish bois
sovutadi. Shu bois u yer qatlami havosi darajasini tushiradi. Bahorda qor qatlami
erishiga atmosfera bilan kurashadigan iliq havo koʻp sarflanadi: shu sababli havo
harorati eriyotgan qor qatlami 0 darajaga yaqin boʻladi. Qor qatlamining erishi
tuproqni namlik bilan toʻyintiradi va yilning iliq mavsumlari iqlim tartibiga katta
ta’sir etadi. Quyuq oʻt qoplami sutkalik tuproq harorat amplitudasini kamaytiradi va
uning oʻrtacha haroratini tushiradi. Natijada u havoning sutkali harorаt
amplitudasini kamaytiradi. Oʻrmonlar yogʻingarchiliklarni koʻpaytiradi, yuza
qismining gʻadir-budurligi oqibatida iqlimga murakkab ta’sir oʻtkazadi.
Yerning iqlim tizimi atmosfera, okeanlar, quruqlik, kriosfera (muz va qor
qatlami) va biosferani oʻz ichiga oladi. Bu ierarxik qismlardan iborat tizim bir
qator koʻrsatkichlari bilan izohlanadi, jumladan, havo harorati, atmosfera
yogʻinlari, tuproq va havo namligi, qor va muzlar qoplamasining holati, dengiz
sathi va boshqalar. Shu bilan birga iqlim tizimini murakkabroq tavsiflash mumkin:
atmosfera havosi va okeanlardagi global sirkulyatsiyaviy oʻzgarishi, ekstremal
meteorologik holatlarning qaytarilishi va kuchi, oʻsimlik va hayvonot dunyosining
areallari. Meteorologik oʻlchamlarni kenglik boʻyicha va vaqt davomida
taqsimlanishini Yer kurrasida local (mahalliy) iqlimni belgilaydi. Koʻpincha
“oddiy” koʻrsatgichdagi kichik oʻzgarishlar “murakkab” oʻzgarishlarga olib keladi,
bu esa oʻz navbatida iqlim oʻzgarishini bildiradi

Download 31.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling